|
Miyaning tarkibiy qismlari
|
bet | 9/16 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 140,31 Kb. | | #257957 |
Bog'liq ASOSIY PSIXOFIZIOLOGIK MUAMMO TUSHUNCHASI-RUH VA MIYA O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARMiyaning tarkibiy qismlari
Miya yuqorida ta’kidlab о’tilgani kabi, asosan neyronlardan (asab tolalaridan) tashkil topgan bо’lib, bu neyronlar bevosita boshqa neyronlar hamda markaziy asab tizimi bilan uzviy bog‘langan bо’ladi. Bu maxsus neyron paylari, bog‘lamlari deb ataluvchi a’zo har bir tolasining о’ziga yuklatilgan aniq va maxsus vazifalari bor. Umumiy olganda miya ikki yarim shardan iborat. О’ng qismi odatda intuitiv (ichki his orqali) о’ylash jarayoni uchun mas’ul bо’lsa, chap yarim shar asosan mantiqiy jarayonni boshqaradi.
Corpus callosim (balken) – qadoqsimon tana bо’lib, u miyaning ikkala yarim sharlari orasidagi asab tolalaridan tashkil topgan birikish joyidir. Bu qadoqsimon tana samarali о’rganish uchun miyaning ikkala yarim sharlari funksiyalarini butunlab, tо’ldirib turish uchun mas’uldir.
Miya uch katta qismdan iborat: Orqa miya (о’zak miya), oraliq miya hamda bosh yoki old miya (kortex). Orqa miya (о’zak miya) nafas olish va chiqarish kabi avtomatik vazifalarni bajaruvchi Pons – ya’ni, miya kо’prigidan, medullaoblongarta
– uzunchoq miyadan, ma’lumotlarni olib va uzatib turuvchi neyronlar tarmog‘idan, ongni, inson hushini boshqarishda muhim bо’lgan formation retikularis – tо’r formatsiyasidan hamda harakatni boshqarib, tana muvozanatini saqlab turish hamda muskullar uyg‘unligini nazoratiga mas’ul bо’lgan miyachadantashkil topgan.
Bulardan tashqari yana miyaning quyidagi muhim qismlari mavjud:
Thalamus – kо’ruv bо’rtig‘i – bosh miya qobig‘i hamda sezgi organlaridagi ma’lumotlar oqimini uzatib turuvchi rele stansiyasi.
Gipothalamus – gipotalamus, ya’ni bо’rtiq osti soha – tana harorati, ochlik hamda uyquning yuzaga kelishini nazorat qiluvchi markaz; bundan tashqari ustress reaksiyalari paydo bо’ladigan joydir.
Amugdala – limbik tizim, hissiyotlarni nazorat qiluvchi a’zo.
Hypophyse – gipofiz bezi – endokrin tizimining eng asosiy va muhim bezi, qaysiki boshqa endokrin bezlarining funksiyalarini boshqaradi.
Cortex cerebri – bosh miya qobig‘i – miyaning bir qancha kompleks funksiyalarida salmoqli ahamiyatga ega (xotira, e’tibor, idrok, fikrlash, gapirish, ong).
Yaqin kunlarda olib borilgan tibbiy tadqiqotlardan birida ham yana bir bor isbotlandiki, inson bosh suyagi peshona qismida, miyaning ma’lum asosiy faoliyatlarini boshqarib turuvchi markaz (cortex) borligi ayon bо’ldi. Bu markaz kortex motivatsiya, harakat va amallarni: yaxshi-yomon amallarni ham rejalashtirishi, anglashi, rost-yolg‘on sо’zlarni aytishga qaror qabul qilishi va aytishi kabi funksiyalarni boshqaradi. Anatom va fiziolog olimlar Martini hamda Bartholomew qarashlarida ham buni tasdiq etuvchi fikrlar mavjud: «Aftidan, miyaning old, peshona qismi harakat funksiyalari bilan bir qatorda, tajovuzkorlik hissining funksional markazi bо’lishi ham mumkin». Bu ma’lumot ham Qur’oni karim suralarida keltirib о’tilgan: «Yо’q, qasamki, agar u (bundaygumrohlikdan) tо’xtamasa, albatta biz uni о’sha peshona sochidan, о’sha yolg‘onchi, adashgan peshona sochidan tutarmiz» ("Alaq" surasi, 15–16 oyatlar).
Har bir neyron о’zida 10.000 sinaptik birikmani mujassam etgan 100 milliard neyronlardan tashkil topgan. Miyada о’rganish jarayoni bu – neyron populyatsiyalarining qurilish tizimi, barpo etilishidir.
О’rganish jarayonining natijali hamda samarali bо’lishini ta’minlovchi bir qancha omillar mavjud. Bularning har biri alohida maqola uchun mavzu bо’la oladi. Quyida mening e’tiborimni tortgan neyrodidaktikaning bir jihatini xulosa о’rnida qisqacha bayon etishni joiz topdim.
Neyrodidaktik olimlarning kuzatuvi natijalariga kо’ra, miyada kiritilayotgan ma’lumot saqlanishi uchun, ta’lim beruvchi uni kamida ikki, yaxshisi uch yoki undan ham kо’proq qaytarib, eslatishi zarur ekan. Bu ma’lumot doimiy xotirada joylanishi uchun esa davomiy qaytarib, takrorlab turilishi yoki aynan shu ma’lumotni boshqa bir shaxsga aytib, hikoya qilib berishi juda muhim hisoblanadi. Agar о’rganish shu asosda tashkil qilinsa, u albatta natijali hamda samarali bо’lishi kafolatlanar ekan.
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o‘ziga xos usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.
Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko‘zguning aks ettirishi, suvdagi ta’sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo‘lib, ongva o‘zini o‘zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:
obyektiv borliqni to‘g‘ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4)shaxsning individualligi orqali namoyon bo‘ladi.
|
| |