|
Shartli - kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari -
|
bet | 133/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
Shartli - kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari - berilgan mavzu bo`yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs - avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan, ma’ro’za audioyozuvini yuklashda u mediapleyr sifatida tasvirlanadi.
Seminar - qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar - turli variantli testlar to`plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan, to`g`ri/noto`g`ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.
Forum - forumning 3 ko`rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o`z mavzusi, standart mo’zokara).
Chat - real vaqtdagi mo’zokara olib borish imkoniyatini beradi.
Moodle ning asosiy yutuqlari:
Keng tarkalgan: > 160 mamlakatda 72 xil tilde (o`zbek tilini ham qo`shgan holda)
37.000 versiyasi joriy qilingan
Yuqori hajmda (masshtabda): > Oksford universiteti (OUUK ), Kaliforniya universiteti (HSU California ) va Yangi Zelandiya ochiq Politexnik (Open Polytechnic NZ) markazlari tomonidan 100,000 dan ortiq foydalanuvchilar qayd etilgan. Bepul imkoniyat: GPL Code(kod) ta’lim maskanlariga listenziya uchun hech qanday haq to`lamasdan, o’zoq muddatli egalik qilish, hatto kelgusida yangilab turish imkonini beruvchi qurulmani o`rnatishga ruxsat beradi
Internetga asoslangan o`quv muhiti: tartiblashtirilgan o`quv mashqlari va o`quvmazmuni bilan ta’minlash
O`qishni Boshqaruv Tizimi(UBT): Kursning dizayni va o`tkazilishini qo`llabquvvatlash (tyutorlik, monitoring va sertifikastiya)
Boshqa LMSlar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llab quvvatlaydi. Taxlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo’lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisobanadi.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo`laltirilgan maxsus tizim bo’lib, internet (interanet) tarmog`ida foydalanishga mo`ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi ( MySQL yoki PostgreSQL), PHP prostessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Operstion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarkalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OSX, Novwll Netware). O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle 2.8.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org
Administrator interfeysi
Moodle tizimida ishlash uchun maxsus veb oyna(kaytnoma) orqali mijozlarning a’zo bo’lishlari kerak, shu maqsadda tizim har bir mijozni qayd etishi lozim bo’ladi. Tizim orqali o`quv kursiga kirish ikki xil usulda amalga oshiriladi:
Mijoz elektron pochta orqali o`zi qaydnomani to`ldirish yo`li bilan;
A dministrator orqali qaydnomani to`ldiri
5-rasm. Kursga kirish qadamli (bosqichli) ko`rsatma.
MOODLE O’qituvchilarini sayt orqali administrator anketa to`ldirib a’zolikka kiritadi. MOODLE studentlarini esa tashqi ma’lumotlar ombori orqali ro`yxatdan o`tadi. Ro`yxatdan o`tish vaqtida MOODLEning ma’lumotlar omborida olinganlar ma’lumotlarga ko`ra talabaning identifikastiyasi o`tkaziladi.
R o`yxatdan o`tish uchun belgilangan joylarda talabalar quyida ko`rsatilgan anketani to`ldirishlari talab qilinadi
6-rasm. Ro`yxatdan o`tish uchun anketa
R o`yxatdan o`tgan talaba o`quv jarayoniga qatnashishi uchun kurs administratori yoki kurs o’qituvchisi (tyutori) tastiqlashi kerak bo’ladi, bu tasdiqlash elektron pochta orqali amalga oshiriladi.Biz yaratgan MOODLE tizimiga administrator sifati kirish uchun administrator uchun berilgan parolni quyida keltirilgan oynaga kiritish kerak bo’ladi.
7-rasm. Administrator sifatida kirish oynasi.
T izim administratori "Sayt boshqaruvi" tizimida foydalanuvchilar, Kurslar, baholar, Joylashuv, Til, Modullar, Himoya, Tashqi ko`rinish, Oldingi sahifa, Server, Tarmoq va Hisobotlar bo’limlari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu panel tizimning asosiy paneli hisobanib, o`quv jarayoni qanday kechishidan tortib masofadan o’qitish tizimini pullik qilish imkoniyatigacha o`zgartirish imkoniyatiga ega.
8-rasm. Administratorning MOODLE tizimini boshqaruv tizimi
9-rasm. "Foydalanuvchilar" bilan ishlash paneli
10-rasm. "Kurslar", "Baholar" va "Joylashuv" bilan ishlash paneli
"Kurslar" paneli orqali yangi o`quv kurslarni qo`shish/ taxrirlash, yaratilgan kurslarga ro`yxatdan o`tishning traektoriyalari belgilash mumkin bo’ladi. Shuningdek "Kurslar" paneli orqali tizim administratori Kurs bo`yicha so`rovlarni o`tkazishi va yaratilgan kurslarni xavfsizlik maqsadida zaxiraga saqlab qo`yishi mumkin bo’ladi.
Tyutor (o`qituvchi)interfeysi
MOODLE tizimiga yangi kurslarni yaratish, talabalarga tegishli yordamlar va maslahatlar berish ma’suliyatini tyutor (kurs o’qituvchisi) bajaradi.
Kurs o`qituvchisi yaratilajak o`quv kursini qanday kommunikatsiya elementlari (chat, forum) mavjud bo’lishligini o`quv jarayoni qanday trayektoriya orqali amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish imkoniyatiga ega. Tyutor(o`qituvchi)ning kursni tahrirlash oynasi keltirilgan bo’llib, “Elektron pedagogika” fani misolida o’quv jarayoni tashkillashtirilgan.
|
| |