|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 55/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat savollari
1 Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash qanday olib boriladi?
2.Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik kengash tarkibi kimlardan iborat?
3. Pedagogik kengash kim tomonidan, qanday rasmiylashtiriladi?.
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengashning bolalarda tevarak –atrofni o’rganish masalasi bo’yicha ma’lumot tayyorlang.
2. Bolalar nutqini rivojlantirish masalasiga oid ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:
1.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”.-“ Tafakkur sarchashmasi”.T:, 2013 y.
2.N.M. Kayumova “ Maktabgacha pedagogika”TDPU nashriyoti T.: “Ilm ziyo”2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
7- Mavzu. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi va mudira hamkorligi . maktabgacha ta’lim tizimili va vaziyatli boshqaruv tamoyillari.
Dars maqsadi . Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi va mudira hamkorligi . maktabgacha ta’lim tizimili va vaziyatli boshqaruv tamoyillari
Umumiy tushunchalar: Pedagogik kengashning maqsadi maktabgacha ta’lim muassasasida davlatning ta’lim siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, uni takomillashtirishda pedagogik jamoaning faoliyat yo‘nalishini belgilash, ta’limdagi yutuqlarni va ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga joriy etishda pedagogik jamoani birlashtirish, demokratiya, oshkoralik, o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillari asosida maktabgacha ta’lim muassasasi boshqaruvini amalga oshirishdan iborat.
Kerakli jihozlar va materiallar : daftar, plakat, oddiy va rangli qalamlar.
Ishni bajarish tartibi Mazkur Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi hamda pedagogik kengash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
|
| |