147
ovqatlarni, dorilar, shaxsiy himoya vositalarini tayyorlab, bularning hammasini
qopga yoki chamadonga joylashtirish kerak. Ularning umumiy og’irligi 50kg
bo’lishi kerak. Hujjatlar (passport, harbiy guvohnoma, ma’lumoti to’g’risida
diplom,
mehnat kitobchasi, tug’ilish guvohnomasi) va ko’chuvchilarga pul kerak
bo’ladi. Agar maktab yoshdagi bolalar bog’cha bilan birgalikda ko’chirilsa
cho’ntagiga varaqcha qo’yib yoki kiyimining yoqasiga oq mato tikib, unda
bolaning ismi, otasining ismi sharifi, turar joyi, adresi va oxirgi ko’chirish
punkti
yozilishi kerak. Agar oilada bemor bo’lib, mustaqil ravishda yig’ilish ko’chirish
punktiga kela olmasa, u to’g’risida zudlik bilan yig’ilish ko’chirish punkti
boshlig’iga xabar yetkazish lozim.
Ko’chiriladigan aholining yig’ilish joylari.
Ko’chiriladigan aholining
yig’ilish joylari ko’chiriladigan aholining yig’ilishi va ro’yxatga olinishi, ko’chrish
guruhlarini tuzish, ko’chiriladigan aholini transportga chiqarish va xavfsiz joylarga
jo’natish uchun mo’ljallanadi.
Ko’chiriladigan aholining yig’ilish joylari temir yo’l bekatlari,
avtomobillar
to’xtatish uchun qulay joylar, piyoda ko’chiriladiganlar yo’llari yaqinidagi odamlar
yig’ilishi uchun sharoit bor joylarda tashqi l etiladi.
Ko’chadigan aholini tibbiy ta’minotini rejalashtirish va tashqi llashtirishda
tuman, shahar FMTX boshligi oldindan tuziladigan ko’chiruvchilar yig’ilish joylari
eshelonlar soni, qayyer da yaratilishi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi kerak,
o’sha joyda tuman yoki shahar sog’liqni saqlash muassasi hisobidan tibbiy
punktlarni tashqi l etadi. Qishloq tumanining FMTX boshligi ko’chirishning oraliq
joylari, ko’chirilganlarning yig’ilish joylari, transportdan tushirish joylari nechta va
qayyer da bo’lishini bilishi lozim, maqsad yirik shahardan
evakuatsion tadbirlar
sababli kelgan aholini tibbiy ta’minotini tashqi llashtirib ber ishi lozim.
Ko’chiriladigan aholining yig’ilish joylarining soni va xizmat ko’rsatish
imkoniyati ko’chirilayotgan aholi soni, ko’chirilganlar o’tadigan yo’llar, transportga
chiqish joylari nechtaligini hamda ulardan avtokolonnalar, temir yo’l, kemalar
148
yordamida qanchalik tez jo’natilishini hisobga olib belgilanadi. Ko’chiriladigan
aholining yig’ilish joylarini joylashtirish uchun har xil jamoat binolari va
inshootlaridan foydalaniladi. Ko’chiriladigan aholining yig’ilish joylarida yoki
ularga bevosita yaqin joylarda aholini muhofaza qilish
uchun mavjud muhofaza
inshootlari (pana joylar, yyer to’lalar va boshqa xandaklar) tayyorlab qo’yilib, eng
oddiy yashirinish joylari jihozlanadi.
Ko’chiriladiganlarning yig’ilish joylari transportga chiqadigan bekatning va
piyoda tartibdagi ko’chiriluvchilar yo’llarining har biri yaqinida sutkasiga 5-6 ta
poyezd jo’natishni yoki soatiga ikkita (har biri 500 kishidan ) piyodalar tarkibini
butlash va tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashqi l etiladi.
Ko’chiriladigan aholining yig’ilish joylari bir vaqtda baravariga kamida bitta
poyezdga (kemaga) odamlar chiqishini yoki baravariga bir guruh odam yig’ilishini
ta’minlaydigan bo’lishi kerak.
Har qaysi ko’chiriladigan aholining yig’ilish joylariga tartib raqami ber iladi.
Unga iqtisodiyot obyektlari, turar joydan
foydalanish tashqi lotlari, shuningdek,
aholini transportda olib chiqish va piyoda ko’chiriladiganlarning yo’llari, tashqi l
etiladigan transportga chiqish joylari biriktirilib qo’yiladi.
Ko’chiriladiganlarning yig’ilish joylarining shahar, tuman, obyekt ko’chirish
hay’atlari bilan transportga chiqish joylari va transport tashqi lotlarining to’g’ridan-
to’g’ri aloqasi ta’minlangan bo’lishi kerak. Ko’chiriladigan aholining yig’ilish
joylari ishini ta’minlash uchun ko’chiriladigan aholining yig’ilish joylari yo’lga
qo’yiladigan hududiy ijroiya idoralari, tashqi lotlari
va muassasalari hodimlari
hisobidan ishchi apparati tayinlanadi.