|
G‘ulomova Xulkaroyning
|
bet | 5/12 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #264666 |
Bog'liq 1-mezon Boshlangich ta\'lim yonalishiBayonlashtirdi: X.G‘ulomova
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI METODBIRLASHMASINING
“BOSHLANG’ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNING O’QITILISHI”
MAVZUSIDA O’TKAZGAN DAVRA SUHBATIDAN
FOTOLAVHALAR
Boshlang’ich sinflarda mahorat darslarini tashkil etish. METODIK TAVSIYA foydalanishning ta’limiy ahamiyati. 2.12.2023 yil.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha DTS va “Ona tili” o’quv dasturida o’qish ta’limi oldiga qo’yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o’qishni to’g’ri tashkil qilish, o’qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg’or pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
U muman olganda, o’qish darslari oldiga qo’yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:
O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qishlarini shakllantirish.
O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishgao’rgatish, kitobga muhabbat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yiirituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish.
O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
O’quvchilarning bog’lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-kurini o’stirish.
O’quvchilarning xayolot olamini boyitish.
Elementar adabiy tasawurlarini shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’Iiq holda va sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.
O’qish darslarida qo’llaniladigan metodlar. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’lim berishning iig’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv- uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan. ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. O’qish darslarining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri tanlanishiga bog’Iiq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo’ladi. Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metodi asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o’qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish, ifodali o’qish nazarda tutilgan.
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin boigan metodlardan biri ijodiy o’qishdir. Atoqli metodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:
o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning asarni to’g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini ta’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi;
o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega boigan va ularning diqqatini matnning muhim g’oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo’naltiradigan suhbat tiyiishtirish yoki o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo’yilishi;
d) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida tug’ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi. Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli oiaroq, to’g’ridan-to’g’ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-sinfda A.Oripovning “Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi” asarini ijodiy o’qish metodi asosida o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g’oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hudud-laridagi aholining yashash tarzi bilan bog’liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriiadi.
Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o’qvivchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho ber-ishda keng qo’llaniladigan usuldir. O’qish darslarida reproduktiv metod keng qo’llaniladi. Masalan, o’qituvchi dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, o’quvchilarga ko’maklashadi. Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma vazifasini o’taydi.
Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchining ko’rsatmalari yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o’qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan “Aqliy hujum”, “Tarmoqlash”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Blis texnologiyasi” kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Mahorat darslarida Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qollash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.
O’qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. Dastur talablarini to’liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o’qish ko’nikmalarini to’g’ri va puxta egallash va takomlllashtirib borish zarur. O’qish ko’nikmalari savod o’rgatish jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.
|
| |