• 14-Mavzu. Uy xo’jaligi va uning xillari Reja 1. Uy xo’jaligi iqtisodiyot sub’ekti sifatida 2. Uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatishida mutaassiblikning roli
  • Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi6,57 Mb.
    #148347
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot (1)

     
    Takrorlash uchun savollar 
    1. 
    Davlat va «printsipal-agent» muammosining mohiyatini tushuntiring. 
    2. 
    «Shartnomaviy» davlatga ta‘rif bering. 
    3. 
    «Shartnomaviy» davlat qanaqa sharoitlarda mavjud bo‘ladi 
    4. 
    «Ekspluatatorlik» davlatining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat? 
    5. 
    Davlat xususiyatini belgilashning qanday usullari va mezonlari mavjud? 
    6. 
    Korruptsiya va unga qanaqa omillar ta‘sir ko‘rsatadi? 
    39
    Государство в меняющемся мире. Отчет о мировом развитии 1997. – М.: ПРАЙМ-ТАСС, 1997. – С. 39. 


    68 
    14-Mavzu. Uy xo’jaligi va uning xillari 
    Reja 
    1. Uy xo’jaligi iqtisodiyot sub’ekti sifatida 
    2. Uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatishida mutaassiblikning roli 
    3. Uy xo’jaligining xillari 
    Tayanch so’z va iboralar: uy xo‘jaligi, tadbirkorlik, oila xo‘jaligi, inson kapitali, buyruqbozlik 
    iqtisodiyotida uy xo‘jaligi, bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaligi o‘tish iqtisodiyotidagi uy xo‘jaligi. 
     
    1. Uy xo’jaligi iqtisodiyot sub’ekti sifatida 
    Uy xo‘jaligi iqtisodiy faoliyatning muhim sub‘ektlaridan biri hisoblanib, nafaqat oila 
    yoki xo‘jalik, balki butun mamlakat aholisining farovonligi uning natijalariga bog‘liq. Uy 
    xo‘jaligi iqtisodiyotning yirik sektori sifatida tijorat korxonalari va davlat bilan bir qatorda 
    barcha makroiqtisodiy tartibga solish jarayonlarida ishtirok etadi. Shu nuqtai nazardan uy 
    xo‘jaligining tarkibi, maqsadi va asosiy vazifalarini o‘rganish oila biznesi (tadbirkorligi)ni 
    tashkil etish va uni yuritish uchun muhim asos bo‘lbi xizmat qiladi. Ularning turlarini taqqoslash 
    uy xo‘jaligining bozor munosabatlariga mos turini va uning tarkibini tanlash imkonini beradi. 
    R.Kouzning ―Firmaning tabiati‖ maqolasida firma tashkiliy tuzilma sifatida ―qora quti‖ 
    deb izohlangan. Bunday tavsif aslida uy xo‘jaligiga nisbatan ko‘proq mos keladi. 
    Uy xo‘jaligi to‘g‘risida so‘z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo‘jaligi 
    tushunchalarni chegaralash lozim. Oila deganda, bir uyda yashashi oila-qarindoshchilik 
    aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy xo‘jaligi esa umumiy vazifalar, 
    yashash joyi, byudjet va odatda oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhini 
    o‘zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, oila faoliyati ko‘plab o‘lchamlarni o‘z ichiga oladi: 
    biologik, demografik, ruhiy, ijtimoiy va b. Uy xo‘jaligi faoliyati esa oilani faoliyat sohasining 
    birgina-iqtisodiy turiga yo‘naltiradi. Uy xo‘jaligining asosiy funktsiyasini inson kapitalini
    shakllantirish, undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim. Bu o‘z navbatida, insonning 
    bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va mehnatga tirishqoqligining yig‘indisi sifatida tushuniladi. 
    Inson kapitalini shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaligi faoliyatining tarkibi izohlangan. Uy 
    xo‘jaligini yuritish uning a‘zolarining oila biznesida ishtiroki hamda oila kapitalini uni 
    shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirish asosiy masala hisoblanadi. 
    Uy xo‘jaligi uchun faqat ―qora quti‖ga ―kirish‖dagi (ish haqi, soliqlar chiqarib tashlangan 
    davlat tomondan ijtimoiy transfertlar) va undan ―chiqish‖dagi (inson kapitali,mehnat, 
    jamg‘arma, iste‘mol) omillar ma‘lum. J.Gelbreyt ta‘kidlaganidek [36], uy xo‘jaligi odatda 
    iste‘mol qiluvchi va ishlovchi shaxs bilan tenglashtiriladi hamda tashkilotni tavsiflovchi 
    hokimlik munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘rib chiqiladi
    40
    . Aksincha, institutsional 
    nazariya uy xo‘jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi tashkilotning alohida shakli sifatida 
    tahlil qilishga e‘tibor qaratadi. Hokimlik munosabatlarining uy xo‘jaligi doirasida yuzaga 
    keladigan o‘ziga xoslik shundan iboratki, ular oddiy va individuallashtirilgan xususiyatga ega: 
    14.1-jadval 

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish