• Yalpi ko’chirish deganda-Favqulotda vaziyat hududidan hamma toifa aholining olib chiqilishi nazarda tutiladi. Qisman ko’chirish
  • Hayot faoliyati xavfsizligi




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/147
    Sana25.05.2024
    Hajmi5,44 Mb.
    #253549
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147
    Bog'liq
    жумаева

     Mintaqaviy ko’chirishlar
    -shikastlovchi omillar anchagina keng maydonga 
    yoyilib, yirik shaharlarni ham o’z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta 
    yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Bunda 
    ko’chiriladigan aholi soni o’n va yuz ming kishigacha etishi mumkin. Mintaqaviy
    ko’chirishda Favqulotda vaziyat zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan 
    aholi doimiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa o’zining yoki boshqa 
    viloyatning xavfsiz tumanlariga ko’chirilishi mumkin. 
    Favqulotda vaziyat hududiga tushib qolgan aholining qancha qismi ko’chirish 
    tadbirlariga jalb qilinganligiga qarab, ko’chirishning ikki turi bo’lishi mumkin: 
    -yalpi ko’chirish; 
    -qisman ko’chirish; 
    Yalpi ko’chirish 
    deganda-Favqulotda vaziyat hududidan hamma toifa aholining
    olib chiqilishi nazarda tutiladi. 
    Qisman ko’chirish 
    deganda - Favqulotda vaziyat hududidan mehnatga layoqati
    bo’lmagan aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, hunar-texnika bilim 
    yurtlarining o’quvchilari olib chiqilishi nazarda tutiladi. 


    142 
    Aholini ko’chirishning ko’rsatilgan variantlari xavfning
    yoyilish ko’lami va 
    tavsifiga, uni amalga oshishini oldindan taxminlashning qanchalik ishonchliligiga
    shuningdek, Favqulotda vaziyat manbai shikastlovchi obyektlaridan xo’jalikda 
    foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi. 
    Odamlar hayoti va salomatligiga xavf borligi, aholini ko’chirish haqida qarorga 
    kelish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Bu xavf 1-5-ilovalarda keltirilgan bo’lib, har 
    qaysi xavf turi uchun oldindan belgilab qo’yilgan mezonlarga muvofiq baholanadi.
    Aholini ko’chirish haqida qarorga kelish huquq i O’zbekiston Respublikasi
    hududida Favqulotda vaziyat yuzaga kelgan yoki Favqulotda vaziyat xavfi 
    oldindan taxmin qilinayotgan tuman, viloyat hokimiyat rahbarlarida (boshliqlarida) 
    bo’ladi. 
    Fuqaro muhofazasi ko’lamiga va ko’chirishning qanchalik shoshilinchligi
    talablariga qarab, mahalliy yoki mitaqaviy ko’rinishdagi shoshilinch (kechiktirib 
    bo’lmaydigan) yoki oldindan o’tkaziladigan ko’chirish tegishli fuqaro muhofazasi 
    boshliqlarining ko’rsatmalari yoki farmoyishlariga binoan amalga oshiriladi. 
    Kechiktirilmay qarorga kelish talab qilinadigan hollarda cheklangan harakter
    dagi shoshilinch ko’chirish xavfli obyektning navbatchi-yo’riqchilik xizmati
    boshlig’ining ko’rsatmasiga binoan o’tkazilishi mumkin. 
    Boshqaruvning hududiy, idoraviy, obyekt idoralari fuqaro muhofazasi
    boshliqlari (Favqulotda vaziyat xay’atlari) ko’chirishga umumiy rahbarlik qiladi. 
    Aholini ko’chirish tadbirlarini bevosita tashqi l etish va o’tkazishga esa viloyat, 
    shahar, tumanlar ma’muriyati va iqtisodiyot obyekti boshqaruv organlari tashqi l 
    etadigan aholini ko’chirish tashqi lotlari rahbarlik qiladi. 
    Aholini ko’chirish tadbirlari yaxshilab o’ylab rejalashtirishni, transportni, 
    yo’llarni, ko’chiriladigan tashqi lotlarni, aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan
    tayyorlab qo’yishni, shuningdek, aholining Favqulotda vaziyat sohasida har 
    tomonlama tayyorgarlik ko’rishini talab qiladi. 


    143 
    Bunday tayyorgarlikni ijroiya hokimiyati idoralarining va iqtisodiyot obyektlari 
    boshqaruv tashqi lotlarning fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan rahbarlari tashqi l 
    etadi va o’tkazadi. 
    Aholini 
    ko’chirishni 
    ishlab chiqarish-hududiy yoki hududiy asosda 
    rejalashtiriladi, tashqi l etadi va amalga oshiriladi. 

    Download 5,44 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish