• Boshlang’ich sinflarda mahorat darslarini tashkil etish.
  • G‘ulomova Xulkaroyning




    Download 6,08 Mb.
    bet2/12
    Sana20.06.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #264666
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-mezon Boshlangich ta\'lim yonalishi

    Bayonlashtirdi: X.G‘ulomova

    BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI METODBIRLASHMASINING
    BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH”
    MAVZUSIDA O’TKAZGAN DAVRA SUHBATIDAN

    FOTOLAVHALAR




    Boshlang’ich sinflarda mahorat darslarini tashkil etish.

    METODIK TAVSIYA

    Mavzu: Boshlang’ich sinf o’qish darsida interfaol uslublardan

    foydalanishning ta’limiy ahamiyati. 27.09.2023 yil.


    Mahorat darslarini o’tishda Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan ona tili, matematika, o’qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’lim darslariga o’quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang’ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so’zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o’qituvchilar turli didaktik o’yinlardan foydalanishmoqda. Interfaol metod - ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari - norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o’qish, o’rganish, seminarlar o’tkazish, o’quvchilarni tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat.


    A xborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o’z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o’qitish, masofadan o’qitish, internet tarmoqlari asosida o’qitish, media - ta’lim metodlaridan iborat. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko’ra didaktik o’yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo’llanilmoqda. Agar o’qitish jarayonida har bir o’quvchi o’zining o’zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo’lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o’yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o’yinli metodlar o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaol o’yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bular o’quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko’nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi.
    Bu metod o’quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o’ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to’siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
    T a’lim - tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turi yo’lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o’quvchilarda tahlil qilish,hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qaabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o’stirish, til o’rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi. Interfaol o’yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi. -ishtirokchilarni tarkibi bo’yicha, ya’ni o’g’il bolalar, qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o’yinlar :

    • ishtirokchilarning soni bo’yicha -yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o’yinlar :

    • o’yin jarayoni bo’yicha fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlarga asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo’naltirilgan;

    • vaqt me’yori bo’yicha -dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan o’yinlar.

    Bularning bari o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda olam tuzilishini ilmiy asoslarini to’liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
    Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darshklariga kiritilgan muayyan mavzular o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllanti-rishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladigan asarlar-ning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
    O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir.



    Download 6,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 6,08 Mb.