|
I. Bob. Sotsiologik tadqiqot metodining nazariy metodologiyasi va usullari
|
bet | 10/16 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 79,33 Kb. | | #101274 |
Bog'liq ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2)Shkalali yopiq savol shakllari
Laykert shkalasi asosidagi savol. Respondentlarning biror fikrga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik darajasini bilishga yo‘naltirilgan. Odatda Laykert metodikasida fikrga qo‘shilish darajasini belgilovchi 5 ta shkala bo‘ladi. Shundan o‘rta shkala neytral sanaladi va savol yuzasidan fikrning mavjud emasligini ko‘rsatadi. Shkalalarda “qo‘shilaman/qo‘shilmayman”, “roziman/ noroziman”, “to‘g‘ri/noto‘g‘ri” yoki boshqa shunga o‘xshash hukmlar darajalanib chiqadi34.
Quyida xorijda o‘qib kelgan yoshlarning ijtimoiy qadriyatlarini o‘rganish misolida ushbu texnika bo‘yicha shakllantirilgan savol keltiriladi:
Quyidagi fikrlarni o‘qib ularga qay darajada qo‘shilishingizni belgilang:
1. Xorijda oliy ta’lim muassasasida o‘qish davomida yoshlarning ijtimoiy qadriyatlari sezilarli darajada o‘zgaradi.
□ to‘liq qo‘shilaman;
□ qo‘shilaman desa ham bo‘ladi;
□ javob berishim qiyin;
□ qo‘shilmayman desa ham bo‘ladi;
□ mutlaqo qo‘shilmayman.
2. Xorijiy mamlakatdaligimda o‘z siyosiy dunyoqarashimni qaysidir ma’noda o‘zgargan deb hisoblayman.
□ to‘ppa-to‘g‘ri;
□ qisman to‘g‘ri;
□ javob berishim qiyin;
□ qisman noto‘g‘ri;
□ mutlaqo noto‘g‘ri.
Osgud shkalasi asosidagi savol. Ushbu shkala semantik differensial asosida tuziladi. Shkalaning maqsadi – ma’lum ko‘rsatkich yoki omilni respondent nazariga ko‘ra baholash. Buning uchun savolga respondent tomonidan baholash uchun ikkita birbiriga qarama-qarshi omil, ya’ni antonimlar ko‘rsatiladi. 1 dan 3 gacha ijobiy baho ko‘tarilib borilsa, -1 dan -3 gacha salbiy baho ham ko‘tarilib boradi. Bunda 0 – neytral shkala sanaladi35.
Misol tariqasida aholi vakillari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari xodimlarini baholash yuzasidan shakllantirilgan quyidagi savol keltiriladi:
Siz yashab turgan mahalladagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idorasi xodimlarining ayrim xislatlariga o‘z bahoingizni bering. Maslahat: Iltimos, har bir javob shkalasidagi bitta darajani tanlang va doirachaga olib qo‘ying. 0 intervalidan chapga qarab (1, 2, 3) ijobiy, o‘ngga qarab (-1, -2, -3) salbiy baho darajalari beriladi.
Mahalliy fuqarolar bilan muomalasi xushmuomala 3 2 1 0 -1 -2 -3 qo‘pol jamoat joylaridagi o‘zini tutishi madaniyatli 3 2 1 0 -1 -2 -3 madaniyatsiz
o‘z majburiyatlarini bilish darajasi biladi 3 2 1 0 -1 -2 -3 bilmaydi ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardorlik darajasi siyosiy faol 3 2 1 0 -1 -2 -3 siyosiy sust36.
|
| |