149
-transport vositalarning tayyorligini nazorat qilish;
-piyoda tuzilma kolonnalarini transportda yuklash va mo’ljallangan punktga
jo’natishni tashqi l qilish;
-ko’chiriladigan aholini «Havo trevoga » si signaliga asosan ber kitish;
-tuman ko’chirish hay’atiga ko’chirish to’g’risida ma’lumot ber ish;
-qishloq
joylarida
(tumanlarda)
ko’chiriluvchilarni
va
tarqoq
holda
joylashuvchilarni qabul qilish.Joylashtirish va ularning ta’minoti qabul ko’chirish
hay’atiga yuklatiladi. Bevosita tarqoq holda joylashuvchilarni qabul qilish
maqsadida odatda transportdan tushgan joy yonida qabul ko’chirish
joyi tashqi l
etiladi. (KKJ). Qabul ko’chirish joyi kelayotgan aholini kutib olish, ularni qayd etish
va oxirgi punktlarga qishloq tuman transporti yordamida yoki piyoda jo’natish
bilan shug’ullanadi.
KKJ tarkibi quyidagicha bo’lishi mumkin: KKJ boshlig’i, boshliq muovini,
ko’chiriluvchilarni kutib olish va qabul qilish, qayd qilish va ro’yxatga olish guruhi,
ko’chiriluvchilarning to’plamini tuzish va joylashish nuqtalariga yuborish guruhi,
ta’minot
va ovqatlantirish guruhi, ma’lumot berish stoli, ona va bola xonasi,
tibbiyot nuqtasi, komendant va jamoat tartibini himoyalash posti. Ko’chirish piyoda
holda tashqi llashtirilsa kolonna harakati yo’nalishida oraliq ko’chirish joyi tashqi l
etiladi. Bu bir vaqtning o’zida ikkita vazifani bajaradi: ko’chiriluvchilarni
qabul
qilish va ko’chirish. Shu sababli bularning shaxsiy tarkib soni keluvchi va ketuvchi
aholi soniga bog’liq. Oraliq ko’chirish joyining taxminiy tarkibi: OKJ boshlig’i,
boshliq muovini ko’chuvchilarni qabul etish hisobga olish va vaqtinchalik
joylashtiruvchi guruh, transport guruhi, keyinchalik ko’chirishni
tashqi l etuvchi,
oziq-ovqat ta’minot guruhi, tibbiyot nuqtasi, ona va bola xonasi, ma’lumot
olish
stoli, jamoat tartibini himoyalash guruhi.
Aholini piyoda ko’chirshda, ular mustaqil ravishda ko’chiriladiganlarning
yig’ilish joyiga (KYJ) kelishadi, ro’yxatdan o’tishadi, undan keyin 500-1000
150
kishilik piyodalar tarkibi tuziladi. Kolonna boshlig’iga yo’nalish chizmasi
topshiriladi. Bu kolonna harakatining asosiy hujjati hisoblanadi.
Aholini piyoda holda yo’ldan chetga chiqarishni oldindan tekshirilgan va
belgilangan yo’nalishlar orqali rejalashtirish
va amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Aholini piyoda holda chiqarishning buzilishi mumkin bo’lgan zonadan
nariga rejalashtirish ma’qul. Shahardan chetga joylanish hududi shaharga yaqin
bo’lsa, aholini bevosita piyoda doimiy joyiga yuborish kerak. Shahardan
uzoqroqdagi tumanlarda joylanuvchi yoki boshqa viloyatlarda ko’chiriladigan
aholini dastavval buzilishi ehtimoli bor zonadan nariga joylashgan oraliq ko’chirish
joyiga (OKJ) yuboriladi. Bu joydan aholini
doimiy yashash joylariga, ko’chirish
tadbirlari tugatilgandan keyin jami bo’shagan transportlar yordamida olib chiqishni
rejalashtirish kerak.
Kolonnalar orasidagi oraliq masofa 500 metrgacha o’rnatiladi. Kolonna
harakat tezligi soatiga 3-4 km gacha. Har 1–1,5 soat harakatdan so’ng 15-20
daqiqali kichik dam olish ko’zda tutiladi. Piyoda yurishning boshlang’ich
ikkinchi
kun yarmida 1,5-2 soatli katta dam olish ko’zda tutiladi. Piyoda o’tish kolonnaning
oraliq ko’chirish joyiga (OKJ) kelishi bilan tugaydi.