37
jixatdan
o’qituvchi - mashg`ulot raxbariga bog`liq. ―Aqliy xujum‖
ishtirokchilarining miqdori 15 kishidan ortmasligi kerak. Mashg`ulotning
davomiyligi bir soatgacha bo’lishi mumkin.
Yalpi aqliy hujum- U katta guruhlarda (10-20) yangi g`oyalar ishlab chiqish
samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta`minlaydi.
Barcha ishtirokchilar
kichik-kichik 5-6 kishidan iborat guruxlarga bo’linadi va har bir kichik guruh hal
qilinadigan ijodiy vazifa va muammo, masalan, elektr mashinalarning
kommutatsiya jarayonini yaxshilash bo’yicha 15 daqiqa davomida mustaqil
ravishda o’zaro ―Aqliy hujum‖i o’tkazadi. Shundan so’ng, har bir kichik guruh
vakili o’z guruxlarida kommutatsiya jarayoni bilan bog`lik g`oya
xaqida axborot
beradi va o’qituvchi raxbarligida jamoa bo’lib, unga baho beradilar va ularning eng
yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi.
Aqliy shiddatli hujum - destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu uslubda
yo’lga qo’yilagn dialogning moxiyati shundaki, jamoa bo’lib g`oyalar ishlab
chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid
qoidalar qo’yiladi. Mashg`ulot bosqichma-bosqich quyidagi tarzda o’tkaziladi:
1- bosqich: Miqdor va psixologik muloqot jihatidan
maqbul kichik guruhlarni
shakllantirish.
2-bosqich: Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalash.
3-bosqich: To’g`ridan to’g`ri Aqliy xujum qoidasiga asosan har bir guruxda
g`oyalar ishlab chiqish.
4-bosqich: G`oyalarni tartibga solish va tasniflash.
5-bosqich: G`oyalarni destruktivlash, yani amalga oshishi imkoniyatlariga
qarab baxolash.
6-bosqich: Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqidiy muloxazalarga baho
berish.
Kategoriyali sharh- Bu metod ―Aqliy xujum‖ jarayonida
talabalar tomonidan
―Elektrotexnika‖ fani bo’yicha ilgari surilgan g`oya va fikrlarni jamlashga,
tartibga solishga yordam beradi va chuqur tushinish uchun asos yaratadi. U bilim,
38
o’quv va ko’nikmalarni xamda aqliy xarakatlar usullarini rivojlantiradi. Bu
metodni qo’llash bosqichlari quyidagicha:
1-qadam: Guruhda ―Aqliy hujum‖ o’tkazib, barcha g`oyalarni yozib olish
kerak.
2-qadam: Umumiyroq kategoriyalar asosida olingan axborotni ma`lum
belgilarga ko’ra umumlashtirish kerak.
3-qadam: Xar-bir kategoriyani yozib olib, ularning tagiga olingan axborot yoki
g`oyalar tegishlicha taqsimlab chiqiladi.
4-qadam: Taqsimlash jarayonida talabalar ba`zi kategoriyalarning nomlarini
o’zgartirishlari yoki yangilarini kiritishlari mumkin;
5-qadam: Har-bir gurux boshqa guruxlarning ishlamalari bilan tanishish
imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
O’qituvchi uchun ko’rsatmalar:
1. Talabalar «Elektrotexnika» fanidan utkazilayotgan
mavzuga boglik
tayyorlagan kategoriyalarni bir-biriga taqqoslab, baholash maksadga muvofik
bulmaydi, bu ishni ular o’zlari qilishsin;
2. Oldindan tayyorlangan kategoriyalar talabalarga avvaldan tavsiya etilmaydi.
3. Kategorial sharhning oxirgi natijasi emas, balki jarayonning o’zi muhimdir.
4. Bu usulni da`vat yoki mulohaza bosqichida qo’llash mumkin.