42
texnologiyasi bu texnologiya murakkab, ko’p tarmoqli, mumkin qadar, muammo
xarakterdagi mavzularni o’rganishga qaratilgan bo’lib, u tanqidiy, tahliliy, aniq
mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g`oyalari, fikrlarini
yozma va og`zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Masalan, muamma echimining ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va
kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. ―Elpig`ich‖ texnologiyasi mavzuni
o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin: boshida - o’z bilimlarini
erkin faollashtirish; mavzuni o’rganish jarayonida - uning asoslarini chuqur
fahmlash va anglab etish; yakunlash bosqichida - olingan bilimlarni tartibga solish.
Nazariy darsni quyidagi ketma-ketlikda o’tkazish tavsiya etiladi(qizitish va
qiziqtirish (motivatsiya)→ma`lumot berish→bilim berish→o’rganilgan bilimlarni
qayta ishlash bo’yicha topshiriqlar berish). YUkorida ko’rsatilgan usullardan
foydalanib «Elektrotexnika» fanidan ta`lim texnologiyalarini kullab ma`ruza
mashgulotini o’tkazish jarayonini ko’rib chikish mumkin.