76
Havotozalagichlardan
tashqari, nafas a'zolarini radiofaol quruq -changdan
asrash uchun respirator R-2 va oddiy himoya vositalari qo'llaniladi.
Havotozalagichlarning salbiy ta'siri
Havotozalagichlar qo'llanilganda, nafaqat uning foydali tomonlaridan,
balki salbiy ta'siri haqida ma'lum darajada tushunchaga ega bo'lish, uning
bilan bevosita aloqada bo'lganda, kishi, o'zini qanday tutishini anglab yetadi.
Havotozalagichlardagi faollashtirilgan ko'mir orqali havo yutilganda, ushbu
ko'mirning ko'rsatgan qarshiliga (20-25 mm suv ustuni darajasida) tufayli,
nafas olish jarayoni og'irlashadi - nafas olish tezlashadi (taxipnoe), yurak
urishi tezlashadi va yo`zaki bo'ladi (taxiakardia). Vuj udga
kelgan qarshilikni
yengishga harakat qilinganda, ko'krak qafasi ichi bosimi kamayib, uning
portal vena qon tomirlaridan qonni so'rib olishi ortadi, oqibatda yurakning
o'ng qorinchasi ishiga ish qo'shiladi. Bunday o'zgarishlar yurak faoliyati va
qon aylanish jarayonini izdan chiqarishi mumkin.
Undan tashqari niqob -
shlemda is gazining parsial bosimi oshadi, yurak faoliyati yanada
og'irlashadi. Havotozalagichlarning salbiy ta'sirlaridan yana biri, u ham
bo"lsa, ko'rish maydonini 40 %ga torayishiga olib keladi.
Yurak faoliyatining zo'riqishi, ko'rish maydonining deyarli 2 marta
torayishi, yo`z va boshning qattiq qisilishi, ezilishi,
qosh ustida, yonoqlarda,
chakkalarda, quloqlarda, dahan sohasida og'riq va qizarishning paydo boiishi,
eshitish darajasining pasayishi, albatta, tanadagi moddalar almashinuvi
jarayonining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Sanab o'tilgan salbiy ta'sirlardan tashqari, havotozalagichlar boshqa
o'zgarishlarni ham keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. Bularga ko'z
oldining qorong'ilashuvi, bosh og'rig'i va bosh aylanishi, quloqlarning torn
bitishi, ovozning pasayishi, darmonsizlik va h.k. kiradi.
Havotozalagichlar ko'rsatishi mumkin bo'lgan salbiy ta'sirlar
oldini olish
uchun ularning o'lchamlariga va ular orqali nafas olish qoidalariga e'tibor
77
berish kerak. Ularning o'lchamlari odamning bosh o'lchamlariga mos kelishi,
uni kiygach, shoshmasdan chuqur nafas olish lozim.
Ayrim hollarda havotozalagichlardan foydalanish yo cheklanadi yoki
ruxsat etilmaydi. Shunga ko'ra ularga nisbatan bo'ladigan monelik shartli
ravishda 2 ga ajratiladi: 1) qisman yoki nisbatan moneliklar; 2) batamom
yoki mutlaq moneliklar.
Qisman moneliklarga yurak va qon tomirlarining faol kasalliklari, nafas
yo'llarining
surunkali betobliklari, buyraklarning ham o' tkir, ham ayniqsa
surunkali dardlari, kamqonlik va kislorod yetishmovchiligi bilan kechadigan
xastaliklar kiradi.
Batamom yoki mutlaq moneliklarga og'ir jarohatlar va umuman bemorlar
hamda homilador ayollar taalluqlidir.