|
I bob psixofiziologiyani o‘rganilish tarixi
|
bet | 8/16 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 140,31 Kb. | | #257957 |
Bog'liq ASOSIY PSIXOFIZIOLOGIK MUAMMO TUSHUNCHASI-RUH VA MIYA O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR2.1.Miya tadqiqoti hamda uning ilmiy ifodasi
Inson miyasi koinotdagi jamiki yaratilmish xilqatlar ichida eng murakkabi hamda mohiyati hali tugal yechilmagan jumboqli a’zo hisoblanadi. Mashhur nevrolog olim Cangeux ta’kidlaganidek: «Agar XX asr atom hamda molekulyar biologiya asri bо’lgan bо’lsa, XXI asr shubhasiz miya tadqiqoti asri bо’ladi», deya bashorat qilishining zamirida ham albatta haqiqat bor.
Bundan qariyb yuz yil muqaddam ispan nevroanatom olimi Santiago Ramon Yu Cajal italyan shifokori Gamillo Golgining ranglash metodi asosida neyronlar, ya’ni miya hujayralarining turfa funksiyalari hamda о’zaro uyg‘un tarzda harakatlanishini kashf qilar ekan, о’zining bu boradagi hayratomuz hamda tilsimli fikrlarini quyidagicha bayon qilib qoldirgan edi: «Nevrologiya bog‘i hamisha tadqiqotchilar uchun hayajonli mо’jizalar hamda beqiyos taassurotlarni hozirlab qо’yadi. Xuddi hasharotshunos olim rangli kapalak mohiyatini anglash uchun kapalak oviga chiqqani kabi, mening qiziqishlarim ham gulzor oralab qalbning sirli kapalaklari hisoblanmish katta va kichik shakllardan iborat hujayra mohiyatini kuzatdi. Kunlar kelib yana kim bilsin ularning sirli qanoti biz uchun qorong‘u bо’lgan ruhiyat sirlaridan ogoh etsa ajabmas».
Bu fikrlar aytilganiga bir asrdan ziyod vaqt bо’lgan bо’lsa ham, yuksak texnik imkoniyatlarga ega bо’lgan zamonaviy tibbiyot ham hali hanuz miya tadqiqoti uning mohiyati hamda sirini anglay olgani yо’q. О’rganishda davom etmoqda. Hayrat oshsa oshdi-ki, aslo sо’ngani yо’q. Tugal yechimga ham kelinmadi, balki kela olishmasa ham kerak?!
Mazkur sohada juda kо’p izlanishlar hamda tadqiqotlar olib borilmoqda. Miyaning tilsimli jumboqlarini yechish maqsadida keng miqyosdagi ilmiy loyihalarga katta mablag‘lar sarflanmoqda. Miya tadqiqotining fan sifatida
namoyon bо’lishida amerikalik nevrolog olim Erik Kandelning 1960 yillarda boshlagan ilmiy tadqiqoti asos bо’lgan. U zamondoshi Charlez Sherrington (1857- 1952)ning nevrologiya asoslari yuzasidan fikrlariga tayangan holda izlanishlar olib borgan. Harry Grundfest (1904–1983), Kolumbiya universiteti nevrologiya fanlari professori bilan birga bu sohada ahamiyatga molik yangiliklar va ilmiy tushunchalarni fanga taqdim etgan. Yuksak xizmatlari uchun 2000 yilda Nobel mukofotiga sazovor bо’lishining о’zi ham Erik Kandelni bu soha yetakchisi sifatida ta’riflashimizga asos bо’la oladi. 1970–80 yillarga Germaniyada ham miyatadqiqoti yuzasidan yuksak qiziqishlar ila ilmiy izlanishlar avj oldi. Gerhard Preiß, Gerard Friedrich, hozirgi kunda Manfred Spitzer, Gerald Huther kabi bir qancha olimlar bu sohaning yanada taraqqiy va takomillashuviga xizmat qilib kelishmoqda.
Garchi miya inson tana a’zolari qatoridagi og‘irligi 1 kilogrammdan ortiqroq hisoblangan oddiy bir qism bо’lsa-da, u о’zining 100 milliard neyronlari hamda har bir neyron о’zi bilan hosil qiluvchi 10.000 sinapslari bilan, bizni borliqni anglay olishimizga, uni ma’lum qadar о’zgartira olishimizga, dunyo bilan muloqotga kirishishimizga, ma’lumotlarni saqlay olishimizga, butun bir hayot mazmunini: azob, quvonch, muhabbat, hamdardlik va boshqa his-tuyg‘ularni seza olishimizga javobgar bо’lgan jismimiznig bir bо’lagidir.
Miya shunday a’zoki, u hayratga soladigan vazifalarni bajara olsa-da, juda kam e’tirof qilinadi. Aqlga sig‘ishi mushkul bо’lgan ulkan topshiriq va funksiyalarni
osonlikcha uddalashi haqida kо’pchilik fikrlab ham kо’rmaydi. Sodda usulda e’tirof etadigan bо’lsak: ikki kishi xiyobon bо’ylab sayr qilayapti. Buholatda miya hech qanday qiyinchiliksiz tanamiz muvozanatini saqlab, oldinga qarab harakat qilishimizga, yura olishimizga mas’ul bо’ladi. Bunda albatta vizual sistema – kо’z ham tо’siqlardan о’tib, tо’g‘ri yо’lni topishimizga yordam beradi. Bir vaqtning о’zida biz yonimizdagi hamrohimizni eshitib va yana tushuna olamiz. Uning sо’zlariga muvofiq miyamizdagi shu mavzuga oid xotira va tasavvurlarni gavdalantira olamiz va yana bevosita uning savollariga javob ham beramiz.
Bularning hammasi, harakat, kо’rish, eshitish, his qilish, sezish, xotirlash, gavdalantirish, о’ylash va javob berish funksiyalari bir vaqtning о’zida sodir bо’ladi. Yuqorida sanab о’tilgan vazifalarni zamonamizning eng sо’nggi modelidagi kompyuteriga ham bir vaqtda yuklash mushkullik tug‘diradi. Ayniqsa, gapirish tizimi juda nozik hamda tez xato qilishga moyil bо’ladi. Miya esa uni hamyuqorida sanab о’tilgan funksiyalar bilan bir qatorda bajara oladi. Bir kichik tana a’zosining, arzimas vatt energiya quvvati sarflash evaziga bir talay murakkab vazifalarni bir vaqtda uddalay olishi hayratlanarli emas-mi? Uning bu kabi mukammal ishlashining siri nimada? Nima uchun kompyuter miyaga tenglasha olmaydi? Miya tadqiqoti shu kabi savollarga javob izlash bilan shug‘illanadi.
Soha mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, chaqaloq tug‘ilmasdan oldin, ona qornidaligidayoq, uning miyasida 100 milliard neyronlar shakllantirilib, rivojlantiriladi. Bola dunyoga kelishi bilanoq, uning miyasi bir inson uchun kerak bо’ladigan barcha asab tolalariga ega bо’ladi. Ularning soni о’smaydi, biroq bola о’sib rivojlangani sari, taassurot olganda, odatlanishni о’rganganda bu asab tolalari uzayadi va tarmoqlarga ajraladi. Gо’dak yangi tug‘ilganida miyasi 250dan 750
grammgacha og‘irlikni tashkil etsa, bir yoshga yetganda, uning miya og‘irligi tug‘ilganiga nisbatan ikki barobar og‘irlashadi.
Tadqiqotlar natijasiga kо’ra, miya asosan 85% suvdan, 170 gram yog‘dan, bir oz oqsil, uch oshqoshiq tuz va bir qancha kompleks molekulalardan tarkib topgan.
Shu о’rinda 14 asr muqaddam fandan butkul yiroq bо’lgan, miya tadqiqoti emas, balki hatto yozish hamda о’qishnida bilmagan payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga nozil etilgan Qur’oni karim suralarida ham bunga dalolat qiluvchi ilmiy hujjatlar borligini eslatib о’tish joiz: «Osmonlar ham yer ham (avvalda) yaxlit bо’lganini, bas, Biz uni yorib, yuborganimizni va barcha tirikmavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni kо’rmaydilarmi?» ("Anbiyo" surasi, 30-oyat).
Miyaning eng kichik funktional birligi bu nerv tolalari yoki neyronlardir Neyronlar о’zi qanday kо’rinishga ega? Umuman olganda ularning tarkibiy tuzilishida bir qator umumiyliklar mavjud. U boshqa tana a’zolaridan farqli о’laroq о’ziga osilib turgan uzun va ingichka novdachalariga, о’simtalariga egadir. Mana shu qо’shimcha novdachalari boshqa neyron yoki muskul hujayralari bilan birikishi uchun xizmat qiladi.
Asosan neyronlar ikki xil novdacha – о’simtalarga ega bо’ladi. Hujayra tanachasidan tо’qima tomon chо’zilgan hamda shohlanib ketgani - Dendridlar deb ataladi. Ular 0,1 millimetr uzunlikda bо’ladi. Undan tashqari yana bir boshqa novdacha bu – Aksondir. U dendridga nisbatan sezilarli darajada uzunroq bо’lib, insonlarda ba’zan 1 metrdan ham ziyod uzunlikda uchraydi. Neyronlarni mikroskop ostida yana ham kattalashtirib kuzatilganda aniq bо’ladiki, kо’plab hujayra tiplarining dendridlari о’zi bilan dendritik spines – ya’ni, kalta о’simtalar deb ataluvchi tikonsimon mayda novdachalarni, о’simtalarni kо’tarib yuradi. Xuddi shunday axonlar ham axonal boutonslarga ega bо’ladilar. Dendritik spines –kalta о’simltalar hamda axonal boutonslar yana ham kattalshtirilib kuzatilganda, ular neyronlararo aloqa hamda bog‘lanish о’chog‘i, joyining yaqqol tizimi sifatida namoyon bо’ladi. Bular – sinapslardir. Ya’ni, sinaps bir neyronning axonal boutoni hamda boshqa neyronning dendrit spines boshchasidan tarkib topgan bо’ladi. Neyronlar о’zlarining о’ziga birikkan qismi, mayda novdachalari bilan ma’lumotlarni qabul qiladi. Ularni qayta ishlaydi va sinapslar orqali boshqa neyronga uzatadi.
Fanda asab tolalari, nerv hujayralarining yana bir qancha mayda zarrachalarga bо’linib ketganini aniqlanganligiga kо’p vaqt bо’lgani yо’q. Bu borada yuqorida ham ta’kidlab о’tildi. Bu mayda zarrachalar yuzasidan Qur’oni karim suralariga murojaat qilinganda ham, ular haqida oyatlar nozil etilganiga guvoh bо’lamiz:
«Osmonlar va yerdagi bir zarra misqolchalik, undan ham kichik yoki katta biron narsa maxfiy bо’lmas, albatta ochiq kitobda mavjuddir» ("Saba’" surasi, 3–oyat).
Quyida Clancy nuqtai nazarida miyaning tuzilishi va tarkibiy qismlariga qisqacha tо’xtalib о’tiladi.
|
| |