|
Bayonlashtirdi: X.G‘ulomova
|
bet | 8/12 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #264666 |
Bog'liq 1-mezon Boshlangich ta\'lim yonalishiBayonlashtirdi: X.G‘ulomova
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI METODBIRLASHMASINING
“BOSHLANG‘ICH SINF “TARBIYA” DARSLARINI TASHKIL ETISHNING USUL VA VOSITALARI” MAVZUSIDA O’TKAZGAN DAVRA SUHBATIDAN
IFODALI O`QISH QOIDALARI.
Ifodali o`qish metodikasi. O`qish texnikasi. Ifodali o`qish tarixi.
(Metodik tavsiya)
18 fevral 2024 yil.
Boshlang`ich sinflar “O`qish darsliklariga kiritilgan asarlar”dan o`qish. Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarida o`qib kelinadigan asarlardan o`qish bo’yicha bir qancha amaliy ishlarni bajarishi kerak.
Ishtirokchilarning ifodali o`qishlariga baho berish. Yangi alifboda ifodali o`qishlarini tushuntirish.
1 . a) mashg`ulotning maqsadi ishtirokchilarning davlat talablarida ta`kidlangan “lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda bir qarashda ifodali o`qiy olish” ko`rsatkich bo`yicha malakalarini aniqlash hamda ularga bu boradagi yangiliklar to`g`risida ma`lumot berib, o`quvchilarda ifodali o`qish malakalarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berish.
b) ifodali o`qish boshlang`ich sinf o`quvchilarining har taraflama mukammal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola ifodali gapirsa, badiiy matnlarni ifodali o`qisa, o`zini sinfda, jamoa orasida erkin sezadi. Bu hol esa, uning barcha ishlarini, topshiriqlarni tez tushunib, to`g`ri bajarishiga imkon beradi. Bola bir yumushni a`lo darajada bajarsa, uni quvonib, to`lqinlanib ota-onasiga, o`qituvchisiga va do`stlariga so`zlab beradi. Xuddi shunday psixologik jarayon bola biror bir badiiy asarni ifodali o`qiganda va bu uchun uni o`qituvchisi rag`batlantirganda namoyon bo`ladi;
d) yosh murg`ak qalbda ifodali o`qishga qiziqish, havas uyg`otishda o`qituvchuning mahorati, nutqi katta o`rin tutadi. Ulug` Sharq pedagoglarining ta`kidlashicha, birinchi darajali ko`rgazmali qurol o`qituvchining o`zi, ya`ni uning kiyinishi, yurish-turishi va boshqa xususiyatlari hisoblanar ekan. Ikkinchi o`rinda esa o`qituvchining nutqi turar ekan. Shularni e`tiborga olganda, o`qituvchi doimo o`z nutqi ustida ishlashi lozim.
2. Ifodali o`qish insoniyat tarixida biror bir voqeani, ma`lumotni aniq, tushunarli darajada yetkazishdan, xalq og`zaki ijodi asarlarini qoidaga rioya qilgan holda hikoya qilib berishdan, ya`ni ifodali o`qishga ma`lum miqdorda poydevor vazifasini o`tagan.
Badiiy adabiyot paydo bo`lgandan so`ng esa, uning ifodali o`qishi, og`zaki ijrochiligi ham rivojlana bordi. Badiiy asar yaratuvchilar xalq orasida so`z san`atkori sifatida emas, balki ijrochi sifatida ko`proq e`tiborga ega bo`lganlar. Jumladan, “Avesto” ning yaratuvchilari xalq orasida uning ijrochilari- kohinlar toifasi sifatida ham obro` qozonganlar. Shuning oqibatida roviylar toifasi paydo bo`ladi.
|
| |