|
Kerakli jihozlar va materiallar
|
bet | 66/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotKerakli jihozlar va materiallar : daftar, plakat, oddiy va rangli qalamlar.
Ishni bajarish tartibi: Respublikada olib borilayotgan siyosatning bosh omillaridan biri ham teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdan iborat. O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari mavjud. O‘quv tar- biyaviy jarayonining uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir.
Nazorat savollari
Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi haqida tushuncha bering
2. MTMda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
3.Ta’lim va tarbiya tizimi uzviyligini tushuntiring
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari
1. Maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning o’rni bo’yich ma’lumot tayyorlang.
2. Maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyaviy ishlarning ahamiyati doir ma’lumot tayyorlang.
3. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashda tarbiyachi- pedagokning o’rni haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
6- Mavzu. Kundalik hayotda va mashg’ulotlarda ta’lim berishni rejalashtirish
Dars maqsadi: Kundalik hayotda va mashg’ulotlarda ta’lim berishni rejalashtirishning maqsad va vazifalari.
Umumiy tushunchalar Biz barkamol avlod yoki bilimli shaxs deganda ma’naviy dunyosi boy, aql-zakovatli, savodli, hayot tajribalarini to‘g‘ri o‘zlashtirgan shaxsni tushunamiz. Bugungi kunda yosh avlodning bilimli bo‘lishining o‘zi yetarli emas, shu bilan birga, ular zimmasida insoniylik, mehribonlik, samimiylik kabi fazilatlar bo‘lishi kerak. O‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, ajdodlarimiz ilmiy salohiyatiga, ular qoldirgan boy tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga havas bilan emas, balki hayrat bilan qaraymiz. Ajdodlarimiz bosib o‘tgan shonli yo‘l biz uchun ibrat va tarbiya manbayidir.
|
| |