zararli moddalarning ruxsat etiladigan me’yori (MRK), mg/m3
jadval 1
№
|
Moddalar nomi
|
MRK, mg/m3
|
Xavf darajasi
|
Moddalarning holati
|
1
|
Uglerod oksidi
|
20
|
4
|
b
|
2
|
Ammiak
|
20
|
4
|
b
|
3
|
Benzin
|
100
|
4
|
b
|
4
|
Bromli metil
|
1
|
1
|
b
|
5
|
Geksoxloran
|
0,1
|
1
|
b,a
|
6
|
Gronozon
|
0,005
|
1
|
b,a
|
7
|
Karbofos
|
0,5
|
2
|
b,a
|
8
|
Dixloretan
|
10
|
2
|
a
|
9
|
Sevin
|
1
|
2
|
a
|
10
|
O’simliklar changi, %;
|
|
|
|
11
|
2dan 10gachacha
|
4
|
4
|
a
|
12
|
10dan ortiq
|
2
|
4
|
a
|
13
|
Kristallangan ikkilamchi kremniy oksididagi saqlangan changni miqdori %;,
|
|
|
|
Eslatma; b—bug’ yoki gazlar; a—aerozol; b,a— bug’ va aerozollarning aralashmasi;.
Himoya vositalari o’lchami
jadval 2
Nafas a’zolari himoya vositalari
( niqob, gazniqob)tartibi
|
|
Tanlangan niqob yoki gazniqobni yuz o’lchami , mm
|
|
Tanlangan niqob yoki gazniqobni o’lchami, (1,2, 3)
|
|
Ishlab chiqarishdagi xavfli holatlarda
shaxsiy himoya vositalari turi
jadval 3
Masala tartibi
|
Zaharli moddalar turi
|
Zaharli modda-
lar konsentra-siyasi mg/m3
|
Zaharli modda-
larni ruxsat etil-gan konsentrasiya-si mg/m3
|
Ish turi
( yengil, o’rta, o’rta og’ir, og’ir)
|
Tanlangan himoya vositasi yoki tadbir
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar
Shaxsiy himoya vositalari nima va qaysi maqsadlarda foydalaniladi?
Shaxsiy himoya vositalari turlari va foydalanish sohalarini ayting.
Niqob va gazniqob o’zaro nima bilan farqlanadi?
Changga qarshi qaysi turdagi niqoblardan foydalaniladi?
Niqob va gazniqoblarni o’lchamlari qanday aniqlaniladi?
Niqoblar va gazniqoblarni filtrlari o’zaro qaysi ko’rsatgichlari bilan farqlanadi?
Maxsus korjoma, poyafzal va boshqa turdagi himoya vositalari qachon va qaysi maqsadlar uchun beriladi?
Me’yoriy ruxsat etilgan miqdor nima?
4 – Amaliy mashg’ulot.
O’t o’chirish vositalari va texnikalarini o’rganish.
Yong’inni o’chirish bo’yicha ishlarni tashkil etish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda yong’in sodir bo’lgan joyga qo’lidan ish keladigan barcha aholi avvaldan belgilab qo’yilgan o’chirish asboblarini olib zudlik bilan yetib kelishlari shart.
Yong’inni o’chirish komandasi boshlig’ining ko’rsatmasiga asosan, korxona darvozasida turgan o’t o’chirish uchun ishlatiladigan asbob va uskunalar doimiy ravishda shay bo’lishi shart.
Ko’ngilli o’t o’chirish jamiyatining boshlig’i yoki maxsus o’t o’chirish komandasining boshlig’i, yong’in sodir bo’lgan joyga yetib kelib qo’yidagilarni aniqlashi lozim:
1.Odamlarga, molxonaga, yong’in xavfi bormi yo’qmi;
2.Ularni qanday qilib va qayerga evakuasiya qilinish mumkin;
3.Yong’inning katta –kichikligi va uning tarqalish yo’llari qanday
kuch va vositalar bilan bartaraf qilsa bo’ladi;
4.Suvni qaysi tamonga qaratib sepish kerak;
5.Bino tuzilmalarini qaysi tamondan boshlab buzish kerak.
Ko’ngilli o’t uchiruvchilar va aholi yong’in paytida 4 guro’hga bo’linadi:
O’t o’chirish guro’hi- yonib turgan binolardan odamlarni qutqaradi, yong’inni o’chirish uchun suv sepadigan shlang o’tkazadi va unga suvni boshqaradi yoki yong’inni chelaklab suv bilan o’chiradi, yonib turgan binolarning ichidan mol-mulk hayvon va odamlarni ko’chiradi. Agar o’tni o’chirishga halakit bersa ularni buzib tashlaydi.
Suv bilan ta’minlash guro’hi- mavjud nasoslarni ishlatadi, kerak paytida yonib turgan obyektning oldiga suv hozirlaydi.Suv bo’lmagan paytda qum yoki qor bilan ta’minlaydi. Bu guro’hga ishchi qurol sifatida chelak va belkurak zarur;
Himoya qilish guro’hi - yonib turgan obyekt yonidagi binolarni yong’indan saqlaydi, agar kerak bo’lsa qamishli yoki yog’ochli tomlarni devorlarni qismlarga ajratadi. Bu guro’hga ishchi qurol sifatida chelak, bolta, arra va lom ishlatiladi.
Qo’riqlash guro’hi - yong’in zonasidan evakuasiya qilingan hayvon, chorva, uskunalar va boshka mol-mulklarni qo’riqlaydi. Shikastlangalarga birinchi yordam ko’rsatadi.
2. O’t o’chirgichlarning tuzilishi va ularning ishlatilishi
Yong’in boshlangan davrda alangani o’chirish uchun OXP-10, OVP-5, OVP-10, OXVP-10, OU-2, OU-80, OU-25,OU-8, OU-400, «Moment», «Turist», OP-851, OP-5 turdagi o’t o’chirgichlardan foydalaniladi.
OXP-10 o’t o’chirgichi. Idish ishqorli va kislotali bo’limlardan iborat bo’lib, bir-biriga ta’sir etishi natijasida o’tni o’chirish qobiliyatiga ega bo’lgan ko’pik hosil bo’ladi.
Rasm 1. OXP -10 o’t o’chirgichi tuzilishi
1-korpus; 2-tutqich; 3-stakan (ishqor turadigan); 4-rezinali klapan (stakan og’zini germetik yopish uchun); 5-stakan kanallari; 6- klapanni holatini o’zgartiruvchi dastak; 7-klapan shtoki; 8- sepish kanali; 9-yopgich membranasi.
OXP -10 o’t o’chirgichi ishqorli (1) va kislotali (3) qismlardan tashkil topgan bo’lib, ishqorli qismiga 400 gramm natriy bikarbonat va 50 grammgacha solodokli suvli surim kerak. Kislotali qismi 115 gramm temir(111) sulfat va 120 gramm azot sulfat kislotadan iborat. Namlik darajasiga qarab u 400 grammgacha bo’lishi mumkin.
Ishqorli qismi 9 litr suvda 20-30oS issiqlikda eritiladi. Yaxshilab aralashtiriladi va 10-15 daqiqa davomida tinitiladi, keyin varonka orqali o’t o’chirgichga qo’yiladi. Kislotali qismini 250 sm3 kubli toza suvda 80-95oS issiqlikda eritiladi va 30-35oS gacha sovutiladi so’ng 400gr miqdorda o’t o’chirgich idishidagi stakanga qo’yiladi.
Bu ikki suyuqlikni aralashtirish natijasida kimyoviy ko’pik hosil bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun tutqichni qarama-qarshi tomonga burab stakanning tiqini ochiladi va po’lat ballonni 180° ga buriladi. Stakandagi kislota teshikchalar orqali oqib chiqib ishqorga aralashadi va reaksiyaga kirishib ko’pikka aylana boshlaydi. Ko’pik hajmi juda tez kengaya boradi va ballon ichida 0,08—0,14 MPa miqdorida bosim hosil qiladi. Hosil bo’lgan ko’pik teshikcha orqali otilib chiqa boshlagach, uni alanga chiqqan yerga yo’naltirish kerak. O’t o’chirgichda hosil bo’ladigan ko’pik miqdori 43 litrni tashkil etib 0,1MPa bosim ostida 6 metr masofaga 60 soniya davomida sepish qobiliyatiga ega.
Bu paytda idish ichida ko’yidagi reaksiya yuz beradi:
|