55
XULOSA.
Dasturning tarkibida zamonaviy asboblarning mavjudligi foydalanuvchiga
oddiydan boshlab juda murakkab tajribalarni o’tkazish imkoniyatini beradi.
Bunday vositadan foydalanib o’qitish o’ziga
xos samaraga egadir, chunki
elementlar va asboblar bo’yicha har qanday cheklashlarni olib tashlash
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Electronics
Workbench Multisim dasturi
real elektron va o’lchash asboblari hamda sxemalarni ishlash printsiplarini
o’rganish uchun amaliy tajriba o’tkazish o’rnini bosuvchi virtual elektron versiya
vazifasini bajarishi mumkin. Electronics Workbench Multisim dasturida
modellash va natijalarni olish o’zining tezkorligi
va qulayligi bilan ajralib
turadi. Lekin to’g`ri natijalar olish uchun foydalanuvchi dastur bilan ishlash
qoidalari va usullarini o’zlashtirgan va ularni elektron sxemalardagi
jarayonlarni o’rganish va tadqiq qilish uchun qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi
kerak. Virtual laboratoriyalarni effektiv tarzda qo’llash o’qitish
sifatini orttirish
bilan bir qatorda katta mablag`larni tejash imkoniyatini ham beradi. Zamonaviy
kompyuter texnalogiyalari vositalaridan foydalanish talabalarning real elementlar
va uskunalar hamda ularning fizik xossalari to’g`risidagi
bilimlarini yanada
56
oshirishi va chuqurlashtirishiga hizmat qilishi kerak. Multisim dasturing ilmiy
xodimlar va muhandislar tomonidan yangi qurilmalarni loyihalash va tekshirish
uchun qo’llash ham juda qo’l keladi, ya’ni tekshirishlarni virtual modellarda ham
o’tkazish mumkin. Bu shuningdek material
isrofini hamda vaqt sarfini
kamaytiradi. Ushbu virtual laboratoriya sxemotexnika fanini o’rganayotgan texnik
profildagi oliy o;quv yurtlari talabalari uchun ham tavsiya qilinadi. Uning
yordamida talabalar sxemotexnika fani bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarishlari
hamda ularni yahshi tushinish va chuqur o’zlashtirish
imkoniyatlariga ega
bo’ladilar, chunki dastur keng, turli xildagi o’lchov imkoniyatlariga ega. Virtual
laboratoriyadan foydalanish masofaviy ta’lim olishda ham juda foydalidir.