Desmurgiya va shikastlangan joylarni qimirlamaydigan holatga keltirish
(transport immobilizatsiyasi)
Desmurgiya deb tananing turli qismlarini bog'lashga o'rgatadigan
ta'limotga aytiladi.
Bog'lamlarni qo'yish san'ati tibbiyotning eng qadimiy namunalaridan biri
deb hisoblanadi. Qadimiy qo'lyozmalarda yaralarni davolashda, bogTovchi
vosita tariqasida yopishqoq plastir, mum, bo'z va boshqa narsalar
qo'llanilgan.
Bog'lam deganda, yaralar va tyer i sathlarining me'yor darajasidan o'tgan
o'zgarishlari tashqi muhit ta'siridan saqlab turuvchi tadbirlar majmuasi
tushuniladi. Ular qon to'xtatish va shikast topgan a'zolarni qimirlamaydigan
holga keltirish uchun foydalaniladi.
Bog'lash uchun ishlatiladigan vosita 2 guruhga ajratiladi:
1) yumshoq; 2) qattiq bog'lamlar.
Tanaga qo'yiladigan bog'lam 2 qismdan iborat bo'ladi:
1) yaraga davolash maqsadida qo'yilgan; 2) bog'lamni ushlab turuvchi.
Bog'lov vositasini ushlab turuvchi narsalarga quyidagilar kiradi: 1) bint; 2)
to'rli bint; 3) trikotajli bint; 4) elastik (egiluvchan va
buqiluvchan bint va boshqalar) bint. Dokadan qilingan bintlar hozirgi
vaqtda, asosiy bog'lov vositasi deb tan olingan. Bintning o`zunligi 5 -
7 m va eni 5-20 sm bo'lishi taqozo etiladi.
Yumshoq bintli bog'lamlar hozirgi paytda, jihatlari va qo'llanishiga
ko'ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1)
oddiy yumshoq bog'lam (himoya va davolash maqsadida);
2)
qon to'xtatuvchi bog'lam (siqib turish uchun);
286
3) qimirlamaydigan
holga
keltirish
uchun
(davolash
va
bemorni
ko'chirish maqsadida);
4) to`zatuvchi bog'lam.
Yumshoq bog'lamlarga yelimli. ro'molsimon va bint bog'lam lari kiradi.
Yumshoq bog'lamlar ko'pincha tezda tibbiy yordam ko'rsatish zarurati
tug'ilganda qo'llaniladi.
Yelimli bog'lamlar - kollodiy, kleol (kanifol 50.0 + skipidar 1.0 + efir 100.0)
va yopishqoq plastir qo'yiladi.
Ro'molsimon bog'lamni tananing hamma sohasiga qo'llasa bo'ladi.
Kamchiligi: 1) tanaga tegib turmaydi; 2) bog'langan joyni bir tekisda
siqmaydi. Mazkur bog'lam sodda boiganligi bois dastlabki yordam ko'rsatish
paytida qo'l keladi (58-rasm). Bint bog'lam bog'lanadigan tana qismiga qulay
holat ber ishi kerak. Bint 3 qismdan iborat bo'ladi: 1) uchi; 2) boshi (tanasi)
- o'rog'liq qismi): 3) oxiri.
Bint boshi o'ng qo'lga, uchi esa chap qo'lga olinadi va bog'lov qo'yiladigan
tana qismi ustida boshi chapdan o'nga aylantirib bog'lanadi; ayni vaqtda b int
pastga-yuqoriga qarab shunday o'rab boriladiki, bintning 2 -o'rami 1-
o'ramining 2/3 qismini yoki yarmini qoplab o'tadigan qilib solinadi. Bint
bog'lanadigan joyni 1 xilda bosib borishi, ya'ni ayrim joylarda qattiq, ayrim
joylarda haltum bo'lib qolmasligi kerak.
Bint bog'lamlarining xili ko'p; 1) aylanma; 2) spiral (chirmoviq); 3)
buklangan; 4) boshoqsimon; 5) toshbaqasimon; 6) orasini ochiq -ochiq qilib;
butsimon yoki 8 simon qilib; 7) qaytuvchi; 8) sopqonsimon (palaxmon); 9) T
simon; 10) Dezoniki. Tananing qaysi qismiga qanday bog'lam qo'yish, o'sha
joyning shakliga bog'liq
Dezo bog'lami yelka, o'mrov suyaklari singanda qo'llaniladi. Bog'lam
qo'yishda bemorga va bog'lam qo'yuvchiga qator talablar qo'yiladi:
287
1)
bog'lam qo'yilayotgan bemorni yaxshi joylashtirish lozim: u o'tirishi yoki
yotishi kerak;
2)
bemor harakat qilmasligi lozim;
' 3) tananing bog'lam qo'yiladigan joyi tinch turib, mushaklar
taranglashmasligi zarur, aks holda mushaklar bo'shashganida, bog'lam
yechilib ketishi mumkin;
4)
tananing bog'lam qo'yilgan qismi bog'langandan keyin, harakatlanishga qulay
bo'lishi zarur;
5)
bog'layotgan odam bemorga yo`zma-yo`z turib, uning holatini kuzatib turishi
maqsadga muvofiq.
Bint bog'lamining asosiy turlari: ommaviy shikastlanishlarda birlamchi
bog'lam tariqasida shaxsiy bog'lov haltachasi keng qo'llaniladi. Paket
tarkibiga 2 ta 15x15 sm styer il paxta-dokali yostiqchalar qirqib, ular eni 9
sm li styer illangan bintga bog'lanadi. Yostiqchalardan biri qattiq
mahkamlangan, ikkinchisi qo'zg'aluvchan bo'lib, uni kerakli joyga surish
mumkin. Bog'lov vositasi oq qog'ozga o'ralgan bo'lib, rezinalangan qobig'i
bor va chekkalari yelimlab qo'yilgan. Qog'ozning ichki tomoni st yer
illangan. Bint oxirini mahkamlash maqsadida, haltacha ichida to'g'nog'ich
bor. Hozirgi paytda skochdan foydalanish mumkin.
Shaxsiy haltachadan foydalanish qoidalari:
288
1) rezinkali qobiqni yirtib, yechiladi;
2)
qog'oz (piyonka) qobiq ichidan
to'g'nog'ich
chiqarib
olinib,
qobiq tashlab yuboriladi;
3)
chap qo'l bilan bint uchidan ushlanib, ochiladi (bir o'r ami);
4)
o'ng qo'l bilan bint o'rami ushlanib. katta ochiladi;
5)
yostiqchani rangli ip bilan tiqilgan joyidan ushlab, kerakli joyga suriladi
(qo'yiladi);
6)
yostiqchalar
bintlanib,
bint
uchi
to'g'nog'ich
(yoki
skoch)
bilan
mahkamlananib qo'yiladi.
63-rasm.
|