39
mashg`ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi,
navbat
bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida chiqishi mumkin. Bumerang texnologiyasi
tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani,
g`oyalarni,
fikrlarni, dalillarni yozma va og`zaki shakllarda bayon qilish
ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Umumkasbiy fanlarni urganayotgan o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning
sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va
tasavvurlarni aniqlash imkonini Skarabey texnologiyasi beradi. Bu texnologiya
ayni paytda, turli g`oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog`liqliklarni
aniqlashga imkon yaratadi. Skarabey texnologiyasi ko’p tomonlama bo’lib, undan
o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishning boshida- o’quv
faoliyatini
rag`batlantirish sifatida; mavzuni o’rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi
va mazmunini belgilash, ular
orasidagi - asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar
xarakterini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jixatlarini
ko’rsatish; oxirida - olingan bilimlarni mustahkamlash
va yakunlash maqsadida
foydalaniladi. Skarabey texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi,
chunki u faoliyatning fikrlash, bilim xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab
chiqilgan. «Elektrotexnika» fanini urganishda o’qituvchilarning tajribasidan
foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv
kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy
izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning
ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni engillashtiruvchi chizma va shakllardan
foydalanishni ko’rsatish mumkin. Skarabey texnologiyasi alohida ishlarda,
guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin.
«Elektrotexnika»
fanidan munozarali, murakkab mazmunli mavzularni
o’rganishda, masalan, elektr sxemalarni tuzish qoidalarini urganishda ―Tarozi‖
texnologiyasi qo’l keladi. ―Tarozi‖ texnologiyasi o’quv materialini o’rganishning
turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin. Ammo bu texnologiya o’tilgan
materiallar, masalan «Elektr zanjirlarning asosiy kismlari» kabi mavzular bo’yicha
xulosa qilish bosqichida samara va yaxshi natijalarni beradi, chunki
o’qiyotganlarning yuqori darajada xabardorlik-larini va o’rganilgan materiallardan
40
erkin foydalanishini nazarda tutadi. Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar
orasida amaliyotga tatbiq etilishi mumkin. «Elektroenergetika» tanlov
yunalishining o’quv rejasidagi umumkasbiy fanlarining
murakkab, ko’p tarmoqli,
mumkin qadar, muammo xarakterdagi mavzularni, masalan, ―Uzgaruvchan tok
zanjir sxemalari‖ mavzusini o’rganishga ―Elpigich‖ texnologiyasi qaratilgan
bo’lib, u tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlan-tirishga
hamda talabalarning uzgaruvchan tok zanjirlarda tok utish jarayon-larni ta`minlash
bilan boglik o’z g`oyalari va fikrlarini yozma va og`zaki shaklda ixcham bayon
etish, himoya qilishlarigaga imkoniyat yaratadi. Masalan, uch fazali zanjirlarning
sxematik tuzilishini ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va
zararlari belgilanadi. ―Elpig`ich‖ texnologiyasi mavzuni o’rganishning
turli
bosqichlarida qo’llanilishi mumkin: boshida - o’z bilimlarini erkin faollashtirish;
mavzuni o’rganish jarayonida - uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab etish;
yakunlash bosqichida - olingan bilimlarni tartibga olish.