• Ko’chirish tashqi lotlari, ularning tizimi va faoliyat tartibi.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/147
    Sana25.05.2024
    Hajmi5,44 Mb.
    #253549
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   147
    Bog'liq
    жумаева

     
    Aralash usuli 
    eng samarali va eng ma’qul usul bo’lib, u mavjud transport 
    yordamida iloji boricha eng ko’p ishchilar bilan bir vaqtda aholining qolgan qismini
    birga qo’shib olib chiqishga asoslanadi. Bunda, asosan piyoda tartibda yura 
    olmaydigan aholini transportda olib chiqish rejalashtiriladi. 
    Aralash usuli FV zonalarida aholini ko’chirish tadbirlarini eng qisqa 
    muddatda o’tkazish talablariga juda mos keladi. 
    Ko’chirilgan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo’lgunga qadar 
    joylashtirib turiladi. 
    Tegishli davlatlararo kelishuvlar bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining
    ko’chirilgan aholisini mustaqil davlatlar hamdo’stligi qatnashchilari bo’lgan 
    mamlakatlar va boshqa qo’shni davlatlar hududlarida joylashtirilishi mumkin. O’z
    navbatida O’zbekiston Respublikasi hududidan ham boshqa davlatlardan ko’chirib
    keltirilgan aholi uchun joy ber ilishi mumkin. Bunda hamkorlik qiladigan davlatlar 
    vakolat idoralarining birgalikda ish tutishi xalqaro huquq me’yorlari, ikki
    tomonlama va ko’p tomonlama davlatlararo kelishuvlariga, O’zbekiston 
    Respublikasi va boshqa mamlakatlar qonunlariga asoslanadi. 
    Ko’chirish tadbirlarining hajmi ko’pligi, tashqi l etish va o’tkazishning 
    murakkabliklari, ko’chirishni o’tkazuvchi organlarni tuzishga, aholini ko’chirish 
    vaqtida va tayyorgarlik ko’rishiga yuqori talablar qo’yadi. 
    Aholini ko’chirishni tashqi l qilishni rejalashtirish, tashqi l etish va o’tkazish 
    bevosita shahar, tuman va viloyatlarning ko’chirish tashqi lotlariga, hokimiyat
    idoralariga, Favqulotda vaziyat boshqarmalari va bo’limlariga yuklatiladi.
    Ko’chirish tashqi lotlari, ularning tizimi va faoliyat tartibi. 


    145 
    Katta hajmli ko’chirish tadbirlarini tashqi llashtirish va o’tkazishning
    murakkabligi, ko’chirish tashqi lotlarini tashqi llashtirishga, ularning o’z vaqtida 
    aholi ko’chishini amalga oshirishda yuqori talabni qo’yadi. 
    Quyidagilar ko’chirish tashqi lotlari tarkibiga kiradi: 
    - aholini ko’chirish hay’atlari; 
    -
    ko’chirilganlarni qabul qilish hay’atlari; 
    -
    ko’chiriladiganlarning yig’ilish joylari; 
    -
    ko’chirilganlarni qabul qilish joylari; 
    -
    ko’chirishning oraliq joylari; 
    -
    piyoda ko’chirilganlarning yo’llardagi boshqarish guruhlari
    -
    ko’chiriladiganlarning aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor
    guruhlari. 

    Download 5,44 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   147




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish