28
tenglamalarini tuzish algoritmi juda sodda. Masalan, tugun tenglamalarini
tuzish jarayoni sxema tugunlari (korpusga ulangan tugundan tashqari) uchun
tenglamalar tuzish va har bir tugunga ulangan o’tkazuvchanliklarni
hisobga
olishdan iborat. Konturlarni ketma-ket ko’rib chiqish kontur tenglamalarni tuzish
imkonini beradi. Tenglama tuzish uchun zarur bo’lgan elementlarning
parametrlari ma`lumotlar bazasidan olinadi. Zanjir tenglamalarini echish sonli
usullardan foydalanib amalga oshiriladi. Hisoblashlarni kamaytirish uchun har xil
turdagi signallar uchun alohida echiladi. Ko’pchilik hollarda zanjirlar quyidagi
rejimlarda hisoblanadi:
• o’zgarmas tokda (DC rejimi);
• kichik garmonik tasirlarda (AC rejimi);
• o’tish rejimida (Transiet rejimi);
O’tish rejimida tok va kuchlanishlar murakkab tarzda o’zgarishi va
nochiziqli rejim yuzaga keladigan katta qiymatlarga erishishi mumkin.
Nochiziqli tenglamalarni echishda ma`lumotlar
bazasidan elementlarning
nochiziqli xarakteristikalari ham olinadi. Natijalarni chiqarish zamonaviy
kompyuterlarning modellash dasturlarida grafik (grafiklar, diagrammalar, rasmlar
va h.k.) va matn ko’rinishida amalga oshiriladi. Olingan natijalarni monitor
ekraniga, printerga chiqarish yoki faylga yozish mumkin.