|
I bob psixofiziologiyani o‘rganilish tarixi
|
bet | 12/16 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 140,31 Kb. | | #257957 |
Bog'liq ASOSIY PSIXOFIZIOLOGIK MUAMMO TUSHUNCHASI-RUH VA MIYA O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARHarkatlantiruvchi (motor) nervlar markazdan kelayotgan impulslarni muskullarga va bezlarga yetkazadi. Bu nervlarni markazdan qochuvchi yoki efferent nervlar deb ham ataladi.
Vegetativ nerv tizimi – orqa miya bo‘ylab va undan chetda joylashgan nerv tizimlari alohida tutamlar va nerv tugunlarining chigallaridan iboratdir. Vegetativ nerv tizimining alohida tutamlari ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va boshqa organlarida joylashgan bo‘lib, ichki organlarning faoliyatini idora qiladi.
Vegetativ nerv tizimidan (uning markazlari gipotalamusda orqa miyaning kurak va yuqori bel segmentlarida joylashgan) va parasimpatik nerv tizimidan (uning markazlari o‘rta miyadagi turli tepalikda Varoliy ko‘prigida, uzunchoq miyada va orqa miyaning dumg‘aza qismida joylashgan) iborat.
Simpatik va parasimpatik nerv tizimi ichki a’zolar faoliyatini idora qilishda o‘ziga xos “antagonistlar” qarama-qarshi bo‘lib, bir organ faoliyatini qarama- qarshi holatga keltiradi. Masalan, simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa, parasimpatik tizim esa bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me’yordagi faoliyati simpatik va parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma’lum bir “muvozanatida” saqlanadi. Vegetativ nerv tizimi emotsional kechinmalarda katta rol o‘ynaydi.
Odamning ko‘pincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va holatlarini idora etishda retikulyar formatsiya alohida rol o‘ynaydi. Retikulyar formatsiya orqali miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari tarmog‘i bilan o‘zaro
birikkan to‘rsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik faoliyatiga, bosh miya qobig‘ining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga, miyachaga va orqa miyaga ta’sir qiladi.
Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organi sifatidagi o‘rganish tarixi ikkita yo‘nalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini o‘rganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasiniochishdan iborat.
|
| |