|
Sayt nomi
Ishlash vaqti
|
bet | 135/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
Sayt nomi
|
Ishlash vaqti
|
xususiyatlari
|
1
|
https://moodle.org/
|
Har 1 soatda content qayta tiklanib turadi
|
Moodle imkoniyatlari har xil rollarda kirib 1 soat davomida kurs yaratib, tanishib chiqish mumkin.
|
2
|
https://www.gnomio.com/
|
Chegaralanmagan
|
Moodle imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va kurs yaratish imkoniyatini beradi.
|
3
|
https://www.keytoschool.com/
|
30 kun tekinga domen va xosting beradi
|
Moodle imkoniyatlari bilan tanishib chiqish
|
4
|
https://www.moonami.com/
|
30 kun tekinga domen va xosting beradi
|
Moodle imkoniyatlari bilan tanishib chiqish
|
Sizning shaxsiy kompyuteringizda Moodle lokal ko`rinishda o`rnatilgan bo’lishi mumkin
Siz ishlayotgan OTM Moodle o`rnatilgan bo’lishi va sizga tizimga kirish uchun login va parol bilan ta’minlangan bo’lishingiz mumkin.
Internet muxitida ma’lum bir axborot tizimlari (servislar) orqali Moodle ni o`rnatilgan versiyasi bilan to`g`ridan to`g`ri ishlashingiz mumkin. Ayrim tizimlar bepul ishlash imkoniyatini beradi ayrimlari esa 30 kun davomida MOODLE imkoniyatlari bilan to`liq tanishish imkoniyatini yaratadi. Bu o`quv modulida moodle ishlash ko`nikmasini shakllantirish uchun va tizim orqali tinglovchilarning o`zlarining shaxsiy o`quv kurslarini yaratishlari va yaratilgan kursni taqdimot etishlari uchun yetarli bo’ladi deb hisoblaymiz.
Biz bu o`quv modulimizda 3- bandda keltirilgan yo`l orqali ishlashni o`rganamiz. Internet muxitida Moodle o`quv jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi axborot tizimlari bir nechatasi mavjud. Bu axborot tizimlari foydalanuvchiga Moodle barcha xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.
OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLAR10
Oxirgi ikki asrda o`rganiladigan bilimlar shunchalik darajada kengayib kettiki, oldingi olimlarni qomusshunos, qomusiy olim deb atashga majbur bo’lyapmiz. Nega? Hozir hech ham bir vaqtni o`zida falakunoslik, jo`g`rofiya, fizika, kimyo, tibbiyot, matematika, falsafa va xokazolarni o`rganib bo’lmas darajaga etdi.
Fundamental fanlar bilan birga gumanitar, insoniyat, jamiyat bilan bog`lik bilimlar ko`paydi. Barchasi faqat insoniyat rivoji, qulayligi, og`irini engil qilish uchun xizmat qilishiga qaratilmoqda.
XXI asrni bemalol texnologiyalar va u bilan bog`lik bilimlar asri deya olamiz. Bilimlarni o`rganish turlari, yo`llari, usullarini kengaytirib yuborgan asr.
AQSHning Stenford universiteti, Massachusest Texnologiya instituti (MTI) kabi bir necha nufo’zli oliy o`quv yurtlari bepul "onlayn" kurslarini taqdim etmoqda. Tajriba tariqasida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur darslar dunyoning barcha davlatlaridagi talabalar uchun ochiq. Qizig`i shundaki, ushbu kurslarda O`qish mutlaqo bepul va ularni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga diplom (sertifikat) ham beriladi (ayrim kurslar tekin sertifikat berishadi lekin ko`p kurslarda ma’lum bir tulovdan keyin sertifikat olish mumkin).
Internet orqali o`quv materiallarini bepul va erkin tarqatishga mo`ljallangan "Ochiq darsxona" (Open courseware) deya nomlanuvchi elektron tizim bundan o`n yilcha muqaddam MTI tomonidan tashkil etilgan edi. Shundan so`ng yo’zlab boshqa kollej va universitetlar ham o`quv materiallarini internetga barcha uchun bepul va ochiq qo`yish amaliyotini yo`lga kuydi. Bugunga kelib MTI va Stenford universiteti ushbu amaliyotni yangi boskichga kutarishga qaror qildi.
Ular endi nafaqat kursda o`tiladigan materiallarni, balki darsning o`zini ham bepul taqdim etishmoqda.
Stenfordda kompyuter bo`yicha ikki mutaxassis dastlab "Sun’iy intellekt faniga kirish" (Introduction to Artificial Intelligence) nomli bepul "onlayn" kurs tashkil etdi.
Dunyoning 190 dan ortiq mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba kursga yozildi. Ko`ngillilar yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida dunyoning 44 tiliga tarjima ham qilindi. Ishtirokchilarning 23 ming nafari kurs materiallarini to`liq tamomlab, imtixonlardan muvaffaqiyatli o`tdi hamda ushbu kursni bitirganlik to`g`risidagi guvoxnomaga ega bo’ldi.
2012-yil Stenford universiteti yana beshta bepul "onlayn" kursni tashkil etdi. Ularda o`qiyotgan talabalar soni yarim millionga yaqinlashgan.
Bu borada Massachusest Texnologiya instituti ham faollik ko`rsatmoqda. O`quv yurti tashabbusi bilan internet orqali bepul darslar beradigan "MITx" nomli yangi notijorat tashkiloti to’zildi. "MITx" qoshida ochilgan birinchi kurs - "Sxemalar va Elektronika" darsida qatnashish uchun yo’z mingdan ziyod talaba ro`yxatdan o`tdi. "MITx" internet sahifasida yozilishicha, ro`yxatga yozilganlarning kamida 20 ming nafari dars mashg`ulotlarida to`liq va faol ishtirok etmoqda.Prinston universiteti, Berklidagi Kaliforniya universiteti, Michigan An-Arbor hamda Pensilvaniya universitetlari ham hamkorlikda bepul "onlayn" kurslarini tashkil etmoqda. Ushbu kurslar "Coursera" deb nomlangan internetsaytida jamlangan. Courseradan kurslarni nomlari va yo`nalishi bo`yicha
yoki ularni taqdim etayotgan universitetlar bo`yicha qidirib topishingiz mumkin. Bepul darslarni taqdim etuvchi yana bir sayt "Udacity" bo’lib, u ham "Coursera" bilan birgalikda Stenford universiteti m utaxassislari tomonidan bunyod etilgan.
26-rasm. Ommaviy onlay ochiq kurslarda tashkillashtirilgan kurslarning ko`rinishlari
Dunyoning no`quvo’zli universitetlari taqdim etayotgan ushbu bepul "onlayn" kurslari:
Coursera.org - https://www.coursera.org/
EdX - https://www.edx.org/
Udemy - https://www.udemy.com/ LinguaLeo - http://lingualeo.ru/
busuu http://www.busuu.com/enc/
TED - http://www.ted.com
|
| |