• Elektr tokidan jarohatlanganlarga yordam ko’rsatish
  • Ram 5. Qo’l (a), oyoq (b) va bel (v) singanda taxtakachlash




    Download 11,18 Mb.
    bet25/37
    Sana27.05.2024
    Hajmi11,18 Mb.
    #254801
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
    Bog'liq
    «Hayot faoliyati xavfsizligi»

    Ram 5. Qo’l (a), oyoq (b) va bel (v) singanda taxtakachlash

    Rasm 6. Umurtqa ustuni va bosh qismning o’zaro joylashuvi va tuzilishi




    Rasm 7. Tananing bosh va miya qismi jarohatlanganda bog’ich orqali


    bog’lash usullari

    Elektr tokidan jarohatlanganlarga yordam ko’rsatish. Tok urishi sanoatda, qishloq xo’jaligida, transportda va turmushda kuzatiladi. Elektr tormog’idan jarohatlanishning og’ir yengilligi, tok kuchi, kuchlanish miqdori va ta’sir etish muddati hamda fizik xossasiga bogliq.


    Inson va hayvonlar organizmi uchun o’zgaruvchan tok ancha xavfli bo’lib, tok kuchlanishi kattalashib borgani sari uning xavfliligi ham ortib boradi. Tok insonga qanchalik uzoq ta’sir etsa inson organizmi shuncha kuchli shikastlanadi.
    O’zgaruvchan tok ta’sirida organizmda mahalliy va umumiy shikastlanish vujudga keladi. Organizmda mahalliy shikastlanish natijasida bir oz og’rik sezilishi yoki tok urgan kishining biron joyi qattiq kuyishi mumkin. Umumiy shikastlanishda markaziy asab tizimi, nafas olish organlarining faoliyati va yurak – qon aylanishi tizimida o’zgarish vujudga keladi. Tok urgan odamda hushidan ketish, nutq buzilishi yoki umuman yuqolishi mumkin. Ba’zi hollarda og’ir hollar, ya’ni falajlik yuz beradi.
    Tok urgan joyga birinchi yetib kelgan odam avvalo shikastlangan kishini tok ta’siridan qutqarishi kerak.Tok urgan kishini yerga qo’yish yoki ustiga tuproq tashlash qatiyan man qilinadi.
    Tok bilan zararlangan shaxslarga qo’yidagi tartiba birinchi tibbiy yordamlar ko’rsatish tavsiya etiladi:

    • tok ta’siridagi kishin tokli qismlardan elektr kurilmani rubilnikdan o’chirish yoki vklyuchateldan uzish, simni qirqib tashlash, jabrlanuvchini kiyimidan tortib tokli qismlardan ajratish, quruq tayoq yordamida simni olib tashlash lozim.

    • jabrlanuvchi tokdan ajratilgandan keyin biror to’shama ustiga yotqiziladi, kiyim tugmalari, kamari yechiladi va sof havodan nafas oldiriladi, novshadil spirti hidlatiladi, betiga sovuq suv sepiladi, badani ishqalanadi va isitiladi

    Rasm 8. Elektr tok ta’sirida tushganlarga birinchi yordam


    ko’rsatish usullari va choralari



    • tok urgan kishini orqasi bilan chalqancha yotqiziladi. Pastki tishlar chiqib turadigan qilib jag’i oldinga suriladi. Shundan so’ng ko’rsatgich barmoqqa bint yoki dastro’mol o’rab og’iz burunlar, yot jismlar yoki shilimshiqlardan tozalanadi. Bu ishlarni barchasini tez va shikast yetkazmay bajarish lozim.



    Rasm 9. Jarohatlanganlarga sun’iy nafas berishdan oldingi jarayon





    • yurak ishlayotgan bo’lsa sun’iy nafas oldirishni bemor mustaqil nafas ola boshlaguncha davom ettirish maqsadga muvofiqdir. Shikastlanganni nafas olishi to’xtasa, yurakni massaj qilib kon aylanishini tiklash lozim.

    • qo’l kaftlarini to’shning qoq o’rtasiga ustma-ust qilib qo’yib bir maromda jadal bosiladi. Bunda yurak to’sh bilan umurtqa pog’onasi o’rtasida saqlanadi va qon yurakdan haydaladi. Massaj qilish va suni’iy nafas berish orasidagi pauza vaqtida esa ko’krak qafasi kengayadi va yurak bo’shliqlari qon bilan to’ladi. Massaj vaqtida qo’l kuchidan foydalanmay balki butun gavda og’irligidan foydalanish kerak. Pauza vaqtida qo’l to’shdan olinmaydi. 12yoshgacha bo’lgan bolalarni yuragini massaj qilishda qo’lning bir kaftidan , chaqoloqlar uchun 2 barmoq bilan yordam kursatiladi.Agar jarohatlangan odamga bir kishi tamonidan yordam ko’rsatilayotgan bo’lsa, 2:15 nisbatida ish ko’rishni, ya’ni o’pkaga 2 marta jadal nafas berilgandan so’ng ko’krak qafasi bir sekund oralatib 15 marta bosish tavsiya etiladi. Agar yordamni 2 kishi berayotgan bo’lsa, biri yurakni massaj qilsa 2-chisi sun’iy nafas berishi lozim. Ikkala yordamchining harakati o’zaro kelishilgan bo’lishi kerak. Nafas berish ko’krakni bosish bilan bir vaqtda amalga oshirilmaydi, chunki o’pka yorilib ketishi mumkin.

    Buning oldini olish uchun 1:5 nisbatda ish tutiladi, ya’ni yordamchi 1 marta nafas bersa, ikkinchisi 5 marta yurakni massaj qiladi.
    Yurakning tashqi massaji juda oddiy va bemorning hayotini saqlab qolishda yordam beradi. Yurakning masaji vrach kelgunicha yoki odam o’lgunicha qo’llaniladi. Yurak massajini barcha insonlar bilishi shart. Ayniqsa avtobus, taksi haydovchilari, DAN xodimlari bilishlari shart.
    Sun’iy nafas oldirish «og’izdan og’izga» va «og’izdan burunga» usullarida bajariladi. «Og’izdan og’izga» usuli «og’izdan burunga» usulidan afzalroqdir, chunki burun yo’llaridan shilimshiq va suyuqlikni yo’qotish qiyin bo’ladi. Ba’zi hollarda sun’iy nafas berish vositasi sifatida plastmassali naychalardan ham keng foydalanadilar.





    Rasm 10. Yurakning tashqi massaj qilish usuli

    Agar jabrlanuvchining nafas olishi to’xtagan bo’lsa yoki u qiynalib nafas olayotgan bo’lsa, u holda unga sun’iy nafas oldiriladi va yuragi o’qalanadi. Sun’iy nafas oldirish, bemor o’ziga kelguncha davom etgiriladi. Bir me’yorda nafas olish boshlangach, sun’iy nafas oldirish to’xtatiladi.


    Yurakni o’qalash - bu bemor ko’krak qafasining pastki uchdan bir qismini bir maromda siqishdan iborat. Bu usul turli sabablarga ko’ra yurak urishi to’xtaganda qo’llaniladi. Buning uchun bemorni qattiq yuzaga, chalkdnchasiga yotqiziladi. Yordam ko’rsatuvchi tizzada turib kaftini ko’krakning pastki qismiga ko’yadi. Ikkinchi qo’lning kaftini birinchisining ustiga qo’yib, ko’krak kafasini pastki tomondan bir maromda tez-tez bosadi, bunda faqat qo’lining kuchi emas, balki tanasining og’irligidan ham foydalaniladi. Bosish tezligi daqiqaiga 50-60 marta takrorlanishi kerak. Yordam ko’rsatishda ikki kishi qatnashishi kerak - biri yurakni ustidan o’qalaydi, ikkinchisi - sun’iy nafas oldiradi.

    Rasm 11. Jarohatlanganlarga sun’iy nafas oldirish usullarini bajarish


    va yurakni yopiq o’qalash

    Dastlab bemorning og’zi ochiladi va zarur bo’lsa dastro’mol, doka yoki har qanday yumshoq mato bilan og’izda suyuqlik qolmaydigan qilib tozalanadi. Yordam ko’rsatuvchi bemorning bosh tomonida tizzada turib, bir kaftini bemorning bo’yni ostiga qo’yadi, ikkinchi qo’lini peshonasiga bosib, boshini iloji boricha orqaga og’diradi, so’ngra barmoqlari bilan bemorning burun-kataklari yonidan siqib og’iz ochiladi. Boshni orqaga oldirish til tushib ketib, nafas yo’lini berkitmasligi uchun zarur. Yordam beruvchining o’zi havo tortib, og’zini (doqa orqali qilish ham mumkin) bemorning ochiq og’ziga zich qo’yadi va bemorning ko’kragi ko’tarilgunga qadar unga kuchli havo puflaydi. Puflangan havo qaytib chiqishida halal bermaslik kerak. Daqiqaga 12-20 marta havo puflash tavsiya etiladi. Bu davr bemor mustaqil nafas olishi boshlangunga qadar davom ettirriladi.


    Suvga cho’kkanlarga birinchi yordam ko’rsatish avvlambor upkadagi suyuqlikni haydab chiqarishdan boshlanadi. Ya’ni jarohatlangan shaxs tili og’iz bo’shlig’idan tortib olinib dastro’mol yoki yopishqoq lenta bilan fiksasiya qilinib nafas yo’li ochiladi. Shundan keyingina jarohatlangan shaxs tizzaga qorin bo’shlig’i orqali joylashtirilib tananing orqa qismidan pastdan yuqori tomon qo’lning kaft qismi bilan sekin massaj qilinadi. Qorin bo’shlig’idan suyuqlik haydab chiqilgandan keyin, jarohatlangan sun’iy nafas beriladi.

    R asm 12. Suvga cho’kkanlarni tilini fiksasiyalash va organizmdan


    suyuqlikni haydab chiqarish yordami

    Quturgan hayvonlarni tishlashi natijasida birinchi yordam ko’rsatayotganda oqayotgan qonni tez to’xtatishga harakat qilmaslik kerak, negaki virus hayvonning so’lagi orqali o’tib, bosh va orqa miya hujayralarini shikastlantiradi. Inkubasion oraliq 12-60 kun davom etadi. Tishlangan joy terisi atrofiga keng qilib bir necha marta dezinfeksiyalovchi aralashma (yod-spirtli aralashma, vino-spirti bilan, kaliy permanganat aralashmasi) yordamida ishlov berilib, so’ng zararsizlantirilgan bog’ichni bog’lab qo’yiladi.


    Ilon chaqishi inson hayoti uchun juda xavfli bo’lib, u chaqqandan so’ng og’riq, qizarish va qon oqishi, og’izda qurish paydo bo’ladi, chanqash, uyqu tortish, ko’ngil aynish, tomir tortishi, so’z buzilishi, yutilish, ayrim vaqtlarda qo’zg’aluvchi qismlarning falajlanishi vujudga keladi. Chaqqan vaqtning birinchi ikki daqiqasi ichida, chaqqan joyidan yuqoriroq qismidan qon to’xtatadigan jgut, buramalar qo’yiladi, so’ng chaqqan joydagi teri qon chiqquncha kesiladi va shu joyda so’rib tashlash uchun banka qo’yiladi. Keyin yaraga kaliy permanganat yoki natriy gidrokarbonat aralashmalari yordamida ishlov berilib, boylagich bilan bog’lab ko’yiladi. Og’riqni qoldirish uchun analgin, amidopirin ishlatiladi va ko’p suyuqlik (sut, choy, suv) ichiriladi. Agar vaqtni boy berilsa, hiqildoqda shish paydo bo’lishi va yurakning urishi to’xtashi mumkin.
    Qishloq xo’jaligi ishlarini bajarish vaqtida ari va asalarilar ko’p chaqishi mumkin. Buning ko’p marta takrorlanishi o’limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun teridan arilar ignasini sug’urib tashlab, yara joyiga zararsizlantiruvchi aralashma bilan ishlov berish lozim. Og’riq va shishni kamaytirish uchun teriga gidrokartizonli surtma surtiladi.




    Download 11,18 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




    Download 11,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ram 5. Qo’l (a), oyoq (b) va bel (v) singanda taxtakachlash

    Download 11,18 Mb.