|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 57/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotIshni bajarish tartibi Bolalar bogchasidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetidir. Pedagogik jarayoni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik maxoratlarini oshirish va mustakil ukishlarini tashkil kilishda tarbiyachilarga amaliy yordam kursatishdagi yetakchi rolь pedagogika kabineti zimmasidadir.
Pedagogika kabineti bolalar muassasasi an’analari jamgariladigan joydir. Metodistning vazifasi– jamgarilgan tajribaga «jon ato kilib» tushunarlikilish, tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy kullashga urgatishdir.
Pedagogika kabinetida tugri yulga kuyilgan ish barcha xodimlarning metodik tayorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni xar tomonlama rivojlantirish vazifalarini xal kilishga yordam beradi.
Nazorat savollari
1 Metodik boshqaruv – asosiy boshqaruv funksiyasi haqida ma’lumot bering.
2.Maktabgacha ta`lim muassasasida boshqaruv qarorlari va rejalashtirish haqida ma’lumot bering .
3.Maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarishda nimalarga e’tibor berish kerak va qanday ish yuritiladi?
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Metodik boshqaruv – asosiy boshqaruv funksiyasi haqida ma’lumot tayyorlang
2.Maktabgacha ta`lim muassasasida boshqaruv qarorlari va rejalashtirish ishlari haqida ma”lumot tayyorlang .
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
9- Mavzu. Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rejalashtirish – iqtisodiyotimizning asosi
Dars maqsadi . Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rejalashtirish – iqtisodiyotimizning asosining maqsad va vazifalari
Umumiy tushunchalar: Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rejalashtirish iqtisodiyotimizning asosi ekanligi. Respublika xalq xo’jaligi rejasi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish belgilanadi. Makgabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi yo’nalishi bo’yicha faoliyat natijalariga ehtiyojni aks ettiruvchi va bolalarning o’rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilidigan nazorat raqamlari, ko’rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya normativlari orqali muassasani tutib turish va rivojlantirishga ajratilgan byudjet va tarmoq mablag’lari maktabgacha ta’lim muassasalari byudjet hisobiga yoki shu bilan ta’minlashning tarmoq manbalari hisobiga tushirilishining davlat buyurtmasi:
pul bilan ta’minlashning byudjetga tarmoq normativi;
ish haqi jamg’armasi normativi daromadlarini taqsimlashning birinchi usulidir;
ishlab chiqarish va sotsial rivojlanish jamg’armasi normativi;
valyuta ajratmalari jamg’armasi normativi, maktabgacha ta’lim muassasasi reja, moliya, mehnat intizomiga va pedagogik mehnat intizomiga qat’iy rioya qilishga majburdir.
Kerakli jihozlar va materiallar : daftar, plakat, oddiy va rangli qalamlar.
|
| |