141
Cheklangan ko’chirishlar -
Favqulotda vaziyat manbai shikastlovchi
omillarning ehtimol bo’lgan ta’sir hududi shahar,
kichik tuman yoki qishloq
aholisining yashash joyi chegarasi ichidan chiqmay, ko’chiriladigan aholi soni bir
necha ming kishidan oshmagan taqdirda o’tkaziladi.
Bunday holda aholi yashash
joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (Favqulotda
vaziyat
manbaning shikastlovchi omillari ta’sir hududidan tashqarida) joylashtiriladi.
Mahalliy ko’chirishlar
- o’rtacha kattalikdagi shaharlar,
yirik shaharlarning
alohida tumanlari, qishloq tumanlari
Favqulotda vaziyat
hududiga tushib qolgan
hollarda o’tkaziladi. Bunda ko’chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o’nlab
ming kishigacha etishi mumkin bo’lib, ular odatda, tumanlar
Favqulotda vaziyat
hududi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.