34
Yuqorida ko’rsatilgan tahlillarni Analysis menyusining mos komandarini
tashlash yo’li bilan ham bajarish mumkin. EWB dasturida sukut bo’yicha sonli
integrallash uchun juda katta qadam o’rnatilgan. O’tish jarayonlari tahlili
aniqligini orttirish uchun Analysis\Analysis Option\Transient tanlanadi va EWB
dasturining quyidagi parametrlari o’rnatiladi: ITX4 - 100...1000 va TRTOL = 1 ...
0,1. EWB dasturi yordamida yuqorida keltirilgan uch xil tahlildan tashqari
quyidagilarni ham bajarish mumkin:
• spektral tahlil (Fourier), ichki shovqinlar spektrining tahlili (Noise),
nochiziqli buzilishlarni hisoblash (Distortion);
• sxema elementi parametrlari variatsiyasi ta`sirini tahlili (Parameter
sweep);
• qurilma xarakteristikalariga harorat o’zgarishi ta`sirining tahlili
(Temperature sweep);
• modellanayotgan zanjir xarakteristikalarining nollari va qutblarini
hisoblash(Pole-Zero);
• o’tkazish xarakteristikasini hisoblash (Transfer Function);
• komponentlar parametrlari o’zgarganda sxemaning sezgirligini va
xarakteristikalarining o’zgarishini hisoblash (Sensitivity, Worst Case i Monte
Carlo).