6
kichik mutaxassislarni tayyorlashda o’qitiladigan ―Elektrotexnika‖
fanidan
mashg`ulotlarni axborot va pedagogik texnologiyalarniing usullarini qo’llash
orqali o’tkazish uslubiyotini yaratish, olingan natijalarni o’quv
jarayoniga tadbiq
etish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdir. Maqsadga ko’ra, ishda quyidagi
tadqiqot vazifalari echilgan: ―Elektr sxemalarning turlari va ularni
tuzish qoidalari‖ mavzusining maqsadi, vazifasi va uning o’quv jarayonida tutgan
o’rni, tarkibi, asosiy mazmuni va mavzu bo’yicha dars mashg`ulotlarini
ananaviy usulda
tashkil qilishni taxlil etish; berilayotgan bilimlarni tanqidiy
fikrlash asoslari va ularda qo’llaniladigan interfaol usullar
va ularni oliy texnik
ta`limda qo’llash xususiyatlarini o’rganish va umumlashtirish; interfaol usullardan
foydalangan xolda ―Elektr sxemalarning turlari va ularni tuzish qoidalari‖ mavzusi
bo’yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarni ilg`or pedagogik texnologiyalar
asosida o’tkazish uslubiyotini ishlab chiqish xamda ushbu uslubiyotni tatbiq etish
bo’yicha tavsiyalarni berish.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati:
BMIda olingan natijalar, fanning
ma`lum bir mavzusi bo’yicha mashg`ulotlarni interfaol usullarni qo’llash
orqali
ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazish uchun uslubiy ishlanmalar va bir
qator interfaol usullarning namunalarini xozirgi kunda KHKlarining o’qituvchilari
tomonidan mashg`ulotlarda foydalanishga tavsiya etiladi. SHuningdek ushbu
materiallarni ixtisoslik fanlarida xam qo’llanma sifatida ishlatilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-uslubiy yangiliklari:
Ishda birinchi marotaba
―Elektroenergetika‖ tanlov yo’nalishi bo’yicha o’qitiladigan
umumkasbiy
fanlarni xususiyatlarini xisobga olgan xolda, talabalarni
tanqidiy fikrlashga
o’rgatadigan interfaol usullarni qo’llash orqali ilg`or pedagogik texnologiyalar
asosida o’qitish uslubiyoti yaratilgan.