|
eStudy.uz masofali ta’lim tizimining vazifasi
|
bet | 131/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
eStudy.uz masofali ta’lim tizimining vazifasi: masofali o`quv kurslarini yaratishda ekspert tomonidan o`quv kurs traektoriyasini belgilashi, parametrlarni kiritishi va o`quvchilar bilimini baholashda adaptivlashgan testlar bazasini yaratishi shuningdek shakllantirishi mumkin. eStudy.o’z tizimi o`quvchining boshlanFich bilim darajasidan kelib chiqqan holda har bir o`quvchi uchunindividual o`quv traektoriyasini shakllantirish imkoniyatini beradi. Tizim orqali masofadan o’qitish jarayonini tashkillashtirish mumkin.
O`quv tizimining afzalligi:
tizimda foydalanuvchilarning har-xil rollarining mavjudligi (Administartor, o’qituvchi, talaba va mehmon);
foydalanuvchi uchun qulay interfeys;
o`quvchining boshlang`ich bilim darajasidan kelib chiqqan holda individual o`quv traektoriyasini shakllantirib berishi;
adaptiv testlarni yaratish imkoniyatining mavjudligi;
o`quvchining natijalarini ma’lumotlar bazasida saqlashi va taxlil,eksport qilish imkoniyati;
Tizim orqali ixtiyoriy fandan masofali ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyati;
Video konferenstiyalar tashkillashtirish imkoniyati;
Internet kommunikastiya elementlarining mavjudligi (Chat, forum, ichki ma’lumotlar almashish tizimi);
Quyida ko`rsatilgan formatlar bilan bilan ham ishlash imkoniyati:
Graphics (JPEG, GIF, PNG)
HTML
Video (AVI, MPEG)
Adobe FLASH
Adobe PDF
MS Office (DOC, PPS)
Texnik ta’minotga minimal talablar.
Tizimning hajmi: Tizimga kiritilgan o`quv kurslarning xajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi
O`quv tizimining normal ishlashi uchun kompyuterga qo`yiladigan talablar:
Doimiy xotirada kamida 1 GB bo`sh joyining mavjud bo’lishi;
Hozirda TATU (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) ning fizika kafedrasi tomonidan Estudy.o’z(beta versiyasi) tizimi yaratilgan bo’lib, bu
platformada fizikani masofali o’qitish yo`lga qo`yilgan. Tizim yuqorida ko`rsatilgan tizimlardan farq qiladi, aynan Hozir bu tizimda testlash jarayoni olib borilmoqda.
MOODLE TIZIMIDA O`QUV JARAYONINI TASHKILLASHTIRISH9
Moodle -yuqorida keltirilgan ta’rifni takrorlagan holda inglizcha so`zlarning
Abbreviaturasi bo’lib Modular Object Oriented Dynamic Learning Environment - modulli ob’ektga yo`naltirilgan dinamik o’qitish muhiti (MOYDUM). GNU GPL listenziyasi bo`yicha erkin foydalanish mumkin bo’lgan veb (vebga yo`laltirilgan) ilova hisobanadi. Moodle tizimi "ijtimoiy konstrukstionizm pedagogikasi" asos qilib olingan.
Tizim asosan o’qituvchi(lar) va talaba(lar) o`rtasida o`zaro (bilim olish) munosabatini tashkillashtirishga yo`naltirilgan. Moodle avtori -Martin Dougiamas. Kursning yakunlashi bilan Computer Science and Education yo`nalishi bo`yicha universitetni yakunlab doktorlik dissertastiyani tayyorlab yoqlagan (Ph.D). Doktorlik dissertastiyasining mavzusi: "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective” nomlangan.
Moodle PHP dasturlash tilida yozilgan, SQL-ma’lumotlar bazasi asosida ishlaydi (MySQL, PostgreSQL, Microsoft SQL Server va boshq.). Moodle SCO ob’ektlari bilan ishlay oladi va SCORM standartini qanoatlantiradi. Moodle arxitekturasi modulli ishlash prinstipida bo’lganligi sababli, uning imkoniyatlarini qo`shimcha plaginlar orqali kengaytirish mumkin.
Ta’lim(O`qish)ni boshqarish tizimi -o`quv faoliyatini boshqarish tizimining asosi (inglizcha Learning Managment System) bo’lib, umumiy kirish huquqini ta’minlaydigan o`quv online materiallarni shakllantirish, boshqarish va tarqatish uchun qo`llaniladi.
Kurs yaratuvchisi uchun virtuval o`quv muxitida ta’lim berish ketma- ketligi asosida materiallar osonlik bilan yaratiladi. Tizim tarkibiga turli ko`rinishdagi individual materiallar, kichik guruhlarda ishlash uchun loyihalar va barcha talabalar uchun mazmundor hamda kommunikativ komponentalarga asoslangan o`quv elementlari kiradi.
Bu bepul tarqatiladigan dasturiy majmua o`zining funksional imkoniyatlari, o`rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o’qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko`pgina talablarini qanoatlantiradi.
Moodle masofaviy o’qitish jarayonini to`la qo`llab-quvvatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi- o`quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o`zlashtirish nazorati alohida ta’kidlab o`tish maqsadga muvofiq.
Moodle da 15 turdagi interaktiv o`quv materiallari mavjud bo’lib, ularning soni oshib bormoqda. Kurs yaratuvchisi tizimning bunday imkoniyatidan foydalangan holda o’qitiladigan fanni talabalarga (bilim oluvchilarga) interaktiv ko`rinishda taqdim etish imkoniyatini yaratadi.
|
| |