156
bo‘ladi. Gamma nurlarini og‘ir metallar katta zichlik tutib qoladi. Neytron
zarrachalar yengil, vodorodi ko‘p buyumlar orqali tutiladi.
Ionlantiruvchi nurlarining o‘lchov birliklari.
A.
Ekspozitsion doza
– rentgen, kulon kg bilan o‘lchanadi.
B.
Radiatsiya darajasi
yoki quvvati
– R/soat Si sistemasida – ampyer /kg.
V.
YUtilgan doza
– r, rad, grey.
Nur ta’sirida odamlar nurlanish kasalligiga duchor bo‘ladi.
I darajali
(yengil) 100-200 r, yashirin davri uzun, 4 va undan ortiq hafta, kasallik
avj olish davrida belgilari aniq emas.
II darajali
(o‘rta) 200-400 r, yashirin davri 2-3 hafta, rivojlanish belgilari aniq emas,
tuzalish 2-2.5 oy.
III darajali
(og‘ir) 400-600 r, boshlang‘ich davr odatda aniq belgilarga ega, MAS
faoliyati kuchli buzilgan, qusish, ba’zan to‘htovsiz, yashirin davr 7-10 kun. Avj
olish davri (2 hafta) qon ko‘rsatkichi keskin buzilgan, qon ketish, markaziy asab
tizimining buzilishi. Tuzalish 3-5 oy.
IV darajali
(o‘ta og‘ir) 600 r dan yuqori, hamma davr va belgilarning keskin va
o‘tkir o‘tishi.