-§. TABIATDA ENERGIYANING SAQLANISHI




Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/203
Sana30.01.2022
Hajmi2.62 Mb.
#16774
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   203
Bog'liq
Fizika.-7-sinf-2017-P.Habibullayev-A.Boydedayev
Гор. вода Гос стандарт, exam questions, biznes ahmedova zulayho
46-§. TABIATDA ENERGIYANING SAQLANISHI. 
FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI 
Tabiatda energiyaning aylanishi va saqlanishi
Energiyaning saqlanish qonuni faqat mexanik hodisalar doirasidagina 
emas, balki boshqa barcha fizik hodisalarda ham o‘rinli. Bu hodisalarda 
energiya bir turdan boshqa turga aylanishi mumkin. Masalan, ishqalanish 
kuchi ta’sirida harakatlanayotgan jism mexanik energiyasining bir qismi 
issiqlikka aylanadi. 
Quyoshning yorug‘lik energiyasi Yer yuzini isitadi, issiqlik tufayli suv 
havzalari va nam yerlardan suv bug‘lari atmosferaga ko‘tariladi, hosil 
bo‘lgan bulutlardan yog‘in yog‘adi, bu yog‘inlar daryolardagi suvni hosil 
qiladi, daryo suvining potensial energiyasi baland to‘g‘ondan tushishida 
kinetik energiyaga aylanadi, suvning kinetik energiyasi gidroelektrstansi-
yalarda turbinani aylantiradi va elektr energiya hosil bo‘ladi, elektr energiya 
esa xonadonlardagi elektr chiroqlari orqali yorug‘lik energiyasiga aylanadi 
va h.k. Shu tariqa tabiatda energiya yo‘q bo‘lib ketmaydi, u faqat bir tur-
dan boshqa turga aylanadi. Bu energiyaning saqlanish qonunidir. Tabiatda 
energiyaning saqlanish qonuni quyidagicha ta’riflanadi:

Download 2.62 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   203




Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish