|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 54/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotT-texnologiyasi
Boshqarish usullari
Afzalligi Kamchiligi
Nazorat savollari
1 Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish usullari va boshqaruvning maqsad va vazifalari
2.Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyati qanday tashkil etilishi haqida ma’lumot bering
3. Davlatga qarashli maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarishda nimalarga e’tibor berish kerak va qanday ish yuritiladi.
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. “Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom” haqida ma’lumot tayyorlang
2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tizimining ahamiyati haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
6- Mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari. Pedagogik kengash tashkil etish tamoyillari.
Dars maqsadi Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari.
Umumiy tushunchalar: Pedagogik kengashning maqsadi maktabgacha ta’lim muassasasida davlatning ta’lim siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, uni takomillashtirishda pedagogik jamoaning faoliyat yo‘nalishini belgilash, ta’limdagi yutuqlarni va ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga joriy etishda pedagogik jamoani birlashtirish, demokratiya, oshkoralik, o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillari asosida maktabgacha ta’lim muassasasi boshqaruvini amalga oshirishdan iborat.
Kerakli jihozlar va materiallar : daftar, plakat, oddiy va rangli qalamlar.
Ishni bajarish tartibi Mazkur Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi hamda pedagogik kengash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi. Pedagogik kengashning faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
|
| |