Хулосалар




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana12.10.2024
Hajmi1,26 Mb.
#274794
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
5ab886c9a37b6

 
 
 
II BOB. «ELEKTROTEXNIKA» FANINI O’QITISHDA TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH. 
 
§2.1. «Elektrotexnika» fanidan ta`lim texnologiyalarini qo’llash asoslari. 
Ta`lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va 
psixologiyada bu yo’nalishning o’ziga xosligi talabaning individualligiga alohida 


35 
e`tibor berish orqali namoyon bo’ladi. Umumkasbiy fanlari blokiga kiruvchi 
«Elektrotexnika» fanini o’zlashtirishda talabalarni tanqidiy fikrlashga 
o’rgatishning umumuslubiy darajasi universal asos bo’lib, u uch bosqichdan iborat:
1. Da`vat bosqichi – talabalar o’zlaridagi utilayotgan mavzuga taallukli
mavjud bilimlar dara-jasini aniqlash, ular yoniga yangilarini qo’shish.
2. Anglash bosqichi – yangi o’quv mavzusini masalan, «Elektr sxemalarning 
turlari va ularni tuzish qoidalari» mavzusini tushunib olinishini ta`minlash.
3. Muloxaza qilish bosqichida talabalar utilgan mavzu bo’yicha olgan 
bilimlarini mustahkamlanadi.
«Elektrotexnika» fanini urganish jarayonida da`vat bosqichi uchta maqsadni o’z 
oldiga qo’yadi:
1. Fanni uzlashtirish jarayonida aniklangan muammo bo’yicha talaba 
egallagan ma`lumotlarga e`tiborni qaratish. 
2. Talabaning egallagan bilimlari bo’yicha faol fikrlash faoliyatini og`zaki yoki 
yozma ish yordamida namoyon qilish. 
3. Utkazilayotgan mashg`ulotning maqsadi talabaning shaxsiy maqsadiga 
aylanishi uchun uning qiziqishini orttirish.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba 
to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi usullar interfaol usullar 
nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta`lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol 
usullaridan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish xusuiyatlari ko’rib 
chiqilgan. Umumkasbiy fanlarni o’qitishda o’qituvchilarni mashg`ulotning o’quv 
maqsadlarini tuzishga o’rgatish tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’quv maqsadlari faqat 
o’qituvchi faoliyati orqali ifodalanib kelinadi. SHuning uchun, o’qitish natijalarni 
o’quvchilarning vazifalari orqali ifodalashda ma`lum kamchiliklar sodir bo’ladi. 
Bunday holda, o’quv maqsadlari tushunchasini anglash fazasini o’rgatishda 
Sinkveyn uslubini qo’llash foydalidir. Sinkveyn tuzishning o’ziga xosligi 
shundaki, u talabalarga katta xajmdagi texnikaviy axborotni, ishlab chiqarish 
qurilmasi va jixozlarini, murakkab texnologik jarayonlarni bir nechagina so’z 


36 
yordamida bayon etish imkoniyatini beradi. Masalan, elektr sxemalarning asosiy 
elementlariga Sinkveyn tuzishni kurib chikish mumkin:
-Bir fazali uzgaruvchan tok zanjiri; 
-Elektr yurituvchi kuch manbai va karshilik; 
-O’zgaruvchan va uzgarmas tok kuchi yoki kuchlanish; 
-Kuchlanishning pasayishi va kuvvat isroflari. 
Ushbu tuzilgan Sinkveyndan shuni aytish mumkinki, oddiy turtta suzdan iborat
iboralar yordamida butun elektr zanjirlar xakida anik tushuncha xosil kilish 
mumkin. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish