32
Component Properties ost menyusini ochish mumkin. Hosil bo’ladigan dialog
panelda kerakli parametr o’rnatiladi. Rezistorlar, kondensatorlar va induktivlik
g`altaklari uchun paneldagi Zalue bo’limidan foydalaniladi. Murakkab va aktiv
elementlarning, qumladan, diodlar, tranzistorlar va uzun liniyalarning parametrlari
Models bulimidagi Default va Ideal bo’limlarini yoki bibliotekadan elementning
tipini tanlash yo’li bilan o’rnatiladi. Buning uchun Edit knopkasidan foydalaniladi.
Elementni sxemadan yo’qotish uchun uning ustida sichqonchaning o’ng ugmasi
bosiladi va xosil bo’lgan menyudan Delete punkta tanlanadi. Sxema kurinishining
kushimcha parametrlarini o’rnatish uchun Circuit menyusining Schematic Option
punkta tanlanadi (11-rasm). Ushbu punktdan ko’pchilik xollarda tugunlarning
tartib rakamlarini ko’rsatish uchun foydalaniladi. Buning uchun SHow/Hide
bulimidagi SHow nodes punkta belgilanadi.
Electronics Workbench dasturida katta sxemaning bir qismini sxemaga
aylantirish mumkin. Buning uchun sxemaning bir kismi sichqonchaning chap
tugmasi bosilgan xolatda surilib ajratiladi va Circuit menyusining Create
Subcircuit punkta tanlanadi. Favorites oynasida o’rnatilgan ost sxemaning tasviri
xosil bo’ladi. Ost sxemalardan foydalanish murakkab qurilmaning kompakt
sxemasini olish imkoniyatini beradi.