|
Crocodile Physics dasturi
|
bet | 129/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
Crocodile Physics dasturi. Crocodile Physics dasturi fizikaning mexanika, elektr, optika va to`lqin xodisalari bo’limlariga oid virtual laboratoriya ishlarini yaratish va ko`zatish imkoniyatini beruvchi konstruktor xisoblanadi. Bu dasturdan maktab, akademik listey va kasb-hunar kollej o`quvchilari va oliy ta’lim muassasalarining talabalari foydalanishlari mumkin.
Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala yechishda virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo’ladi. Hozirgi kunda dasturdan 35 tadan ortiq rivojlangan davlat ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelinmoqda.
Dastur fizikaning ma’lum bir bo’limlariga oid jarayonlarni sekinlashtirish natijasida ko`zatish imkoniyatini yaratadi.
MASOFAVIY TA’LIM VA UNI TASHKIL ETISH ASOSLARI
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida o`zgarmay kelgan holatlarni o’zgrtirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo’ldi.
Endilikda esa ta’lim tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari urniga masofaviy ta’lim elementlari kirib keldi.
Zamonaviy axborot va kommunikastiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo`shimcha ravishda yangi o’qitish shakli - masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi.
Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloka va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. Internet texnologiyasini qo`llashga asoslangan masofaviy o’qitish jaxon axborot ta’lim tarmoFiga kirish imkonini beradi, integrastiya va o’zaro aloka tamoyiliga ega bo’lgan muxim bir turkum yangi funkstiyalarni bajaradi.
Masofaviy o’qitish barcha ta’lim olish istagi bo’lganlarga o’z malakasini o’zluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o’qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o`quv-uslubiy materiallarni o`zlashtiradi, nazoratdan utadi, o’qituvchining bevosita raxbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruxdagi boshqa «vertikal o`quv guruxi» talabalari bilan muloqotda bo’ladi.
Ma’lum sabablarga ko`ra, ta’lim muassasalarining kundo’zgi bo’limlarida taxsil olish imkoniyati bo’lmagan, masalan, soFligi takoza etmaydigan,
mutaxassieligini o`zgartirish niyati bo’lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo’lgan kishilar uchun masofaviy o’qitish qulay o’qitish shakli hisobanadi.
Masofaviy o’qitishda turli xil axborot va kommunikastiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala moxiyatiga boFlik. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o’qitish vositalari (o`quv qo`llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferenstiyalar ma’lum vaqt orasida o’zaro muloqotda bo’lishga, elektron pochta to`quvri va teskari aloka o`rnatishga, ya’ni xabarlarni junatish va kabo’l qilishga mo`ljallangan. Oldindan tasmaga muxrlangan videoma’ro’zalar talabalarga ma’ro’zalarni tinglash va ko`rish imkonini bersa, faksimal aloka, xabarlar, topshiriqlarni tarmok orqali tezkor almashinish talabalarga o’zaro teskari aloka orqali o’qitish imkonini beradi.
Yukoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda kayta-kayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib utamiz.
Masofaviy o’qitish - eng yaxshi an’anaviy va innovastion metodlar, o’qitish vositalari va formalarini o’z ichiga olgan sirtki va kundo’zgi ta’lim singari axborot va telekommunikastiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy u^ish - bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikastiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim konun-koidalari asosida o`quv shart- sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o`quvchidan ko`prok mustaqil ravishda sho`quvullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda O`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga boFlik emas.
Masofaviy ta’lim - masofadan turib o`quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maxsus axborot muxit yordamida, aholining barcha katlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko`rsatuvchi ta’lim majmuaidir.
Masofaviy o’qitish tizimi - masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo’lib qoldi? - degan savol to`quvilishi tabiiy. Bu savolga javob tarikasida quyidagilarni sanab o`tish mumkin:
Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga boFlikmasligi va boshqalar).
Ta’lim maskanlariga talaba kabo’l qilish sonining cheklanganligi.
Ta’lim olishni xoxlovchilar sonining oshishi.
Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Halkaro integrastiyaning kuchayishi.
Yukorida sanab utilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o’qitishga extiyoj borligini ko`rsatadi.
Masofaviy o’qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farklanuvchi model va shakllari mavjud bo’lib, ular quyidagi qo`llanish shartlari bilan farklanadi:
geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan o’zoqlikda joylashuvi, iklimi);
mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi;
kommunikastiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;
ta’lim jarayonida axborot va kommunikastiya texnologiyalari vositalarining qo`llanish darajasi;
ta’limda qo`llaniladigan an’analari;
masofaviy o’qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning saloxiyati va boshqalar.
Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi:
Mamlakat mikyosidagi barcha xududlar va chet eldagi barcha o`quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xoxlovchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
Etakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni kayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potenstiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish.
Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo`shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo’lgan extiyojini kondirish va ta’lim muxitini kengaytirish.
O’zluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
Ta’lim sifatini saklagan holda yangi prinstipal ta’lim darajasini ta’minlash.
Yukoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Axborot kommunikastiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo`llash asosan ikki xil ko`rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jixozlar bo’lsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.
Texnik jixozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmok qurulmalari, yukori tezlikdagi internet tarmoklari,video konferenstiya jixozlari va haqazo.
Dasturiy ta’minotga: Mavjud qurulmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib shu soxa uchun mo`ljallangan dasturlar tuplami
Elektron ta’limi - axborot-kommunikastiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko`rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir.
Elearning o’z ichiga elektron o`quv kontenetlarni bilim oluvchiga yetkazish usulidan kelib chiqqan holda guruxlarga ajratish mumkin.
YUNESKO institutining 2000 yildagi taxliliy tadqiqot materiallarida ("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development") keltirilgan masofali o’qitish modellarini keltiramiz:
Birlamchi (Yagonalik) modeli. Ushbu model tashkiliy to`zilishiga ko`ra faqat masofali o’qitishda va «masofali» talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O’qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta’limning kundo’zgi shakli zarur bo’lmaydi. Barcha o’qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o’qitishda xududiy markazlar bo’lib, ularda talabalar o’qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtixon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygoxlarda o’qituvchilarga ham talabalarga ham o`quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o`quv jadvallariga kat’iy chegaralar kuyilmaydi. Bunday tamoyilda o’qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Bo`yuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.
Ikkilamchi (Ikkilangan) modeli. Bunday tizimda oliygox kundo’zgi talabalarni ham, kisman kundo’zgi va kisman masofali dastur asosida o’qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o’qitish dasturlari, imtixonlari va baholash mezonlari bir xil bo’ladi. Odatda ikqilangan modelni rivojlantirayotgan oliygox kundo’zgi talabalar soni masofali o`qiyotgan talabalar sonidan katta bo’lgan ana’naviy oliygoxlardir. Shuning uchun bir universitetning o`zida ikki shaklning birgaligida ko`prok o’zlarida katta o`quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan kundo’zgi ta’lim olayotgantalabalar yutadilar. Bunday oliygoxlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba’zan u kisman kundo’zgi talabalarni o’qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urFu tajribaga, pedagogika va uslubiy innovastiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o’qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England, Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
Aralash model. Ushbu model universitet talabalarini masofali o’qitishning turli shakllarini, aniqroFi shakllarning integrastiyasini nazarda tutadi. Masalan, kundo’zgi shaklda o`qiyotgan talabalar masofali o’qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o’qituvchisi o`qiyotgan kundo’zgi kurslari bilan parallel ravishda kisman o`qiydilar. Shuningdek, bu modelda an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma’ro’zalar ko`rinishidagi mashFulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo’lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikastiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yukori jixozlangan bo’lsa, shunchalik o’qitish shakllari turli-tuman bo’ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zelandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand - http://www.massev.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorstium. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o`quv materiallari bilan almashadilar yoki ba’zi vazifalarni bo’lishib oladilar. Masalan, bir universitet masofali o’qitish uchun o`quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o`quv guruxlarini o’qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofali o’qitish dasturlarini rasmiy akkreditastiyasini o`tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazlari, fakultetlari, hatto ta’lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo’lishlari mumkin. Konsorstiumlar faqat kattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material xo`qiklarini rioya etish shartlaridagina samarali bo’ladi. Kanadadagi Ochiq o`quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca) konsorstiumga misol bo’lishi mumkin.
Franchayzing. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o’qitish modelida hamkor universitetlar bir - birlariga o’zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta’lim xizmati bozorida o`zini ko`rsatgan qandaydir universitet o`zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o’qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o’qitish uchun o`quv ashyolarini mustaqil ishlab chikish tajribasiga ega bo’lmagan boshqa oliygox - hamkorlariga o’qitish xo`qikini berishi mumkin. Bunday modelning kizik tomoni shundaki, talabalar o’zlarining universitetida O`qishga yozilib, konsorstiumga kirgan ilFor oliygox talabasi kabi usha xajmda va usha sifatda ta’lim xizmatlariga, O`qishni bitirganlaridan keyin hatto diplomlariga ega bo’ladilar. Bunda ilFor
universitetning barcha atributikalari o’z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Bo`yuk Britaniyaning Ochiq universiteti koshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharkiy Evropadagi universitetlari bilan alokasini olish mumkin.
Validastiya. Masofali o’qitishning juda keng tarkalgan modeli bo’lib, bunda ta’lim muassasalari masofali o’qitish bo`yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validastiyasi, kurs va dasturlarni akreditastiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga mas’ul bo’ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygox (davlat akkreditastiyasiga ega bo’lgan taniqli oliygox) va uning xududlardagi ko`p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. Qandaydir oliygoxda o`tkazilayotgan o`quv kurslar, ma’ro’zalar yoki seminarlar talabalar yiFiladigan o’zoqlashtirilgan o`quv auditoriyalarga sinxron teleko`rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko`rinishida telekommunikastiya kanallaridan o’zatiladi. Bunda bir o’qituvchi bir vaqtni o`zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo`yicha AK,Sh ning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali o’qitish tashkil etilgan.
Loyihalar. Davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng kamrovlik loyixani amalga oshirish uchun mo`ljallangan masofali o’qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o`quv materiallarini ishlab chikuvchi asosiy mutaxassis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o’qituvchilar va olimlar yiFiladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga o’zatiladi. Bunday o’qitish vaqtinchali hisobanib, loyixada mo`ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan sung tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli halkaro tashkilotlar o`tkazgan kishlok xujaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, eqologiya bo`yicha va sh.k. masofali o’qitish kurslari olish mumkin.
MASOFAVIY TA’LIM JARAYONINI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI
Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko`pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
Mualliflik dasturiy maxsulotlari (Authoring tools);
Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems);
Ichkikontentniboshqaruvtizimlari CMS (Content Management Systems).
Hammamizga ma’lumki, har bir universitet yoki ta’lim muassasi o’z ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqqan holda, o`zining virtual axborot ta’lim muxitini yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, virtual axborot ta’lim muxitini yaratishning xojati qolmagan, chunki Web muxitiga moslashgan har xil turdagi dasturiy majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim soxasida ishlab kelayotgan xodimlarning hamkorlikda ishlashlari shuningdek, ta’limga yo`laltirilgan fondlar tomonidan qo`llab quvvatlanishi natijasida, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan.
Bu o`quv modulimizda masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli dasturlar majmuasinin gtaxlili keltiriladi. O`quv modulida keltirilgan dasturiy majumalar taxlili ko`p yillar davomida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yozilgan.
U^uv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishga ^uyiladigan texnik va dasturiy talablar
MT jarayonini amalga oshirishda quyida ko`rsatilgan boskichlar asosida amalga oshirish mumkin:
boskich: Taxlil
boskich: Loyihalashtirish
boskich: Joriy qilish
boskich: O`quv kontentlarini yaratish
boskich: Ishga tushirish
boskich: Rivojlantirish
boskichda o`quv muassasining masofaviy ta’lim jarayoniga bo’lgan extiyojlari, ta’lim jarayonida qatnashayotgan foydalanuvchilarning soni, o’qitish usullari va shakllari, loyixani amalga oshirishdakerak bo’ladigan texnik, dasturiy va inson resurslari,loyixani iktisodiy asoslari taxlil qilinadi.
boskichda taxlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar kulami va texnik topshiriqloyihalashtiriladi.
boskichda esa tanlangan masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuaa tegishli serverda o`rnatiladi, tizimga tegishli domen tanlanadi. Masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuasidan foydalanish va unga texnik qo`llab quvvatloshchi ishchi xodimlarni urgatish bo`yicha o`quv mashFulotlar tashkillashtiriladi.
boskichda masofaviy ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan biri bo’lmish o`quv kontentlar o`quv bo’limi va soxa mutaxasislari bilan hamkorlikda yaratiladi. Yaratilgan o`quv kontentlar eskpertlar tomonidan tekshiriladi.
boskichda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi. Ta’lim jarayonida o`quv jarayoni doiymi nazoratda bo’lib turadi. Tizimdagi xavfsizlik choralari monitoring qilib boriladi.
boskichda yukorida keltirilgan boskichlarda mavjud bo’lgan kamchiliklar to`quvrilanadi, yangi o`quv kurslar yaratiladi, texnik imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo’lgan ishlar kulami bajariladi.
I.Web-xosting xizmatini tanlash.
Web-xosting xizmatini tanlashlash biz UZINFOCOM Markazining texnologik maydonchasidan foydalanishni tavsiya etamiz [14].
UZINFOCOM Markazining texnologik maydonchasi milliy foydalanuvchilar va birinchi navbatda, davlat boshqaruvi va xokimiyati organlari, hamda ta’lim va notijorat muassasalariga zamonaviy darajadagi sifatli xosting xizmatini ko`rsatish maqsadida 2006 yilda tashkil etilgan.
Xizmatlar axborot xavfsizligini ta’minlashning barcha halkaro standartlariga to`liq mos ravishda ko`rsatiladi, shu bilan birga, axborot resurslari egalariga o’z resurslarini saklash va ma’lumotlar bilan ishlashda maksimal qulaylikni ta’minlaydi.
Ushbu texnologik maydoncha shu kabi komplekslarga kuyiladigan barcha talablarga javob beradi. Xususan, ma’lumotlarni saklash va ularning yaxlitligini ta’minlash, ma’lumotlar saklashni zaxiralash, 24 soat davomida doimiy texnik xizmat ko`rsatish.
Foydalanuvchilarning texnologik maydonchada joylashtirilgan resurslari uning infrato`zilmasidan foydalanadilar. Yagona tekshirilgan dasturiy ta’minotdan foydalanish esa mijozlarga dasturlarni yaratish zaruriyatidan ozod etib, ularni axborot resurslarini joylashtirish va faoliyat yuritishi bilan bo^ik muammolardan holi etadi. Bunday kompleks echim mijozlar uchun mavjud bo’lgan turli dasturiy modullardan foydalanish orqali o’z kuch va resurslarini axborot xizmatlarini shakllantirish va jadallashtirishga yordam beradi.
Bundan tashkari, UZINFOCOM Markazi tarkibidagi kompyuter xodisalariga chora ko`rish xizmati O’ZCERT, texnologik maydonchada joylashgan resurslarni etarli darajada xavfsizligini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda texnologik maydonchada Agentlik saytiUZ-CERT serverlari; ZiyoNET tarmoFi moslamalari,Ошибка! Недопустимыйобъектгиперссылки.ortali; Milliy kidiruv tizimiОшибка! Недопустимыйобъектгиперссылки.erverlari; UZ domen zonasining yuqori bo`g’in o’zak serverlari joylashgan. Shu bilan birga texnologik maydonchada 80 tadan ortiq tashkilotlarning saytlari, shu qatorda davlat organlarining saytlari, ijtimoiy yo`laltirilgan loyihalarning saytlari va ularning mikdori doimiy ravishda usmoqda. Texnik maydoncha uskunalarining umumiy quvvati Hozirgi kunda 11 ta server, jami chastotasi 42 GGst bo’lgan 14 ta prostessor, 26 Gbayt operativ xotira moslamasi va 4 Tbayt bo’lgan disk makonidan iborat.
Veb-xosting xizmati tariflari7
UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish Markazi yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi tariflar bo`yicha veb-xosting xizmatini ko`rsatadi:
Domen olish
Asosiy tushunchalar.
Domen - nomli mezon bo`yicha ajratilgan va uni qo`llab-quvvatlash uchun javob beradigan tashkilotga egalik qilish uchun taqdim etilgan Internet tarmoFining kismi;
«UZ» domeni - O’zbekiston Respublikasining mamlakat kodini ifodalovchi, maxsus vaqolatli tashkilot tomonidan boshqariladigan va muvofiklashtiriladigan hamda O’zbekiston Respublikasining yurisdikstiyasi ostidagi yukori daraja domeni, shu jumladan, keyingi darajalarning domen nomlari;
Domen nomi - nomlarning domen tizimiga muvofik kompyuter tarmog’i uzeliga biriktirilgan noyob belgili nom.
|
| |