|
So’zlar ichidan Shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so’zlarni topib, bir ustun qilib yozing
|
bet | 10/12 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #264666 |
Bog'liq 1-mezon Boshlangich ta\'lim yonalishiSo’zlar ichidan Shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so’zlarni topib, bir ustun qilib yozing.
— Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so’zlarni topib yozing.
— Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so’zlarni topib yozing va hokazo.
O’quvchilar topshiriqni o’qituvchi yordamida bajarib bo’lgach, muammoli savol o’rtaga tashlanadi:
Yuqoridagi so’zlar nimasiga ko’ra farqlanyapti? o’quvchilar ,,ma’nosiga ko’ra» degan fikrni ayta olmasalar, o’qituvchi bu muammoni hal qiladi:
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan mavzuni mustahkanilash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi. o’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1sinfdan boshlab beriladi va u astasekin marakkablashtirilib boriladi. lsinfda ,,Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring», ,,Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing», ,,Rasmni kuzating. Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing» kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88mashqda ,,O’lkamda bahor» mavzusida sujetli rasm berilgan. o’quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o’quvchi 5 ta, ikkinchi o’quvchi 10 ta va hokazo so’z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog’, osmon, bulut, qor, terak, tol, o’rik, ko’ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o’t, gul, qo’1, oyoq, quloq, ko’z, burun, yui, og’iz, barmoq, bo’yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o’quvchilarning e’tibor bilan kuzatishga — kuzatuvchanlikka o’rgatadi.
Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. O,na tili ta’limi jarayoniga analiz — tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkarnlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni yaxshilashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo’ladi. Analizsintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog’liq bo’ladi.
|
| |