|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 52/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat savollari
1 “Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq davlatga qarashli maktabgacha ta’limni tashkil etishning maqsad va vazifalarini ayting.
2.Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyati qanday tashkil etilishi haqida ma’lumot bering
3. Davlatga qarashli maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarishda nimalarga e’tibor berish kerak va qanday ish yuritiladi?
.
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. “Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq davlatga qarashli maktabgacha ta’limni tashkil etish haqida ma’lumot tayyorlang
2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tizimining ahamiyati haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
4- Mavzu. “Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq nodavlatga maktabgacha ta’limni tashkil etish
Dars maqsadi: “Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq nodavlatga maktabgacha ta’limni tashkil etishning maqsad va vazifalari
Umumiy tushunchalar: O`zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi to`g`risidagi Nizom
1. Maktabgacha ta`limga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq aholiga ta`lim xizmatlari ko`rsatish nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining (keyingi o`rinlarda «nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi» deb yuritiladi) asosiy faoliyati hisoblanadi.
2. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining ustavi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Ta`lim muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibiga muvofiq ishlab chiqiladi, uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli davlat organlarida ro`yxatdan o`tkaziladi.
Kerakli jihozlar va materiallar : daftar, plakat, oddiy va rangli qalamlar.
|
| |