|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 116/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI10.3.DISK ULOQTIRISH
77-rasm. Diskshakli va hajmi, disk uloqtirish joyi
78-rasm. Diskni ushlash usuli
79-rasm Disk uloqtirish texnikasi ketma – ketligi.
80-rasm Disk uloqtirish texnikasi
DISK ULOQTIRISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI
Disk uloqtirishni aylanishga yaroqli qattiq tekis yerda yoki musobaqa qoidasiga binoan tayyorlangan uloqtirish doirasida o’rgatiladi. Disk uloqtirish o’rgatilayotganda ehtiyotkorlik choralarini ko’rish zarur. Mashg’ulot jarayonida disk faqat bir tomonga uloqtiriladi. Disk uloqtirish joylari iloji boricha bir-biridan olisroq bo’lishi lozim. Gruppa bo’lib o’rgatish vaqtida musobaqa qoidasida ko’rsatilganidek, uloqtirish doirasini va shu doiradan belgilangan masofani arg’amchi yoki sim to’r bilan o’rab olish maqsadga muvofiqdir.
Bordi-yu, uloqtirish uchun o’ralgan doiralar bo’lmasa, u holda disk navbatma-navbat uloqtirilishi va diskni olish uchun harakat qilish faqat uloqtirish tugagandan keyingina ruxsat berish lozim. Quyida o’rgatish vazifalari va ularni bajarish uchun zarur bo’lgan vositalar hamda uslubiy ko’rsatmalar berilgan.
1-vazifa. Shug’ullanuvchilarni disk uloqtirish texnikasibilan tanishtirish.
Vositalari:
1. Disk va uni uloqtirish qoidalari bilan tanishtirish.
2. Doirada tanishtirish, diskni uloqtirishni ko’rsatish va tushuntirish.
3. Ko’rgazmali qurollar orqali (kinogramma, o’quv filmlari, kinokolstovkalar) namoyish etish.
4. Talab me’yorlari (razryad, o’quv normalari, reyting talablari) bilan tanishtirish.
5. Erishilgan rekord darajalari bilan tanishtirish.
6. Disk uloqtirish natijasi bilan bog’liq omillar bilan tanishtirish.
7. Disk uloqtirish fazalari, ularni ahamiyati bilan tanishtirish.
|
| |