• Ошибка ! Недопустимыйобъектгиперссылки .
  • LMS tizimlarining asosiy funkstiyalari




    Download 11,86 Mb.
    bet130/166
    Sana29.05.2024
    Hajmi11,86 Mb.
    #256483
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   166
    LMS tizimlarining asosiy funkstiyalari.LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini)tashkil etishningasosiy funkstiyalarini o’z ichiga oladi. Bunday funkstiyalarga o`quvchilarning(o’qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa roldagilarni) ruyixatga olishi, foydalanuvchilarni o`quv kurslardan chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta’lim olish muxitini yaratish, o`quvchi va o’qituvchilarning o’zaro individual yoki/va gurux bo’lib hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruxlar yaratish va ularni boshqarish, oralik, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopik turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to`quvri joylashtirish, bush krldirilgan joyni to`ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy so`rovlar tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o’qituvchilar(tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga kachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brao’zer va qaysi operastion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o’qituvchi(tyutor) (yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidanelektron o`quv resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosidayaratilgan elektron o`quv resurslariniyuklashi, o`quvchilarning boshqa o`quvchilar/o’qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferenstiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashki xabarlar almashish moduli orqali)mulokatini tashkillashtirish, o`quv jarayonida bo’ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iktisodiyva marketingga oid operastiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish mumkin.
    LMS tizimlarining taxlili8
    Quyida maosafaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo`yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz.
    Atutor-Ochiq kodli, web muhitida ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisobanadi.Tizimda mavjud o’qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud.Tizim bir nechta standartlarni qo`llab quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuksonga ega bo’lgan o`quvchi-talabalar tizim orqali o`quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan ko`zi ojiz talabalar maxsus veb ilovalar orqali tizimga boFlangan holda o`quv kontentdagi so’zlarni audio formatda o`tkazgan holda tinglashi mumkin.O`quv modulini yozish vaqtida Atutor dasturiy majmuasining barqarorversiyasi 2.1.1. Tizimning shaxsiy saytida 20 dan ortiq har xil modullar mavjud.Tizim qo`llab quvvatlaydigan standartlar soni ancha bo’lib bu boshqa LMS tizimlardan farki ham aynan shu xususiyatidadir. Tizimning rasmiy internetmanzili:http://atutor.ca/atutor/.
    Claroline - Erkin va ochiq kodli, masofaviy o`quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webra orientastiyalangan dasuriy majmuahisobanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetining pedagogika va mul’timedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License)asosida amalga oshiriladi ya’ni bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda
    PHP/MySQL/Apache larni o`rnatilishi talab qilinadi. Windows 98 va NT, Mandrake Linux8.1 muxitiga o`rnatilgan EasyPHP tizimda tizim testdan o`tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga (dastur interfeysi) tarjima qilingan[6]. Tizim 2000 dan ortiq talabalarni bir vaqtning o`zidakabo’l qilishi mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob beradi xususan, foydalanuvchilarni ruyixatdan o`tkazish, tizimda foydalanuvchilarning (fan o’qituvchisi, o`quvchi va mexmon) rollarini administrator tomonidan belgilashi, o`quv kurslarniyaratish, ularning tarkibini taxrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish, monitoring olib borish, nazorat natijalarini taxlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o`rtasida kommunikastiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar junatish modullaridan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi. Tizimda boshqa LMSlar singari quyidagi ko`rsatilgan o’qitish modullari mavjud: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking, Kalendar, Vikiva boshqa modullari mavjud.Boshqa LMS lar singariIMS va SCORM standartlarni qo`llab quvvatlaydi. Claroline dasturiy majmuasining imkoniyatlaridan demonstrastiya rejimida foydalanib ko`rish mumkin, buning uchunОшибка! Недопустимыйобъектгиперссылки.avolasiga murojat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o’qituvchisi, o`quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chikishi mumkin.
    O`quv modulini yozish vaqtida tizimning barqarorversiyasi Claroline 1.11.8. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.claroline.net Dokeos - Clarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua hisobanadi.
    Dokeos Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruxning bir necha a’zolarining ish maxsuli bo’lib, ular ta’lim muassasalari uchun yaratilgan Clarolinedan farkli ravishda davlat korxonalarining ishchi xodimlariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi.
    Dokeos dasturiy majmuasining rasmiy Web saytiga tashrif bo`yursangiz, u erda dasturning 2 ta versiyasini kuchirib olishni taklif qilinadi: Dokeos FREE

    • bepul va Dokeos PRO - bepul bo’lmagan, qo`shimcha modullari mavjud bo’lgan dastur paketi taklif etiladi. Lekin Dokeos FREE versiyasi bizning fikrimizga ko`ra, ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo’ladigan barcha o`quv modullari mavjud.

    Tizimning imkoniyatlarini va unda mavjud o`quv elementlarni quyida ko`rsatilgan aql haritasi orqali ko`rish mumkin. Rasmdan ko`rinib to`rganidek, tizimda mavjud o’qitish modullarini ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda LMS larining ko`pchiligi ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud Foya asosida o’zlarining ishchi muxitlarini shunday tarmoqlarga moslashtirmoqda. Shunga ko`ra, bu tizimda ham ijtimoiy tarmoF elementlari keng kiritilgan. Yukorida keltirilgan LMS tizimlari singariDokeos dasturiy majmuasi ham SCORM standartini qo`llab quvvatlaydi. Bu esa bu standartni qo`llab quvvatlaydigan boshqa LMS tizimlariga o`quv kurslarini eksport/import qilish imkoniyatini beradi. Dokeos dasturiy majmuasi o`quv modulini yozish vaqtidagi oxirgi barqarorversiyasiDokeos 2.2 RC2.
    Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.dokeos.com LAMSIMS Learning Designstandarti asosida 2003-yilda yaratilgan. JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali, 32 tilga dastur interfeysi tarjima qilingan va GPLv2asosida bepul foydalanish mumkin. LAMS dasturiy majmuasi boshqa LMS lardan farki shundaki, o’qituvchilarga o`quv jarayonini strukturalashda virtuval vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar o`quv jarayonida o`quv resurslarini (elektron o`quv resurslarni, chat, so`rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda bo’lishligini virtuvalko`rinishini ta’minlaydi. Bunda o’qituvchi "sinchkoncha" orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday kiyinchiliksiz joylarini o`zgartirishi mumkin bo’ladi.
    LAMS - elektron o`quv resursini virtuval ravishda o`quv kontentlarni o`zgartirish boshqarish va yaratishdagi imkoniyatlarining mavjudligi sababli, yangi revolyustion ilova hisobanadi. U o’qituvchiga o`quv kontentini yaratishda intuitiv tushunarli interfeys taqdim qiladi. Bu interfeys o’z ichiga har-xil individual vazifalar, guruxli o’qitishda frontal vazifalarni berishini o’z ichiga oladi. O`quv modulini yozish vaqtidagi tizimning barqaror versiyasi 2.4.
    Tizimning rasmiy internet manzili:http://lamsfoundation.org/
    Moodle - Web muxitida o’qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi vebga yo`laltirilgan dasturiy majmua hisobanadi.
    Moodle -inglizcha so’zlarning abbreviaturasi bo’lib Modular Object Oriented DynamicLearning Environment -modulli ob’ektga yo`laltirilgan dinamik o’qitish muxiti (MOYDUM). Tizimda mavjud o’qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking va ancha ko`p bo’lgan boshqa modullari mavjud.Boshqa LMS lar singariIMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llab quvvatlaydi.Taxlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo’lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisobanadi.
    Hozirgi vaqtda dunyoning ko`p davlatlarining o`quv muassasalarida masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.
    Moodle bo`yicha statistika(13.08.2016 gacha bo’lgan ma’lumotlar)

    Ruyixatdan o`tgan foydalanuvchilar soni

    86277

    Davlatlar

    237

    Kurslar

    7802594

    Foydalanuvchilar

    73052135

    O’qituvchilar

    1297013

    O`quvchilar kontingenti

    76154065

    Resurslar

    69440017



    Shuningdek, O’zbekistondagi ko`plab ta’lim muassaslarida aynan virtual ta’lim muxiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda.
    Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining virtual ta’lim muxiti - etuit.o’z, TATU fizika kafedrasi m.estudy.o’z (bu erda Moodle tizimiga qo`shimcha plagin yaratilgan bo’lib, bu plagin o`quv kontentlarni maxsus algortitmasosida o`quvchining boshlanFich va joriy bilim darajasidan kelib chiqqan holda o`quvchining shaxsiy o`quv traektoriyasini shakllantirib berish imkoniyatiga ega), O’zbekistan Milliy universitetining"Ochiq o`quv-axborot markazida", Xalq ta’lim vazirligi koshidagi "Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi"- http://moodle.uzedu.uz/, Toshkent Turin Politexnika universitetida - moodle.polito.uz va boshqa muassasalarda kengfoydalanib kelinmoqda.
    Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo`laltirilgan maxsus tizim bo’lib, internet tarmoFida foydalanishga mo`ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi ( MySQL yoki PostgreSQL), PHP prostessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Operstion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarkalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware). O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle 2.8.
    Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org
    eFront - dasturiy majmua Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware va boshqa RNRni qo`llab quvvatlovchi operastion tizimlarda ishlaydi. Ma’lumotlar bazasi sifatida MySQL va PostgreSQL lardan foydalanish mumkin. Boshqa LMS lar singariIMS va SCORM standartlarni qo`llab quvvatlaydi.Tizim 30dan ortiq tilga tarjima qilingan shu qatorida o’zbek tilidagi tarjimasi ham mavjud. Agarsaytga kirsangiz sizga eFront ning bir nechta versiyasidan foydalanish taklif etiladi, bo’lar Editions, Enterprise, Educational va Opensourcelar. (Bo’lar bir biridan nimasi bilan fark qilishini to`liq bilmokchi bo’lsangiz quyida ko`rsatilgan xavolaga murojjat etishingiz mumkin http://www.efrontlearning.net/functionality-matrix.) Bo’lardan faqat oxirgisini (Open-source) foydalanish bepul hisobanib qolganlaridan foydalanmokchi bo’lsangiz ma’lum qo`shimcha pul evaziga sotib olishingiz mumkin bo’ladi. LekineFront dasturiy majmuasining Opensource versiyasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishingiz uchun etarli hisobanadi. O`quv moduli yozilayotgan vaqtdagi barqarorversiyasi eFront (Open- source)v3.6.13.2.
    Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.efrontlearning.net/


    3-rasm. eFrontdastriy majmuasi.

    Chamilo- Ochiq kodli masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webra orientastiyalangan dasturiy majmua hisobanadi. Chamilo loyixasi 18 yanvar 2010 yildan boshlab rivojlanib kelmoqda. O`quv moduli yozilayotgan vaqtda Chamilo dasturiy majmuasining barqarorversiyasi 1.9.6. Boshqa LMS lar singariIMS (IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab quvvatlaydi. Tizim kross-platformali hisobanib, barcha operastion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 listenziyasi asosida ish yuritadi. Tizimning rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotga ko`ra Hozirda 250 000 dan ortiq talaba bu tizim orqali ta’lim olib kelishmoqda.INrB://satriB.sIatNo.ogd/^ex.rIr?1apaiade=giBB1apxavolasi orqali tizimning imkoniyatlarini real ravishda administrator, o’qituvchi(tyutor) va o`quvchi rollarida bo’lib, tanishib chikish mumkin. Masofaviy o`quv jarayonini bu tizim orqali hech qanday kiyinchiliksiz tashkillashtirish mumkin. Tizimdan davlat tashkilotlari o’zlarining ishchi xodimlarini attestastiyadan o`tkazishda ham foydalanishlari mumkin.Tizimning rasmiy internet manzili:INrB://sIatNo.oga
    ILIAS. Bu tizim ham erkin vaochiq kodli masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisobanadi. Dasturiy majmua 1998 yildan va Hozirgi vaqtgacha rivojlanib kelinmoqda. Boshqa tizimlarda mavjud bo’lgan o’qitish modullari bu tizimda ham bor: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Student tracking, Kalendar, Glossari, Viki va boshqa modullari mavjud. O`quv modulini yozish vaqtida I LIAS dasturiy majmua ining barqarorversiyasi 4.3.4. Tizim Apache, PHP, MySQL, XML larga asoslangan. SCORM standartiga to`liq javob beradi. Tizimning boshqa tizimlarga nisbatan avfzal tomonlaridan biri elektron nazorat turlarining yaxshi yo`lga kuyilganidadir. Quyidako`rsatilganelektronnazoratturlarinio`zichigaoladi: single choice,
    multiple choice,matching, fill-in-the-blanks, hot spots, flash, java applet vaboshk. O`quvchilarningolgannatijalarinitaxlilqilishvasertifikatlashimkoniyatiham mavjud. Tizimningrasmiyinternetmanzili:http://www.ilias.de
    Open Elms -erkin va ochiq kodli navbatdagi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beradi tizim bo’lib, GNU GPL listenziyasi asosida foydalanuvchilargafoydalanishlari uchun tarqatiladi. Tizimning o`zi erkin va ochiq kodli bo’lganli boyis ham, dasturiy majmuaniyaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi ( MySQL yoki PostgreSQL), PHP prostessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Operstion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarkalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware).
    Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.openelms.org/
    Sakai - dunyoning ko`pgina ta’lim muassalarida keng foydalanib kelinayotgan navbatdagi ochiq kodli GNU GPL listenziyasi asosida erkin tarqatiluvchi dasturiy majmua hisobanadi.Boshqa LMS tizimlaridan farki shundaki tizim to`liq Javatilida yozilgan. Shu sabali tizim kross-platformali hisobanadi. Sakai dastur majmuasining o`zining ma’lumotlar ombori mavjud bo’lib, agar foydalanuvchilar soni kam bo’lsatizimning ichki ma’lumotlar omboridan foydalanish mumkin, agar foydalanuvchilar soni ko`p bo’lsa, u HoldaMySQL yoki Oracle ma’lumotlar omborida ishlashi mumkin.O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqarorversiya Sakai 2.9.2.
    Sakai dastur majmuasida ta’lim jarayonini boshqarish imkoniyatini beruvchi quyidagi umumiy modullari mavjud:

    • Announcements (E’lonlar)- tizim foydalanuvchilariga tegishli e’lonlarni yetkazish uchun xizmat qiladi;

    • Drop Box (Fayllar almashinuvi)- talabalar/o’qituvchilar va o’qituvchilar/talabalaro`rtasida (shaxsiy) xujjatlar almashinuvchinita’minlashga xizmat qiladi;

    • Email Archive (Elektron pochta arxivi)-bu modul orqali tizimdagi foydalanuvchilarning pochta xabarlari tizimning arxiv pochtasida saklanadi;

    • Resources (Resurslar)- tizim ichidagi foydalanuvchilar o’zlarining o`quv resurslarini saklashlari va ularni jamoagae’lon qilish imkoniyati;

    • Chat Room - on line ravishda tizim ichidagi foydalanuvchilar o`rtasida alokani o`rnatish muxiti;

    • Forums (Forum)- biror bir mavzu bo`yicha diskustiya mavzularni ochish mumkin. On-line mulokatdagi chatdan farkli ravishda bu modul orqali off line ravishda muammoli vaziyatlarni taxlil qilish mumkin;

    • Message Center ( Xabarlar markazi)- tizim foydalanuvchilari o`rtasida ichki xabarlar almashish moduli;

    • News / RSS- RSS dinamik yangiliklarini o`zingizning kompyuteringizga eksport qilish imkoniyati;

    • Poll tool (So`rovlar o`tkazish) - tizim ichida har xil so`rovlar o`tkazish imkoniyati;

    • Presentation (Prezentastiya) - bir vaqtning ichida bir nechta foydalanuvchilar uchun fayllarni taqdimot qilish imkoniyatini beruvchi modul;

    • Profile / Roster - tizimda mavjud foydalanuvchilarning shaxsiy profillari bilan ishlash moduli;

    • Repository Search- tizim ichidagi ma’lumotlarni kidirish moduli. O’qituvchiuchunishchimodullari(TeasЫpd tools) quyidagilardaniborat:

    Assignments, Grade book, Module Editor, QTI Authoring, QTI Assessment, Section Management, Syllabus.
    T
    izim muxitida o`quvchi uchun ishchi modullari (Portfoliotools) quyidagilardan iborat: Forms, Evaluations, Glossary, Matrices, Layouts, Templates, Reports, Wizards, Search, Web Content, WebDAV, Wiki, Site Setup, MySakai, Widgets.

    Download 11,86 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   166




    Download 11,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    LMS tizimlarining asosiy funkstiyalari

    Download 11,86 Mb.