• Oraliq miyada
  • Periferik nerv
  • Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. O‘rta miya




    Download 140,31 Kb.
    bet11/16
    Sana30.05.2024
    Hajmi140,31 Kb.
    #257957
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    ASOSIY PSIXOFIZIOLOGIK MUAMMO TUSHUNCHASI-RUH VA MIYA O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR

    Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. O‘rta miya– to‘rt tepalik qizil yadro muskul tonusining me’yoriy taqsimlanishini, tovush va yorug‘lik qo‘zg‘atuvchilarini hamda og‘irlik kuchiga nisbatan tananing to‘g‘ri joylashishini idora etadi.
    Oraliq miyada sezuvchanlikning oraliq markazlari mujassamlashgan. Oldingi miya va uni qoplab turgan po‘stloq bosh miyaning oliy qismlarini tashkil etadi.
    Oldingi miya bosh miyaning eng katta qismini deyarli 80 foizini tashkil qiladi va peshona sohasidan ensagacha cho‘zilgan yoriq bilan ajrashgan ikkita o‘ng va chap yarim sharlardan bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida birikadi.
    Yarim sharlarning barcha yuzasi (qariyb 2200 sm) miya po‘stlog‘i deyiladi. Miya po‘stlog‘i kulrang moddadan tashkil topgan. Uning qalinligi turlicha bo‘lib 4- 5 mm.gacha boradi. Bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ining yuzasi odamda katta sohaga ajratiladi, peshona (eng katta), tepa, ensa va chakkadan iborat. Bir xildagi hujayralar qatlamidan iborat qismlar (qobiq shakli va faoliyatining vazifalari turlicha bo‘lgan oltita qatlam hujayralaridan tashkil topgan) qavatlardan(maydon) iborat. Odamda hammasi bo‘lib, 52 ta maydon mavjud.
    Bosh miyaning po‘stlog‘i ostida yotgan qismlarini qobiq osti sohasi deyiladi. Qobiq osti sohasi va qobiq osti tutamlari umumiy sezuvchanlikning differensiyalashgan markazlari hisoblanadi. Bu soha bizning emotsiyalarimiz va instinktlarimiz bilan bog‘langan.
    Periferik nerv tizim markaziy nerv tizimi bilan ajralmas yaxlitlikni tashkil etadi. Periferik nerv tizimi markaziy nerv tizimidan chiqib, tarmoqlanib, shu bilan birga butun organizmni markaziy nerv tizimi bilan bog‘lovchi nervlardan tashkil topadi.
    Bosh miyadan 12 juft, orqa miyadan esa 31 juft nervlar chiqadi. Periferik nervlarning ikki turi: sezuvchi va harakat nervlari farqlanadi. Sezuvchi nervlar nerv uchlaridagi tuzilmalarda ta’sirlovchilar tufayli hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishni markazga, ya’ni orqa miya va bosh miyaga yetkazib beradi. Ushbu nervlar boshqacha qilib aytganda, qo‘zg‘alishni qabul qiluvchi markazga intiluvchi yoki afferent nervlar deyiladi.

    Download 140,31 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 140,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. O‘rta miya

    Download 140,31 Kb.