Fe2(SO4 )3+Na(HCO)=Na 2SO4+Fe(OH)2+CO
Shuni esda to’tish kerakki, elektr toki kuchlanishi ostida turgan elektr uskunalardan kelib chiqqan yong’inni o’chirishda bu ko’pikdan foydalanish qat’iyan manetiladi.
Bu o’t o’chirish asbobida xavfsizlikni ta’minlash uchun teshikchani sim bilan oldindan tozalab keyin ishga tushirish kerak. Aks holda ko’pik qotib qolib teshikchani berkitib qo’ygan bo’lsa, ballon portlab ketishi ham mumkin. Bundan tashqari, har yili po’lat ballonni 2 MPa gidravlik bosimda sinab ko’riladi, so’ngra kislota va ishqor bilan qaytadan to’ldiriladi.
Korbonat angidridli o’t o’chirigich. Elektr toki kuchlanish ostida turgan elektrouskunalar yonishidan kelib chiqqan yonishlar oksid angidridli o’t o’chirgichlar yordamida o’chirish mumkin, chunki o’chiruvchi moddaning tarkibida oksid angidrid qo’llaniladi.
Rasm 2. Korbonat angidridli o’t o’chirigichlar turlari va tuzilishi
1-saqlagichli membrana plombasi; 2-zaryad plombasi; 3-maxovik; 4-ventil tomba; 5-ushlagich; 6-kronshteyn tombasi bilan; 7-qor hosil qilub beruvchi nay; 8-ballon; 9-yorliq joyi.
Korbonat angidrid gazinig xususiyatlaridan biri, u katta bosim natijasida haddan tashqari sovub ketadi va qattiq oksidli qor hosil bo’ladi.Uning harorati –72oS gacha kamayadi.
Korbonat angidridi qimmatbaho narsalarni ishdan chiqishga yo’l qo’ymaydi.Undan tashqari oksid angidrid elektr tokini o’tkazmaydi. Korbonat angidridli o’t o’chirgichni kamchiligi, u ho’llash xususiyatiga ega emas. Shuning uchun u bilan tutab yonadigan buyumlarni o’chirib bo’lmaydi. Oksid angidridli o’t o’chirigichlarning asosiy qismlari pulatdan yasalgan quyma ballon, unda suyuq holdagi oksid angidrid saqlanadi.
Ishga tushuruvchi moslama, qattiq oksid angidridi olish uchun xizmat qiladigan diffuzor. OU-2 va OU-5 o’t o’chirgichlarda ventil diffuzor bilan aylantiriladigan moslama bo’ladi OU-8, OU-25, OU- 80 har qanday uzunlikdagi kuchlantirilgan hamda bukilmaydigan shlang bilan ulanilgan.
|