• O’zbekistonda mavjud eng mashhur franshizalar
  • I. FRANCHAYZING FAOLIYATINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI




    Download 392,46 Kb.
    bet5/20
    Sana20.05.2024
    Hajmi392,46 Kb.
    #244698
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    55uz.franchayzng

    I. FRANCHAYZING FAOLIYATINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
    1.1. Franchayzing faoliyatining iqtisodiy va nazariy asoslari
    Franchayzing tushinchasi 1986 yil 28-yanvarda Yevropa ittifoqida tovar belgisidan foydalanish huquqi deb yuritila boshlagan. Franchayzing (ingliz. franchising), yoki franshiza (gallits. franchise — imtiyoz), yoki tijorat konsessiyasi — bozor subyektlari oʻrtasidagi munosabatlar turi; bir tomon (franchayzer) ikkinchi tomonga (franchayzi) tadbirkorlikning maʼlum bir turida ish yuritishning oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan biznes modelidan: franchayzerning brendi, savdo belgisi, xom ashyosi va texnologiyalaridan foydalanib, uning nomidan ish yuritishga haq evaziga (akkord; bir yoki koʻp martalik toʻlov) ruxsat berishidir. Umumiy maʼnoda, franchayzing — bu savdo belgisi yoki kommersion belgini „ijaraga olishni“ bildiradi. Franchayzingdan foydalanish franchayzer (franshizani beruvchi) va franchayzi (uni oluvchi) oʻrtasidagi kelishuv bilan tartibga solinadi. Shartnoma mazmuni har xil, oddiydan to juda murakkabgacha boʻlishi, tovar belgisidan foydalanishning eng kichik tafsilotlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Odatda, shartnomada franchayzingdan foydalanish uchun pul ajratmalar miqdori tartibga solinadi (bu maʼlum bir muddat uchun belgilangan bir martalik yoki sotishning foizidan kelib chiqadigan to'lov boʻlishi mumkin). Pul ajratmasi boʻyicha hech qanday talab boʻlmasligi ham mumkin, ammo bu holda franchayzi franchayzerdan maʼlum miqdordagi tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotib olish majburiyatini oladi. Tovar belgisi, brenddan foydalanish shartlari shartnomalarning alohida bandi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Ushbu shartlar juda erkin boʻlishi ham mumkin (masalan, franchayzi maʼlum bir sohada brenddan foydalanish huquqiga ega) yoki qatʼiy ham boʻladi (masalan, franchayzi doʻkonning ichki interyerida javon va qatorlarning rangidan tortib, personalning ish kiyimlarigacha va uskunalardan foydalanishda franchayzerning talablariga qatʼiy rioya qilish majburiyatini oladi).
    Filip Kotler franchayzingning quyidagi elementlarini alohida taʼkidlaydi:

    • Franchayzer oʻz savdo belgisidan foydalanganlik uchun put ajratmasi oladi, koʻpincha, xom ashyo, butlovchi qismlar yetkazib berish va xodimlarni oʻqitishni ham taʼminlaydi.

    • Franchayzi franchayzer tomonidan ishlab chiqilgan sxema boʻyicha biznes yuritish huquqini sotib oladi. Franchayzi oʻz savdo nuqtasini tayyorlash, ishga tushirish va ishlatish xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi.

    • Franshiza — bu franchayzerning talablariga javob beradigan biznes yuritishning barcha jihatlari va shartlarini tavsiflovchi tizim.

    • Paushal toʻlov (nemis. pauschale — qalin, yogʻli boʻlak") — franshizaning qiymati, franchayzi dastlabki bosqichda franchayzerga toʻlaydigan belgilangan miqdordagi to'lov. Odatda bu umumiy boshlangʻich xarajatlarning 9-11 % ni tashkil qiladi. Oʻz ichiga biznes-buk (faoliyatni tashkil etish reglamenti), brend-buk (korporativ identifikatsiya elementlarini qurish va ulardan foydalanish va reklama qoidalari), xodimlarni boshqarish va oʻqitish, sotish metodikasi, tarkiblar va texnologiyalar, koʻrsatmalar, hisobotlar, hisob berish shakllari va boshqalarni o'z ichiga oladi.

    • Royalti — franchayzerga tegishli boʻlgan tovar belgilari, patentlar yoki boshqa mualliflik huquqlaridan foydalanganlik uchun oylik toʻlov. Bu franchayzi aylanmasi/daromadidan 2-6 % yoki aylanma/daramadga bogʻliq boʻlmagan miqdorda belgilanishi yoki hatto nolga teng boʻlishi mumkin. Reklama toʻlovi miqdoridan alohida shaklda toʻlanadi.

    • Reklama toʻlovi — global reklama va marketing kampaniyalarini oʻtkazganligi uchun franchayzer foydasiga toʻlanadigan oylik toʻlov. Bu aylanma/daromaddan 1-3 % yoki belgilangan miqdorda boʻlishi mumkin. Royalti toʻlovi miqdoridan alohida shaklda toʻlanadi.

    Franchayzing shakllari quyidagilardan iborat:

    • Toʻgʻridan-toʻgʻri franchayzing hududni cheklagan holda ish faoliyatini amalga oshirish huquqini bir shaxsga (bitta korxona uchun) berishni anglatadi.

    • Subfranchayzing franchayzer subfranchayzerga belgilangan hudud uchun oʻz huquqlarining katta qismini oʻtkazadi. Subfranchayzer bu hududda savdo nuqtalarini ochish va franshizalarni uchinchi shaxslarga sotish huquqini oladi.

    • Master franshiza subfranchayzingga juda yaqin boʻlib, odatda, yirik xalqaro tarmoqlar faoliyatida qoʻllaniladi (odatda, belgilangan hududga butun mamlakat yoki mamlakatlar guruhi kiritiladi). Bosh kompaniyaning huquq va majburiyatlarining faqat bir qismi oʻrta boʻgʻinga berilgan oldingi shakldan farqli oʻlaroq, bu holda franchayzerning vakolatlarini toʻliq va eksklyuziv ravishda master-franshizaga oʻtkazib beriladi.

    • Yumshoq franchayzingda potentsial hamkorga biznes ochish uchun zarur boʻlgan barcha mablagʻlarning faqat yarmini kiritishi taklif qilinadi. Ikkinchi yarmini qoplashni boshqaruv kompaniyasi oʻz zimmasiga oladi. Keyinchalik, bu hamkor boshqaruv kompaniyasining ulushini ham sotib olish va franchayzingni yagona egasi boʻlish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunday tizim, masalan, Mail Boxes Etc kompaniyasi ishlaydi. Baʼzi hollarda kompaniyalar hamkoriga faqat yangi korxona faoliyatini va joriy xarajatlarni boshqarishni qoldirib, franchayzing ochish uchun zarur boʻlgan investitsiyalarning 100 % gacha boʻlgan qismini oʻz zimmalariga olishlari mumkin.

    Franchayzingni tovarli, ishlab chiqarishda, xizmat koʻrsatishda, biznes formatli, tadbirkorlik bilan bog’liq franchayzing, mahsulot franchayzingi kabi turlari mavjud.

    • Tovarli franchayzing - asosan savdo sohasida qoʻllaniladi. Franchayzi franchayzer tomonidan yoki uning tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish huquqini oladi. Franchayzing shartnomasi savdo texnologiyasini, xizmatlar va tovarlar assortimentini, ishlab chiqaruvchining tovar belgisidan foydalanishning aniq qoidalarini tartibga soladi. Masalan, maʼlum kompaniyaning poyabzal yoki kiyim-kechaklari sotadigan firma doʻkoni.

    • Ishlab chiqarishda (sanoatda) - franchayzi franchayzerning tovar belgisi ostida mahsulot ishlab chiqarish va sotish huquqini oladi. Franchayzi texnologiya va asosiy xom ashyoni olgan holda, ishlab chiqarish jarayoniga qoʻyiladigan talablar, mahsulot hajmi, uning sifati, sotish rejalari, xodimlarning malakasi va hisobotlari haqida kelishib oladi.

    • Xizmat koʻrsatishda - franchayziga franchayzerning tovar belgisi ostida xizmat koʻrsatishning maʼlum bir turi bilan shugʻullanish huquqi beriladi, bunda, franchayzer oʻz hamkorini asbob-uskunalar, reklama va marketing texnologiyasi bilan taʼminlaydi. Qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, franchayzer ishlarni nazorat qiladi. Xizmat koʻrsatish franchayzingiga kiyimlarni kimyoviy tozalash tarmogʻini misol keltirish mumkin.

    • Biznes formatli - franchayzer hamkoriga nafaqat savdo huquqini, balki ushbu turdagi biznesni tashkil etish uchun litsenziyani ham beradi. Hujjatlarda tadbirkorlik kontseptsiyasi aniq belgilanib, xodimlarni oʻqitish boʻyicha batafsil yoʻriqnomalar, interyer dizayniga, xodimlarning kiyim-kechaklari qoʻyiladigan talablar koʻrsatilgan boʻladi. Reklama siyosati, ish yuritish va tovar yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar tartibga solinadi.

    • Tadbirkorlik bilan bog’liq franchayzing - bu franchayzingning eng mashhur turidir. Taniqli firma (franchayzor) boshqa firmaga (franchizga) haq va qo’shimcha ustamlar evaziga o’z brendi va biznes modelidan foydalanishga ruxsat beradi. Franchayzi ushbu faoliyatni mas’ul kompaniyaning yo’l-yo’riq va qoidalari asosida yurutishi lozim, biroq buning evaziga do’kon joylashuvi, uning dizayni va landshafti; mahsulot va marketing tadqiqoti; xodimlarni ishga yollash va malakalarini oshirish hamda qo’shimcha zaruriy ehtiyojlar tug’ilganda ko’mak olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

    • Mahsulot franchayzingi - fastfud va avtosanoat sohasida keng tarqalgan bo’lib, bunday franchayzing turi asosan ta’minotchi/olibsotar· munosabatlaridan tashkil topgan. Bu jarayon, asosan, franchayzi franchayzorning tovarlarini sotishi bilan kechadi. Franchayzorning doimiy ko’magi o’sha hududdagi marketing va reklama sherikchiligi, markalari va mahsulot belgisi ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin.

    Har bir franshiza haqida koʻplab maʼlumotlarni: tarmoqda qoldirilgan fikrlardan tortib va ishlab turgan franchayzilarning manzillarigacha topish mumkin. Kompaniya vakillari bilan ham, ularning mijozlari bilan ham muloqot qilishning keng imkoniyati mavjud. Kompaniyani baholashda xaridlarning takroriyligi muhim mezon boʻlib xizmat qilishi mumkin. Mavjud franchayzi hamkor ikkinchi, uchinchi va keyingi franshizalarni sotib olsa, bu franchayzingning maksimal sifati va rentabelligi belgisidir. Franchayzer franchayzini qanchalik qoʻllab-quvvatlashini baholash muhimdir. Buning eng oson yoʻli mavjud franchayzi bilan aloqa qilishdir. Franshiza sotib olishdan oldin oddiy huquqiy tahlil oʻtkazish mumkin. Buning uchun shartnoma boʻyicha ochiq maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda bitimning maʼlum jihatlari tekshirish kifoya: yuridik shaxs, uning arbitrajlik ishlar boʻyicha sud tarixi, ijro protsessining mavjudligi va boshqalar. Bankrotlik holatida turgan kompaniya tomonidan franchayzing sotilgan holatlar mavjud. Shuningdek, savdo belgilarining ochiq reestriga koʻra qachon va kim tomonidan roʻyxatga olinganligi, bu franchayzing savdosi boshlanishidan oldin sodir boʻlgan-boʻlmaganligini va roʻyxatdan oʻtgan litsenziya shartnomalari hajmini baholash uchun tovar belgisini tekshirib koʻrish mumkin.Franchayzing faoliyatida “franchayzor” deb ataluvchi taniqli firma “franchayzi” deb ataluvchi mustaqil faoliyat egalariga firma nomi, tovar belgisi va biznes modelidan foydalanish huquqlarini sotadi. Bu ba’zida bir martalik franchayzing to’lovi va yana savdo kirimlari hamda boshqa haqlarning ustama foizlari evaziga tashkil etiladi. Boshqa firmalarga tovar sotish va xizmatlar ko’rsatish uchun litsenziya berish kompaniyalarning asosiy inventarizatsiya tavakkalchiligisiz tezlik bilan kengayishlariga imkon beradi. Jismoniy shaxslar uchun, franchayzing tadbirkorlik faoliyatini noldan tashkil etmay turib ham o’z tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun ajoyib imkoniyatni taklif etadi. Bunda nafaqat biznes reja, mahsulot yoki xizmat ko’rsatishning sinovdan o’tgan kafolatiga, balki o’z tadbirkorlik maqsadlarini amalga oshirishga yordam beruvchi tajribali insonlarning ko’magiga ham ega bo’lish mumkin. Shu sababli franchayzing start-up bizneslardan ko’ra ancha muvaffaqiyatliroqdir.



    Franchayzing imkoniyatlari turli xil iqtisodiyot sohasida mavjud. Franchayzingga fastfud tamaddixonalari, qahvaxonalar, avtomobil oldi-sottisi, uy tozlash xizmatlari va ko’chmas mulk agentliklarini misol sifatida keltirish mumkin.
    Tovar belgisi - brenddan foydalanish shartlari shartnomalarning alohida bandi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu shartlar juda erkin bo'lishi ham mumkin masalan, franchayzi ma'lum bir sohada brenddan foydalanish huquqiga ega yoki qat'iy ham bo'ladi. Filip Kotler franchayzingning quyidagi elementlarini alohida ta'kidlaydi - “Franchayzer- o'z savdo belgisidan foydalanganlik uchun put ajratmasi oladi, ko'pincha, xom ashyo, butlovchi qismlar yetkazib berish va xodimlarni o'qitishni ham ta'minlaydi”. Franchayzing faoliyatiga qo’l urishning juda ko’p foydali jihatlari mavjud, biroq ulardan eng asosiysi mustaqil firmaga asos solinganda muvaffaqiyatsizlikka uchrash xavfi bunda ancha pastroq bo’ladi. Franchayzing yordamida sinalgan g’oya ustida ishlash bilan birga kichik tijorat egasi erkinligini ham qo’lga kiritiladi. Anchagina obro’ga ega mas’ul firmaning ko’magi va qo’llab-quvvatlashiga, sinovdan o’tgan boshqaruv va ish amaliyotiga ega bo’lish va u olib borgan har qanday reklama va marketingdan foyda ko‘rish mumkin. Aksariyat holatlarda franchayzerlar hamkoriga aylanish mumkin. Franchayzing kelishuvlari ma’lum muddatga tuziladi va franchayzorlar chorak so’nggida kelishuvni yangilashlari shart emas hamda o’z bizneslarini sotish xususida ham ba’zi cheklovlar bo’lishi mumkin.

    O’zbekistonda mavjud eng mashhur franshizalar:



    Korzinka- O‘zbekistonda faoliyati xalq istemollari savdosiga asoslangan supermarketlar tarmog‘i. Korzinka.uz supermarketlar tarmogʻi Anglesey Food kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.Anglesey Food kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi chakana savdoning supermarket shaklida faoliyat yuritishni boshlagan ilk tarmoqlardan biri sanaladi.

    MacDonald’s — Amerika korporatsiyasi boʻlib, bugungi kunda jahondagi eng yirik fastfood restoranlar tarmogʻi hisoblanadi. 1940-yili Richard va Maurice McDonald tomonidan AQShning Kaliforniya shtati San Bernardino shahrida asos solingan.

    KFC(Kentucky Fried Chicken) — Kentukki shtatining Luisvil shahrida joylashgan. Bu McDonaldsdan keyin dunyodagi ikkinchi yirik restoranlar tarmogʻi (sotish boʻyicha) boʻlib, 2019-yil dekabr holatiga koʻra 150 ta mamlakatda 22 621 ta joyi mavjud.


      1. Download 392,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 392,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. FRANCHAYZING FAOLIYATINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

    Download 392,46 Kb.