|
I bob psixofiziologiyani o‘rganilish tarixi
|
bet | 10/16 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 140,31 Kb. | | #257957 |
Bog'liq ASOSIY PSIXOFIZIOLOGIK MUAMMO TUSHUNCHASI-RUH VA MIYA O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR2.2. Miya va aks ettirish
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo‘lib, u obyektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak, inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv tizimining eng yuksak qismi bo‘lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda ancha murakkabroq tuzilgan bo‘ladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Agar maymun miyasining og‘irligi 400-500 g bo‘lsa, odam miyasining og‘irligi o‘rta hisobda 1400 g dir.
Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz miya butun gavda og‘irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan kislorodning 18 foizidan ortiqrog‘ini ishlashidan ham ko‘rishimiz mumkin. Hayvon taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik og‘irroq bo‘lib boraveradi.
Individ psixik hayotida miyaning og‘irligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo miyaning tuzilishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kishining aqli haqida miyaning og‘irligiga qarab hukm chiqarish to‘g‘ri emas. Ba’zi kishilar miyasining vazni o‘rtacha vazniga qaraganda ancha og‘ir bo‘lgani shuningdek, ba’zi kishilarning miya vazni o‘rtacha darajadan kamroq ham bo‘lgani ma’lum.
Masalan, I.S.Turgenevning miyasi 2012 g, V.M.Bexterevning miyasi 1720 g, I.P.Pavlovning miyasi 1653 g, D.I.Mendeleevning miyasi 1751 g, Anatol Fransisning miyasi 1017 g bo‘lgan.
Odamning bosh miyasi kishi psixikasini o‘ziga xos takrorlanmas, murakkab organi hisoblanib, u katta yarim sharlar, miyacha, oraliq miya, o‘rta miya va uzunchoq miyadan iborat.
Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam organizmidagi barcha organlarning o‘zaro faoliyati va bir-biri bilan bog‘lanishini hamda uning tashqi muhit bilan bo‘ladigan aloqasini ta’minlaydi.
Psixik faoliyatlarning ko‘pgina qismi bir necha qator bo‘lib, joylashgan nihoyatda ko‘p nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko‘p) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan iborat bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ining faoliyati bilan bog‘liqdir.
Nerv tizimi nerv to‘qimasidan tashkil topgan bo‘lib, u o‘z navbatida nerv hujayralaridan iborat.
Har bir nerv hujayrasi, ya’ni neyron yadrosi bo‘lgan juda ko‘p tarmoqlangan kalta o‘simtalar – dendritlar va bitta uzun o‘simta - aksondan iborat hujayradan tashkil topgan.
Turli nerv hujayralarining tutashgan joyi sinaps deyiladi va u bir neyrondan boshqasiga impulslarni o‘tkazish (to‘xtatish yoki ushlab qolish) ni ta’minlaydi.
Nerv hujayralari to‘plami miyaning kulrang moddasini, nerv tolalarining to‘plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Nerv to‘qimasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik asosiy xususiyatlar hisoblanadi.
Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat. Orqa miya umurtqa pog‘onasining kanalida joylashgan bo‘lib, nerv to‘qimasidan iborat. Orqa miya ikkita yarim, ya’ni o‘ng va chap qismlardan iborat bo‘lib, ularni uzunasiga ketgan oldingi va orqa kesiklar ajratib turadi.
Orqa miyada nerv tolalarining tutamlari joylashgan bo‘lib, sklet muskullari, nerv va shilliq qavatidagi periferik nerv uchlaridan qo‘zg‘alish nerv impulslari ko‘rinishida, ular orqali miyaga u yerdan esa periferiyaga yetkaziladi.
Orqa miyada ongsiz reflektor harakatlarning gavda va qo‘l-oyoqlar muskullarning, shuningdek bir qator fiziologik jarayonlarning tomirlarni harakatlantiruvchi, teri ajratuvchi va boshqa markazlar joylashgan.
Bosh miya qutida joylashgan bo‘lib, orqa miyaning ustida joylashganga o‘xshaydi. Bosh miyada uzunchoq miya, orqa miya, o‘rta miya, oraliq miya va oldingi miya farqlanadi.
Orqa miya, Varoliy ko‘prigi va miyachadan iborat bo‘lib, uzunchoq miya bilan birgalikda miya sopini tashkil qiladi. Miya sopi orqa miyani davomidek tutashgan. Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqori bo‘limlariga impulslar o‘tadi va orqaga qaytadi. Uzunchoq miyaning yadrolari murakkab refleks
aktlarida ishtirok etadi: so‘rish, chaynash, so‘lak ajratish va hokazo.
|
| |