• Yong’inni o’chirishda suv ta’minoti.
  • Binolarni qo’l o’t o’chirgichlari bilan jihozlash meyorlari




    Download 11,18 Mb.
    bet20/37
    Sana27.05.2024
    Hajmi11,18 Mb.
    #254801
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
    Bog'liq
    «Hayot faoliyati xavfsizligi»

    Binolarni qo’l o’t o’chirgichlari bilan jihozlash meyorlari
    Izoh:
    1. Turli darajali yong’inni o’chirishda, kukunli o’t o’chirgichlar quyidagi kuknlar bilan to’ldirilgan bo’lishlari lozim: A darajadagi yong’in uchun – AVS(Ye) kukuni;
    V darajadagi yong’in uchun, S va (Ye)-VS(Ye)yoki AVS (Ye)va D-D.
    2. "++" - orqali binoni jihozlash uchun tavsiya etiladigan o’t o’chirgichlar turlari belgilangan, "+" – orqali asosiy o’t o’chirgich bo’lmaganda qo’llanilishi mumukin bo’lgan o’t o’chirgichlar ko’rsatilgan va "-" – orqali qo’llash taqiqlanadigan o’to’chirgichlar ko’rsatilgan.
    Yong’inlarni sinflanishi: A sinfi - organik tarkibli qattiq jismlarni yonishi ( o’tin, latta, qog’oz); V sinfi – yonuvchi suyuqliklar va eriydigan qattiq jismlar yonishi; S sinfi – gazlar yong’ini; D sinfi – metall va uning qotishmalarini yonishi; Ye sinfi – elektr qurilma yong’ini.
    O’t o’chirgich va vujudga kelishi mumkin bo’lgan yong’in orasidagi masofa jamoa binolarida 20m dan, A,B va V guro’hdagi binolar uchun 30m dan, G gurhdagi binolar uchun 40dan va D guruhdagi binolar 70m dan oshmasligi shart.
    Havo harorati 1OS dan past bo’lgan binolarda o’t o’chirgichlarni isitilgan joylarga joylashtirish kerak.
    Barcha turdagi binolar ISO N3941–77 talablari asosida jihozlanishi talab etiladi.Jamoat joylari binolarida eng kamida ikkita qo’l o’t o’chirgichi bo’lishi shart.
    D kategoriyali binolar hududi 100m2 oshmagan taqdirda o’t o’chirgichlar bilan jihozlanish shart emas. Avtomatik o’t o’chirish tizimi bilan jihozlangan binolar hisobdagidan 50%da qo’l o’t o’chirgichi bilan jihozlanishi shart.
    Yong’inni o’chirishda suv ta’minoti. Suv yong’inni o’chirishda eng ko’p ishatiladigan vositadir. Hajmi 1000 m3 dan katta bo’lmagan, o’tga chidamlshshk darajasi I va II bo’lgan alohida binolarda joylashgan D toifadagi korxonalar hamda 50 tagacha odam yashaydigan bir-ikki qavatli binolardan tashqari barcha aholi yashaydigan joylar va ishlab chiqarish korxonalari yong’inga qarshi suv bilan ta’minlanishi zarur. 8000 tagacha aholi yashaydigan joylar yoki yong’inni tashqi tomondan o’chirishda 20 l/s gacha suv sarflanadigan V, G, D toifadagi korxonalarda yong’inni o’chirish uchun suv avtonasoslari mavjud bo’lganda bino va in-shootlardan uzog’i bilan 200 m, motopompalar mavjud bo’lganda uzog’i bilan 150 m va dastaki nasoslar mavjud bo’lganda uzog’i bilan 100 m masofada joylashgan daryolar, ko’lmak suvlardan olinishi mumkin. Aholi soni 500 tagacha bo’lgan qishloq joylarida yong’inni o’chirish uchun hisobiy suv sarfi 5 l/s, 500-5000 aholi yashaydigan joylarda 10 l/s, bundan ko’p aholi yashaydigan joylarda esa 15 l/s hisobida olinadi. O’tga chidamlilik darajasi I va II bo’lgan, hajmi 3000 m3 gacha bo’lgan ishlab chiqarish hamda jamoat binolari uchun hisobiy suv sarfi - 5 l/s ni, III, IV va V darajalari uchun 10 l/ s ni tashkil etadi.
    Bitta yong’inni o’chirishga sarflanadigan zaruriy suv miqdori uning sekund davomidagi sarfi miqdori va yong’inni davom etgan vaqti bilan hisoblanadi.
    Yong’inni birlamchi o’chirish vositalaridan, yong’in bilan bog’liq bo’lmagan xo’jalik ishlari, shaxsiy maqsadlarga foydalanish qat’iyan man etiladi.
    Aralash holda yong’in sodir bo’lgan taqdirda, ko’proq universal xarakterga ega bo’lgan o’t o’chirgichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib quyida keltirilgan masalalarni yeching:


    Masala 1. Bir bino ichida ikkita alohida bo’limlardan iborat omborxona mavjud. Obmborxonaning birinchi bo’limida 200m2 karbid kalsiysi, 150 m2 yonilg’i moylash mahsulotlari, ikkinchi xonasining 100m2da mineral o’g’italar va 250m2 pestisidlar joylashtirilgan. Yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun yong’inni o’chirish vositalari turlari va suv ta’minoti hisobini aniqlang.
    Masala 2. Chorvachilik kompleksida uzunligi 120m, eni 30m va balandligi 5m bo’lgan skirdada somon saqlanmoqda. Shunga o’xshagan skirdalar soni oltitani tashkil etadi. Skirdalar oralig’idagi masofa 15m. Yong’in xavfsizligi bo’yicha chora-tadbirlar va vositalar hisobini amalga oshiring.
    Masala 3. Qishloq markazida yangi qurilgan maishiy uy binosini yong’innga qarshi vositalar bilan jihozlash lozim. Bino ikki qavatdan iborat bo’lib aholiga maishiy texnik vositalari uchun xizmat ko’rsatish (80m2), avtomobillarni g’ildiragini yelimlash (vulkanizasiya) (80m2), sartaroshxona (35m2), rasmxona (40m2), yig’ilishlar zali (680m2) va ma’muriy xona (220m2) tashkil topgan.
    Masala 4. Fermer xo’jaligining mashina traktor parkida 60avtomobil, 20traktor, 8 kombayn ba 40 ga yaqin boshqa qishloq xo’jaligi mashinalari mavjud. Ushbu mashina traktor parkida mashinalarni ta’mirlash uchun chelagarlik ustaxonasi (60m2), akkumuliyatorni ta’mirlash xonasi (30m2), yuqori kuchlanishli (1500v) elektr transformator qurilmasi, 1,2 kg/sm2 quvatga ega bo’lgan gazda ishlaydigan suv isitish qozoni hamda dvigatellarni sinash binolari mavjud. Mazkur traktor parki uchun yong’in xavsizligi tadbirlari ishlab chiqing.
    Masala 5. Paxta qabul qili punktida uzunligi 60m, eni 30m va balandligi 15m bo’lgan buntda paxta saqlanmoqda. Shunga o’xshagan buntlar soni 25tani tashkil etadi. Buntlar oralig’idagi masofa 20m. Yong’in xavfsizligi bo’yicha chora-tadbirlar va vositalar hisobini amalga oshiring.



    Download 11,18 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




    Download 11,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Binolarni qo’l o’t o’chirgichlari bilan jihozlash meyorlari

    Download 11,18 Mb.