5
KIRISH.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi:
O’zbekistondagi ijtimoiy
uzgarishlar jarayoni, yoshlarni mustakil faoliyat ko’rsatishlarida
ijodkorlik va
samaradorlikni oshirishga imkon beruvchi zamonaviy yangi pedogogik
texnologiyalarini urganishini xozirgi bozor iktisodiyoti muno-sabatlari talablari
asosida tashkil etish zarur buladi. ―Kadrlar tayyorlash‖
Milliy Dasturining yuksak,
umumiy va kasb-xunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy
xayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g`ri ola bilish maxoratiga ega bo’lgan,
istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini
shakllantirishga yo’naltirilgan qoidalarni amalga oshirish maqsadida,
talabalarda
analitik fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishni ta`minlash zarur. Demokratik
jamiyatda, fuqarolarning muvozanatlashtirilgan tanqidiy fikrlashi,
ular tomonidan
xar tomonlama o’ylangan echimlarini qabul qilish qobiliyati uchun muxim omil
bo’ladi. Asoslangan tanqidiy fikrlash, raqobatbardosh bakalavr va magistrlarni eng
asosiy xarakteristikalaridan biri bo’lib qolishi kerak. Bunday kadrlar iqtisodiyotni
va xalqning farovonligini yanada ortirishni ta`minlaydi.
Talabalarda tanqidiy
fikrlarni rivojlantirish kasb-xunar ta`lim muassasalari o’qituvchilarining muxim
vazifalaridan biridir. Ushbu vazifani echishning asosiy usuli – xar bir fanning
o’quv materiallarida, ayniqsa o’quv va nazoratli yozma ishlarni, kurs loyixalari va
bitiruv ishlarini bajarishda talabalarni tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini
uzluksiz
ravish-da rivojlantirishdan iboratdir. Bu o’quv jarayonining takomillash-tirishni,
kasb-xunar kollejlarining ta`lim xizmati bozoridagi raqobat-bardoshligini
orttirishini va ulardagi kadrlar tayyorlash darajasining
rivojlangan mamlakatlar
qatoriga chiqishini talab qiladi YUkoridagilarni xisobga olgan xolda, xozirda
talabalarni aniq bir fan mavzusi bo’yicha dars mashg`ulotlarini interfaol usullarini
qo’llash orqali utkazish dolzarb masalalardan biridir.