|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 65/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat savollari
1 Bog`chada bolalar hayotini tashkil etishda asosiy e’tibor nimalarga qaratiladi?.
2. Bolalar faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`yish qanday amalga oshiriladi?
3. Bola faoliyatini yo`lga qo`yishda dasturning ahamiyati qanday?
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari
1. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar hayotini tashkil etish o’rni haqida ma’lumot tayyorlang.
2. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar faoliyati qanday yo’lga qo’yilgani haqida ma’lumot tayyorlang.
3. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashda pedagogikning o’rni qanday.
Foydalangan adabiyotlar:
1.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”.-“ Tafakkur sarchashmasi”.T:, 2013 y.
2.N.M. Kayumova “ Maktabgacha pedagogika”TDPU nashriyoti T.: “Ilm ziyo”2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
15- Mavzu. MTM da tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning mohiyati va mazmuni
Dars maqsadi: MTMda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning mohiyati va mazmuni haqida tushunchaga ega bolish.
Umumiy tushunchalar Biz barkamol avlod yoki bilimli shaxs deganda ma’naviy dunyosi boy, aql-zakovatli, savodli, hayot tajribalarini to‘g‘ri o‘zlashtirgan shaxsni tushunamiz. Bugungi kunda yosh avlodning bilimli bo‘lishining o‘zi yetarli emas, shu bilan birga, ular zimmasida insoniylik, mehribonlik, samimiylik kabi fazilatlar bo‘lishi kerak. O‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, ajdodlarimiz ilmiy salohiyatiga, ular qoldirgan boy tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga havas bilan emas, balki hayrat bilan qaraymiz. Ajdodlarimiz bosib o‘tgan shonli yo‘l biz uchun ibrat va tarbiya manbayidir. Mustaqillik bizga ma’naviy mulkimizni, ulug‘ bobolarimiz ruhini shod etish imkonini qaytarib berdi. Istiqlol tufayli o‘tmish tariximizga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi. Bobolarimiz merosini o‘rganib idrok etmoqdamiz. Ulug‘ bobo- kalonlarimiz Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi allomalarimizning insoniy ma’naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlari qaytadan jaranglay boshladi. Bugungi kunda avlod-ajdodlarimiz tarixi tiklanayotganligi mustaqilligimizning ajoyib samarasidir.
|
| |