Jarohatlanganlarga yordam ko’rsatish oldidan qo’yiladigan talablar.
Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko’rsatishdan oldin qo’yidagi talab va qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
hodisa yuz bergan joyga yordamga borishdan oldin, kishi eng avvalo o’zini ruhiy holatini va jismonan sog’lomligini hisobga olishi shart, aks holda jarohatlanganlarga yordam berish o’rniga zarar yetkazishingiz mumkin;
Rasm 1. Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko’rsatishdan oldin xavf manbalarini o’rgan va ularni bartaraf qil
eng avvalo hodisa yuz bergan joyni ko’zdan kechirib jarohatlanishning birlamchi manbasini aniqlash va jarohatlanish sabablarini yo’qotish (masalan, jarohatlanuvchini gazlar, zaharlar to’lgan xonadan olib chiqish); elektr simini tormoqdan uzish (elektr toki urganida; jarohatlanuvchining ahvolini yomonlashtiradigan barcha narsalarni yo’qotish) jarohatlanuvchi ustidagi yukni va boshqa predmetlarni olish, xonadan yoki yonayotgan joydan olib chiqish;
jarohatlangan necha kishiligi va ularni holatini o’rganib chiqib, lozim topsa birinchi navbatda odam hayoti va salomatligiga eng ko’p xavf tug’dirayotgan holatni yo’qotish (masalan, arteriyalar kesilganida qon oqishini to’xtatish, nafas olish to’xtab qolgan va yurak faoliyati buzilganda, sun’iy nafas berish yoki yurakni o’qalashni boshlash va h.k.);
atrofdagilarni yordamga chaqirish;
hodisa yuz bergan joyda bemorga xavf soluvchi omillar bo’lmasa va uning holati qoniqarli darajada bo’lsa, unda birinchi tibbiy yordamgacha uni ko’zg’atmaslik;
jarohatlangan shaxs hushidan ketganda tashlab ketmaslik;
Jarohatlanganlarga yordam ko’rsatish usullarini o’rganish.
Qon oqqanda birinchi yordam ko’rsatish. Arteriyadan oqadigan qon och qizil rangli, kuchli qon oqimi bosim ostida beto’xtov otilib turadi. Arteriyadan qon oqqanda, yirik arteriyalar. jarohatlanganda tezlikda yordam ko’rsatish zarur. Birinchi navbatda tomirni barmoqlar bilan qattiq bosib, suyakka siqish kerak. Bog’lam qo’yishda quyidagi ishlarni bajarish lozim:
teriga bir necha qavat qilib tahlangan latga (dastro’mol) ko’yish;
bog’lamni qon to’xtaguncha tortish;
bog’lam ostiga kun 24 soat deb hisoblaganda u qachon ko’yilganligi aniq yozilgan (masalan, 05 soat 35 min.) qog’oz qo’yish.
Rasm 2. Qon oqqanda arteriyalarning va tizza bo’kishidan siqib
qo’yiladigan joylari:
1-tirsakka oid; 2-nurli; 3-yelkaga oid; 4-o’mrov-osti; 5-o’ng uyquga oid; 6-kurak; 7-chakkaga oid; 8-chap uyquga oid; 9-birinchi qo’l ostidagi; 10-o’ng songa oid; 11-chap songa oid;12-orqa katta songa oid; 13-oyoq kafti
Venadan oqadigan qon to’q rangli bo’ladi, yaradan otilib chiqadi, kapillyardan qon ozroq miqdorda sekin chiqadi.Vena va kapillyar qon oqishni to’xtatishda bosib turadigan bog’lam ko’yishning o’zi kifoya. Jarohat atrofidagi teriga yod surtiladi, sterillangan bint parchasi yoki toza ip-gazlama qo’yiladi va bint bilan mahkam bog’lanadi.
Rasm 3. Oyoq va qo’llardan qon oqqanda, qo’l yoki jgut qo’yish bilan to’xtatish
Qorinning ustki qismi va bo’shlig’ining ichi shikastlanganda bemor sanitariya zambiliga chalqanchasiga yotqiziladi, tizzalar biroz bukiladi. Jarohatning butun yuzasiga katta doka (toza adyol, sochiq) yopish va yarani bint bilan yaxshilab bog’lab ko’yish kerak. Jarohatlanganga suv berish va yarani suv bilan yuvish yaramaydi. Ko’krak qafasi ichida o’pka, yurak hayot uchun xavfli darajada jarohatlangan bo’lishi mumkin.
|