Prerekvizitlar. Ixtisoslikka kirish, hozirgi o’zbek adabiy tili.
Postrekvizitlar talabalarda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash bo’yicha ma’lumot berishdir.
2. Fan modullari
Fan soatlarining mashg’ulot turlari bo’yicha taqsimoti
№
|
Modullar
|
Mashg’ulot turlari bo’yicha soatlar
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
Seminar
|
O’RTMI
|
TMI
|
Nazorat
|
1.
|
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili”ning xususiyatlari va uning tarixiy taraqqiyot jarayonlari
|
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
|
2.
|
Til, lison va nutq munosabati. Til sathlari va birliklari. Lisoniy paradigma, lisoniy ziddiyat va uning turlari
|
|
4
|
2
|
4
|
4
|
2
|
|
|
O’zbek tili fonetika sathi va fonologiyasi. Fonetik birliklar. Fonetikaning aspektlari.
|
|
2
|
4
|
2
|
4
|
2
|
|
3
|
Fonemalar paradigmasi va fonologik ziddiyatlar
|
|
2
|
4
|
2
|
2
|
2
|
|
4
|
O’zbek tilida fonetik hodisalar. O’zbek tilida bo’g’in va urg’u.
|
|
4
|
2
|
4
|
2
|
2
|
|
5
|
Hozirgi o‘zbek tilining leksik sathi va leksikologiya. Leksema. Leksema va so‘z munosabati
|
|
2
|
4
|
2
|
2
|
2
|
|
|
Leksemaning ifoda va mazmun tomoni. Polisemantiklik va ko‘p ma’nolilik
|
|
4
|
2
|
4
|
2
|
2
|
|
|
O’zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti. Leksemlarning ishlatilish doirasi
|
|
4
|
2
|
4
|
2
|
4
|
|
|
O’zbek tili frazeologiyasi. O‘zbek leksikografiyasi.
|
|
2
|
4
|
2
|
2
|
2
|
|
|
Jami:
|
|
26
|
26
|
26
|
22
|
20
|
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-MODUL. Fonetik-fonologik sath. Leksik-semantik sath
1-mavzu. Hozirgi o‘zbek tilida lison, nutq, me’yor munosabati
Hozirgi o‘zbek tilida lison, nutq, me’yor munosabati. Lison tilning immanent imkoniyati sifatida. Nutq til imkoniyatlarining lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida voqelangan holati ekanligi. Lisonning umumiylik, mohiyat, imkoniyat, voqelik (UMIS), nutqning alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat (AHVO) tabiatiga egaligi. Lisoniy va nutqiy birliklar. Me’yor lison va nutqni bog‘lovchi hodisa sifatida.
Hozirgi o‘zbek tilida lisoniy munosabatlarning turlari: paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, ularning xususiyatlari. Paradigmatik munosabatlarda lisoniy ziddiyatlar. O‘zbek tili tizimida lisoniy ziddiyatning turlari: noto‘liq (privativ) ziddiyat, teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat, darajali (gradual) ziddiyat, ularning xususiyatlari.
Hozirgi o‘zbek tili hodisalarini tasniflash asoslari. Tasnif belgisi. Tasnifning turlari.
2-mavzu. Hozirgi o‘zbek tilining fonetik sathi va fonologiyasi
O‘zbek tili fonetikasi va fonologiyasi tushunchalari. Empirik soha sifatidagi fonetika nazariy soha sifatidagi fonologiyaning asosi ekanligi. O‘zbek tili fonologiyasi va uning asosiy birligi. Fonema va tovush munosabati, unda lison va nutq munosabatining aks etishi. Fonemaning turlari. Unli fonemalar va ularning substansial xususiyatlari, unli fonemalarni tasniflash asoslari. Undosh fonemalar va ularning substansial xususiyatlari, undosh fonemalarni tasniflash asoslari. Fonemalararo lisoniy ziddiyatlarning voqelanishi.
O‘zbek tili fonemalari lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi. Nutqiy voqelanishda fonema lisoniy imkoniyatlarining nutqiy sharoit va vaziyatga moslashishi. Fonemalarning nutqiy voqelanishiga ta’sir qiluvchi lisoniy omillar: yondosh tovushlar, urg‘u, bo‘g‘in, ohang va b. Fonemalarning nutqiy voqelanishiga ta’sir qiluvchi nolisoniy omillar (nutqiy vaziyat va sharoit, so‘zlovchi shaxs va b.), ularning lisoniy omillar bilan uyg‘unlashuvi.
Fonetikaning turlari, ularning maqsad va vazifalari. Nutq tovushlari fonetik birliklar sifatida. Nutq tovushining turlari, xususiyatlari. O‘zbek nutq tovushlarining fizik-akustik aspekti. Nutq tovushining akustik belgilari. O‘zbek nutq tovushlarining anatomik-fiziologik aspekti.
3-mavzu. Hozirgi o‘zbek tilining leksik sathi va leksikologiya
Leksik sath, uning xususiyatlari va birligi. Leksema leksik sath birligi sifatida. Leksema va so‘z, ularning xususiyatlari. Leksema va so‘zda lison va nutq munosabatining aks etishi. Leksemaning tuzilishi, tubG’yasalganligi, ma’no ko‘lami, genezisi, qo‘llanishi va boshqa belgilariga ko‘ra turlari, munosabatlari. Semema va nutqiy ma’no, ularning turlari va xususiyatlari, uzual va okkazional ma’no. Sema va uning xususiyatlari, semaning turlari. Leksemaning nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi lisoniy (morfologik, sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat, sharoit, shaxsiy sifatlar) omillar hamkorligi. So‘zning ma’noviy taraqqiyoti. Leksema ma’nosining torayishi va kengayishi. Hosila ma’no vujudga kelish yo‘llari va usullari: metafora va vazifadoshlik; metonimiya va sinekdoxa.
4-mavzu. O‘zbek tilida leksik-semantik sistemalar
O‘zbek tilida leksik-semantik sistemalar. Leksema – shakl va ma’no unsuridan iborat sistema sifatida. Lug‘aviy qator. Lug‘aviy mikrosistema. Lug‘aviy-ma’noviy guruh. Lug‘aviy-mavzuviy guruh. Lug‘aviy-mavzuviy to‘da. Lug‘aviy-mazmuniy maydon.
|