Aholini ko’chirish hay’atlari




Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/147
Sana25.05.2024
Hajmi5,44 Mb.
#253549
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147
Bog'liq
жумаева

Aholini ko’chirish hay’atlari. 
Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish
va harakat qilish davlat tizimidagi tartibga ko’ra ishchilar, xizmatchilar va aholini 
ko’chirish rejalashtirilayotgan hamma hududlarda ko’chirish hay’ati tashqi l etiladi. 
Hududiy ko’chirish hay’atlari tarkibiga tegishli ma’muriyat rahbari qarori 
bilan o’sha ma’muriy – hududiy bo’linmalarning ma’sul xodimlari tayinlanadi. 
Ko’chirish hay’atining raisi yuritish va texnik ishlarni bajarish uchun 
hududiy boshqaruv idoralarining ma’muriyat xodimlaridan ishchi guruh tayinlaydi. 
Ko’chiruv hay’atlarning ishchi guruhi ish yo’nalishlari bo’yicha butlanadi,
hamda mahalliy sharoitni hisobga olib, bir necha tashqi liy guruhlardan iborat 
bo’lishi mumkin. Bular, masalan, transportdan va piyoda olib chiqiladigan aholini 
hisobga olish guruhi, ko’chirish transport guruhi, ko’chirilgan aholini hisobga olish, 
qabul qilish va xavfsiz joylarga joylashtirish guruhi, ko’chirish tadbirlarini 
ta’minlash guruhi va h.k. 
Obyekt aholisini ko’chrish hay’atiga, odatda, korxona, muassasa, tashqi lot 
rahbari o’rinbosarlaridan biri boshchilik qiladi. Obyekt ko’chirish hay’ati tarkibiga 


146 
asosiy xizmatlarning (bo’limlarning) boshliqlari, texnik boshliqlari yoki ularning 
o’rinbosarlari tayinlanadi. 
Favqulotda vaziyat zonalaridan ko’chirilgan aholini xavfsiz joylarda bevosita 
qabul qilish, joylashtirish va ta’minlash rejasini ishlab chiqish va bularni tashqi l 
etish uchun ko’chirilganlarni qabul qilish hay’atlari tuziladi. 
O’zini o’zi boshqarish mahalliy tashqi lotlari huzurida tuziladigan 
ko’chirilganlarni qabul qilish hay’atlari tarkibiga mahalliy ma’muriyat vakillari
shuningdek, tashqi liy-huquqiy shakli qandayligidan qat’iy nazar moddiy ishlab 
chiqarish yoki boshqa korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashqi lotlarning 
vakillari kiritiladi. 
Ko’chirilgan aholini qabul qilish hay’atlarining Favqulotda vaziyatda aholini
ko’chirishdagi tashqi liy tuzilmasi va asosiy vazifalari namunasi ilovalarda ber
ilgan. 
Hamma ko’chirish va ko’chirilganlarni qabul qilish hay’atlari tegishli 
boshliqlariga bevosita bo’ysunadi hamda Favqulotda vaziyat shtabi bilan yaqindan 
hamkorlikda ishlaydi.

Download 5,44 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147




Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish